Polsha prezidenti Anjey Dudaning COVID-19 ga topshirgan testi musbat chiqdi. Bu haqda prezident ma’muriyatining rahbari Pavel Shrotga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
“Prezidentning ahvoli yaxshi, u jiddiy og‘rimagan va shifokorlarning doimiy nazoratida”, — deb yozgan Shrot Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq prezidentning atrofidagi bir necha kishi koronavirusga chalingan edi.
Associated Press agentligining xabar berishicha, Bolgariya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Teodora Genchovskayada ham koronavirus aniqlangan. U shifokorlar nazoratida. “Bolgariya rasmiysi avval COVID-19 ga qarshi vaksinaning to‘liq kursini olgan”, — deyiladi AP xabarida.
Dekabr oyining oxirlarida Chernogoriya prezidenti Milo Jukanovichda, undan avval JAR prezidenti Siril Ramafosada, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishda, shuningdek, Oq uy matbuot kotibi Jen Psakida koronavirus aniqlangani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.
Izoh (0)