Namangan viloyatining Chortoq tumanida tadbirkorning 164,5 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan korxona rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Departamentning Chortoq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.L.” xususiy korxonasi “A.E.” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan MChJga mineral o‘g‘it yetkazib bermasdan, tadbirkorning 164,5 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)