• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxorodagi institutda tahsil olayotgan 23 yoshli talaba hammomdan o‘lik holda topildi. Holat jamoatchilikka salkam ikki oydan so‘ng ma’lum bo‘ldi

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoroda tahsil olayotgan 23 yoshli qashqadaryolik talaba ijaradagi uyi hammomidan o‘lik holda topildi. Marhum irrigatsiya institutida o‘qiyotgan edi. Yigitning yaqinlari uning o‘limi uyushtirilganini aytmoqda” sarlavhali xabar tarqaldi. “Daryo” muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Qutchi” qishlog‘ida tug‘ilgan 23 yoshli talaba 2021-yilning 23-noyabr kuni ijarada yashab kelgan xonadonining hammomidan o‘lik holda topilgan.

    Marhum Lochinbek Ergashev.

    Marhum Lochinbek Ergashev.
    Foto: Lochinbek Ergashevning shaxsiy arxividan

    “Lochinbek Ergashev tartibli, odob-axloqli hamda intiluvchan talabalardan biri bo‘lgan. Uchinchi kurs boshlanguniga qadar talabalar yotoqxonasida, 2021-yilning sentabr oyidan esa institut yaqinidagi mahallalarning biridan ijaraga uy olib ko‘chib chiqqan. U talabalarga berilayotgan imtiyozlardan foydalangan holda o‘qishini Qashqadaryodagi oliygohlardan biriga ko‘chirish harakatida yurgandi”, — deydi marhum talaba haqida gapirgan filial direktori Shavkat Imomov.

    Foto: “Daryo”

    Lochinbek tahsil olgan fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Kamoliddin Obidovning aytishicha, marhum Buxoro shahridagi Orifon ko‘chasidagi xonadonda kursdoshlari — Rizo Subhanov, Alisher Toshpo‘latov hamda Shahzod Obidovlar bilan birga yashagan. Fakultet mas’ul xodimi Xurshid Niyozov Lochinbekning vafotidan ikki kun ilgari ular yashayotgan ijara uyga borib, talabalar holidan xabar olgan. Ularga elektr toki va gazdan qanday tartibda foydalanish kerakligini tushuntirgan.

    Marhum yashagan xonadon.

    Marhum yashagan xonadon.
    Foto: “Daryo”

    Marhumni taniganlarning aytishicha, Lochinbek o‘qishdan tashqari vaqtlarida pul ishlash maqsadida do‘stlari bilan mardikor bozorga chiqib, tirikchilik qilib kelgan. Jumladan, institut doktoranti G‘iyos Hamroyevdan mehnatiga yarasha haq to‘laydigan ish beruvchi topib berishda ham ko‘mak so‘ragan.

    Marhum yashagan xonadon.

    Marhum yashagan xonadon.
    Foto: “Daryo”

    “O‘zim ham talabalik yillarimni ancha-muncha qiyinchiliklar bilan o‘tkazganim uchunmi, bolalarga ko‘maklashgim keldi. O‘tgan yilning 23-noyabr kuni bolalarni tanishimning uyiga olib bordim. Ishlashdi. Har biri 70 ming so‘mdan pul olib, ijara uylariga qaytishdi. Xuddi shu kuni kechqurun Lochinbekning vafoti haqidagi xabarni eshitib, toshday qotganimni yashirmayman”, — deydi  G‘iyos Hamroyev.

    Marhum Lochinbek bilan ijarada yashagan talabalarning so‘zlariga ko‘ra, ular shu kuni, taxminan, soat 18:30 da ijara uyiga qaytgan. Lochinbek cho‘milish uchun hammomga kirib-chiqishini bildirgan. Soat 18:46 da uning onasi Xursandoy Xolmurodova o‘g‘lidan hol-ahvol so‘rash maqsadida unga qo‘ng‘iroq qilgan. U esa cho‘milib chiqqach, qo‘ng‘iroq qilishini aytgan hamda qo‘l telefoni bilan hammomga kirib ketgan.

    Aytilishicha, oradan 1—1,5 soat vaqt o‘tgach, onasi yana qo‘ng‘iroq qilgan. Biroq o‘g‘li telefoniga javob bermagach, uning sheriklariga qo‘ng‘iroq qilib so‘ragan. Ular Lochinbekning haliyam hammomda ekanini bildirgan. Oradan yana ancha vaqt o‘tgan. Lochinbekdan darak bo‘lavermagach, sheriklari xavotir ola boshlagan. Uning qo‘l telefoniga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilgan. Shundan so‘ng uy egasi 70 yoshli Muharram Hakimovaga bildirishgan va hammom eshigini buzib kirgan. Bu paytda esa Lochinbek hammomning marmar toshiga uzala tushgan holda o‘lib yotgan.

    Marhum yashagan xonadon hammomi.

    Marhum yashagan xonadon hammomi.
    Foto: “Daryo”

    Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv jarayonida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Unga ko‘ra, marhumning tizza, yelka va chap ko‘z oxirida kichik o‘lchamli shilinmalar aniqlangan.

    “Biroq ushbu yengil tan jarohatlari odam hayoti uchun xavfli emas va bu o‘limga sabab bo‘lmagan deya xulosa qilingan. Shuningdek, sudga oid tibbiyot ekspertizasi xulosasida esa marhumning qonida 55 foiz karboksigemoglobin moddasi topilgani qayd etilgan. Morfologik belgilarga asosan, is gazidan zaharlanish hamda o‘lim haqidagi guvohnomaga ko‘ra, uning o‘tkir yurak-qon tomir va nafas faoliyati yetishmovchiligi oqibatida vafot etgani ko‘rsatilgan”, — deydi viloyat prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Anvar Esanov.

    Buxoro shahar prokuraturasining 2021-yil 27-noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, marhum Lochinbek Ergashev yashagan xonadon hammomida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Xizmat tekshiruviga  prokuratura vakillari hamda “Buxoroshahargaz” ta’minoti bo‘limi mas’ullari jalb qilingan.

    Marhum yashagan xonadon.

    Marhum yashagan xonadon.
    Foto: “Daryo”

    “Xizmat tekshiruvi davomida mazkur xonadonning hammom qismidagi tabiiy gaz orqali isitishga mo‘ljallangan moslamalarning to‘g‘ri o‘rnatilgani, tabiiy gaz orqali isitishga mo‘ljallangan moslamalarning belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilgani, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va is gazidan fuqarolar zaharlanishining oldini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirilgani aniqlandi. Shuningdek, xonadonda gaz jihozlari ham texnik talablarga mos ravishda o‘rnatilgani ma’lum bo‘lgan”, — deydi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mirjon Fayzullayev.

    “Buxoroshahargaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Abdurahmon Teshaboyevning “Daryo”ga bildirishicha, hammomda bir dona AGV rusumli suv isitish qozoni tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan bo‘lib, kesimi 15 mmli gaz quvuri jo‘mragi yopiq holatda bo‘lgan. Gaz tarmog‘i, gaz jo‘mraklari va ulanish joylari sovun ko‘pigi bilan tekshirib ko‘rilgan va hech qanday gaz sizib chiqish holatlari aniqlanmagan.

    “Isitish qozoni tutun mo‘risida ham havo tortishish kuchi mavjudligi, shuningdek, ikki-uch kun orasida xonadon gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lmagani aniqlandi”, — deydi Abdurahmon Teshaboyev.

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan telefon orqali muloqot qilgan marhumning otasi Hasan Tursunov prokuratura xulosasidan noroziligi hamda o‘g‘li is gazi ta’siridan vafot etganiga ishonmayotganini bildirdi.

    “Uzoq yillardan beri pul ishlash hamda bolalarimni oyoqqa turg‘azish maqsadida Rossiyaga qatnayman. Mudhish xabarni eshitib, O‘zbekistonga qaytdim. Axir men o‘g‘limni ishlash uchun emas, o‘qish uchun Buxoroga jo‘natganman. Hech kimning boshiga bunday dardni solmasin. Bolam sportchi, sog‘lom bola edi. Salomatligidan hech qanday shikoyati yo‘q edi. Men uning o‘z ajali bilan o‘lmaganini isbotlashda ko‘mak so‘rayman. Hatto o‘g‘limning qo‘l telefonidagi soat 18:30 dan keyingi qo‘ng‘iroqlarning o‘chirib yuborilganini qanday tushunish mumkin”, — deydi Hasan Tursunov.

    Oliygohdagi dekanning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Kamoliddin Obidov esa ushbu holatni quyidagicha izohladi: “Xabarni eshitiboq, zudlik bilan voqea joyiga yetib keldik. Bolaning ota-onasiga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qildik. Begona raqam, deb ko‘tarishmadi, shekilli, o‘chirib qo‘yaverishdi. Shundan so‘ng marhumning qo‘l telefonidan qo‘ng‘iroq qilishga urindik, biroq uyam kodlab qo‘yilgan ekan. Noiloj uning telefonining sim kartasini olib, boshqa telefonga qo‘yib, shundan keyingina oilasiga xabarni yetkaza oldik”, — deydi Kamoliddin Obidov.

    Xonadon egasi Muharrama Hakimova marhum va u bilan birga ijarada yashagan talabalar hech qachon janjallashmaganini, og‘zaki bo‘lsa-da tortishishmaganini aytmoqda.

    “70 yoshdaman. Yetarli sharoitga ega bo‘lmasa ham jo‘ralar uyimda ahil-inoq yashashdi. Hammasining qo‘li gul, har ishda usta edi. Bo‘sh o‘tirishmasdi. Lochinbek kontraktda o‘qirdi-da. Vaqt topdi, deguncha, ota-onasiga ko‘mak bo‘lsin uchun biror joyga borib, ishlab, ozmi-ko‘pmi o‘ziga pul topib kelardi. Halol, mehnatsevar, aqlli, idrokli yigit edi”, — deydi Muharrama Hakimova.

    Buxoro shahar prokuraturasi tekshiruv davomida biror-bir shaxsning xatti-harakatlarida marhumga nisbatan jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli ishni Jinoyat-protsessual kodeksning 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 2-bandiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish bilan tugatgan.

    08.01.2022, 18:15   Izoh (0)   75269
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Denovdagi portlash oqibatida yetgan zarar miqdori va talafotlar haqida ma’lumot berildi

    08.01.2022, 17:14

    Toshkent viloyatida bir yoshli o‘g‘lini 9 ming dollarga sotishga uringan er-xotinga sud hukmi o‘qildi

    08.01.2022, 16:55

    Buxoroda ilk bor tug‘ma taloq o‘simtasiga oid jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi

    08.01.2022, 16:20

    O‘zbekistonda “omikron” aniqlangani yo‘q, biroq xotirjamlikka berilish ham yaramaydi — Nurmat Otabekov

    08.01.2022, 15:12

    O‘zbekiston birja savdolarida Ai-80 benzin narxi bir haftada qariyb 6,3 foizga arzonlashdi

    08.01.2022, 14:53

    O‘zbekistonda maktab darsliklarini yangilash rejalashtirilmoqda

    08.01.2022, 14:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.