• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chilonzor” metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda — Toshkent metropoliteni

    Toshkent metropoliteni 28-dekabr kuni “Daryo” nashrida “Kassalarda navbat, tibbiy yordam ololmaysan, bekatlarni nomi emas, o‘rindiqlariga qarab ajratasan. Toshkent metrosiga nimalar yetishmayapti?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqolaga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maqolada Toshkent metropolitenida sodir bo‘layotgan nosozliklar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, qulaylik va kamchiliklar to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

    Toshkent metropolitetining ma’lum qilishicha, biror yo‘nalishda tarmoqlar kengaygani sari unga bo‘lgan talab ham oshib boraveradi. “Bunga birgina misol, Toshkent metropoliteniga yangi yo‘nalish qo‘shilgani va yangi bekatlar bino qilingani orqali yo‘lovchilar oqimining tobora oshib borayotganidir. Bu borada raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak metropolitendan 2019-yil bir kunda o‘rtacha 200—220 ming yo‘lovchi foydalangan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 380—420 mingni tashkil etmoqda. Yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgani sabab 2022-yilda yana 14 ta harakat tarkibi xarid qilinishi nazarda tutilgan”, — deyiladi munosabatda.

    Shuningdek, metroda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va ularga qulayliklar yaratish borasidagi takomillashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan:

    • O‘zbekiston prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan metropoliten infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda harakat tarkiblarini bosqichma-bosqich yangilash, eskirgan harakat tarkiblarini kapital ta’mirlash borasida aniq rejalar belgilangan. Hozirda metro vagonlaridagi texnik nosozliklar borasida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, kamchiliklari o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda. Metropolitenda harakat xavfsizlik tizimini takomillashtirish orqali yo‘lovchilar va harakat xavfsizligi darajasini oshirishda zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish orqali sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashda Oliy ta’lim muassasalarida metropoliten ishchi xodimlarini malakasini oshirish ishlari tashkil etilgan;
    • Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadida metro bekatlarida yo‘l ko‘rsatkichini zamonaviy dizayn asosida bosqichma bosqich almashtirish ishlari belgilangan. Ayni kunlarda yo‘l ko‘rsatkichlari me’yoriy loyiha hujjatlari asosida o‘rnatilgan.
    Ta’kidlanishicha, yerosti bekatlarida kishi sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatuvchi bosim borligini inobatga olgan holda barcha bekat navbatchilari birinchi yordam ko‘rsatish ma’lumotiga ega va barcha bekatlarda birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori vositalari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, zarur vaqtlarda tez yordam ishchi xodimlari chaqirtiriladi, metropolitenning “Paxtakor” va “Ming o‘rik” bekatlarida tibbiy punktlar mavjud.

    Shu bilan birga, Toshkent metropolitenida nima sababdan hojatxonalar yo‘qligiga ham to‘xtalib o‘tilgan.

    “Dunyoning aksariyat metropolitenlarida hozirgi kunda hojatxona hamda ona va bola xonalari mavjud emas. Shu qatorda Toshkent metropolitenida ham hojatxona, ona va bola xonalari qurilmagan. Jumladan, yo‘lovchilar eng uzoq manzilga o‘rta hisobda 40-50 daqiqa atrofida yetib borishadi. Biroq shunga qaramay me’yoriy loyiha hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan holatda ‘Chilonzor’ metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda, agarda bu o‘zini oqlasa boshqa bekatlarda ham amalda tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Yangi qurilayotgan metro bekatlarida esa yo‘lovchilar uchun qator qulayliklar mavjud bo‘lishi loyihalashtirilgan”, — deya qayd etiladi munosabatda.

    Yerusti metro bekatlarida imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan liftlar o‘rnatilgani ko‘pchilikka ma’lum. Liftlardan asosan keksalar, homilador ayollar, yosh bolali va nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi belgilangan. Bekatlardagi mavjud liftlar va eskalatorlarni bir maromda ishlashini tashkil qilish va nazorat o‘rnatish borasida metropoliten xodimlari orasida doimiy navbatchilik yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda barcha yerusti metro bekatlarida mavjud liftlar soz holda ishlab, yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi yo‘lovchilarga hech qanday cheklovlarsiz xizmat ko‘rsatmoqda;

    Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda barcha yer usti metro bekatlarida mavjud liftlar soz holda ishlab, keksalar, homilador ayollar, yosh bolali va nogironligi bo‘lgan shaxslar hech qanday cheklovlarsiz xizmat ko‘rsatmoqda.

    “Qayd etish lozimki, 2020-yildan Toshkent metropolitenida Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etilib, yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, transport va imtiyozli kartalar amalda tatbiq etildi. Kartalarni metropoliten bekat kassalaridan va maxsus kartamotlardan harid qilish imkoniyati mavjud. Kartalarning foydalanish muddati 3 yil etib belgilangan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumotlar ATTO saytida mavjud. Bundan tashqari, Toshkent shahar mehmonlari va metropoliten xizmatidan kam foydalanuvchi yo‘lovchilarga bir martalik QR-kodli chiptalar joriy qilingan. Ijtimoiy tarmoqda o‘tkazilayotga maxsus so‘rovnoma natijalari asosida 2022-yil mart oyidan faqat metroda imtiyozli yurishni kafolatlayligan oylik kartalari (yuqoridagi to‘lov tizimlariga qo‘shimcha) joriy etilishi rejalashtirilgan va bu orqali kassalar oldidagi tirbandliklarni bartaraf etish ko‘zlangan”, — deyiladi xabarda.

    Shu o‘rinda, Toshkent metropoliteni mavjud bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatib bera olgan “Daryo” jurnalistiga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

    Mavzuga doir:

    • Toshkent metropolitenida yana poyezd eshigi ochiq holatda harakatlandi. Holatga rasmiy izoh berildi
    • Toshkent metrosining “Chilonzor” yo‘lidan “Sergeli” yo‘liga o‘tish joyida poyezdlar to‘qnashdi
    • Toshkentda metro poyezdi yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘yib ochiq eshik bilan harakatlandi. Metropoliten holat bo‘yicha xizmat tekshiruvini boshladi
    • Video: “Novza” metro bekati yaqinida poyezd to‘xtab qoldi, yo‘lovchilar relslardan yurishga majbur bo‘ldi

    07.01.2022, 10:57   Izoh (0)   16420
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jenisbek Piyazov maktabgacha ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

    07.01.2022, 10:42

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi Ustyurtda Eriell bilan hamkorlikda bajarilayotgan burg‘ilash va qurilish ishlari holatini o‘rgandi

    07.01.2022, 10:00

    FVV Chimyonda qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi

    07.01.2022, 09:54

    Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi

    07.01.2022, 09:34

    Farg‘onada ayol va uning voyaga yetmagan qizini skotchlab, uyidagi tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

    07.01.2022, 09:23

    Namanganda tadbirkorning 164 mln so‘mini o‘zlashtirgan korxona rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    07.01.2022, 08:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.