Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yilgi davlat budjeti ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjat 30-dekabr kuni qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.
Mazkur qaror ilovasiga muvofiq 2022-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlangan:
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda parlament tomonidan 2021-yil 1-maydan 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda kungaboqar va soya urug‘lari hamda o‘simlik yog‘i importi, shuningdek o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va ichki bozorda realizatsiya qilish QQSdan ozod etilgandi. Dekabr oyida esa O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari importi va realizatsiyasi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘idan (QQS) berilgan imtiyozlar muddati uzaytirilgan.
Izoh (0)