• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    12 ming kishini o‘ldirgan tuman. Atrof-muhitga nisbatan munosabatni o‘zgartirishga majbur qilgan “Buyuk smog” haqida

    Tez-tez quyuq tumanlar ichida qoladigan Britaniya orolining qadimdan saqlanib qolgan yana bir nomi bor — Tumanli Albion. Tumanlar britaniyaliklar hayotining ajralmas qismiga aylangan, deyish mumkin. Ammo orol tarixida shunday tumanlar ham bo‘lganki, uning natijasida minglab insonlar hayotdan ko‘z yumgan. Bugun ularning eng dahshatlisi, tarixga “Buyuk smog” nomi bilan kirgan halokatli tuman haqida hikoya qilamiz.

    Mavzuga doir: Toshkentni qoplagan chang bo‘roni — suratlarda

    Smog o‘zi nima?

    “Smog” atamasini birinchi bor ingliz doktori Henri Antuan de Vo 1905-yili chop etilgan “Tuman va tutun” maqolasida ishlatadi. Muallif o‘z maqolasida tutun (inglizcha — smoke) va tuman (inglizcha — fog) so‘zlarini birlashtirib, smog atamasini qo‘llaydi. Oddiy qilib aytganda smog bu — atmosferaga ko‘tarilgan sanoat chiqindi moddalarining havo bilan birlashib, uni ifloslantirish jarayonidir (kimyogarlar buni fotokimyoviy reaksiya deb ataydi).

    Smog ifloslanish yuqori bo‘lgan shaharlarda, sanoat markazlarida, yonilg‘i va yoqilg‘i mahsulotlari ko‘p ishlatiluvchi joylarda yuzaga keladi. Smogning bir joyda to‘planib qolishiga issiq havo sharoiti va shamol aylanishining kamligi sabab bo‘ladi. Tog‘ va tepaliklar yon bag‘irlaridagi hududlarda ko‘pincha shamol yo‘li to‘silgani sabab ham iflos havo bir joyda to‘planib qoladi.

    1952-yilgi “Buyuk smog” davrida London.

    1952-yilgi “Buyuk smog” davrida London.
    Foto: BigPicture

    Odatdagi tumandan farqli ravishda smog inson hayoti uchun o‘ta zararli hisoblanadi. Chunki smog tarkibida sanoat chiqindisining zaharli elementlari (azot dioksidi, nitrat, ftor va boshqalar) mavjud. Smog nafas olish qiyinlashishi, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i va yo‘talni keltirib chiqaradi. Tutunli tuman paytida ko‘z va burun shilliq qavatlari yallig‘lanishi, immunitet pasayish holatlari ham kuzatiladi.

    Bugungi kunga qadar yirik smoglar Moskva, Sankt-Peterburg, Olmaota, Los-Anjelas, Mexiko, Tehron va London shaharlarida kuzatilgan. 1952-yil Londonda yuz bergan smog boshqalaridan quyuqligi, uzoq vaqt davom etgani va minglab o‘limlarga sabab bo‘lgani bilan ajralib turadi. Yuqoridagi omilar sabab London smogi tarixga “Buyuk smog” nomi bilan kirgan.

    Mavzuga doir: “Qozog‘istondan kelib, Qozog‘istonga qaytib ketdi”. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni haqida

    London “no‘xat sho‘rvalari”

    Londonliklar uchun quyuq tutunli tuman aslida yangilik emas edi. Tumanli Albion yuragida XIII asrdanoq havoning tutun bilan ifloslanishi muammosi paydo bo‘lgan. Bunga asosiy sabab shaharda yoqiluvchi past sifatli ko‘mir tutuni edi (ko‘mirning sifatlisi eksport qilinardi) . Qirol Eduard I 1306-yildayoq shaharda ko‘mir yoqishni qisman taqiqlovchi qaror chiqaradi. Ammo bu qaror ham, keyinchalik qirol Yakov VI qabul qilgan yangi qaror ham vaziyatni o‘zgartira olmaydi.

    Aksincha, XVIII asrga kelib, sanoat rivojlanishi natijasida ahvol yanada og‘irlashadi. London ustida tez-tez paydo bo‘luvchi tuman kimyoviy moddalar (xususan, oltingugurt) sabab sariq rangli va ancha quyuq bo‘la boshlaydi — shu vaqtdan boshlab bunday tumanlarni “no‘xat sho‘rva” (“pea-souper”) deb atash boshlanadi, boisi bunday tumanlar no‘xat sho‘rva kabi sariq va quyuq edi. XIX asrda “no‘xat sho‘rva”lar Londonning o‘ziga xos belgisiga aylanadi. Ingliz yozuvchilari Charlz Dikkenz va Artur Konan Doylning asarlarida ham Londonning “no‘xat sho‘rva”li davrlarini ko‘rish mumkin.

    London tumanlari o‘xshatiluvchi no‘xat sho‘rva.

    London tumanlari o‘xshatiluvchi no‘xat sho‘rva.
    Foto: My Kitchenin the Rockies
    Sanoatdan kelayotgan daromad va u yaratayotgan ish o‘rinlari sabab tutunli tumanlarga qarshi  keskin tadbirlar amalga oshirilmaydi. Bu esa minglab insonlar o‘limiga olib keladi — londonliklarning qabrtoshlariga XIX asrdayoq “tutundan vafot etdi” qabilida yozuvlar yozila boshlagandi.

    “Buyuk smog”

    1952-yil 5-dekabr. Londonliklar erta tongda uyg‘onib, musaffo osmonni ko‘radi. Barcha o‘z ishiga shoshila boshlaydi. Bir necha haftadan beri davom etayotgan qattiq sovuq londonliklar uylarini ancha sovutgandi. Sovib qolgan uy va fabrikalarni isitish uchun ko‘mir yoqish boshlanadi. Mo‘rilardan chiqayotgan past sifatli ko‘mir tutuniga avtomobil va dizel yonilg‘isida harakatlanuvchi avtobus tutuni ham qo‘shiladi. Bir necha soat ichida Londonni sarg‘ish tutun qoplab oladi. Albatta bunday smog London aholisi uchun yangilik emas edi, biroq bu safar tuman ancha quyuqlashadi.

    Antisiklon natijasida yuqori havo bosimi Angliya janubida turib qoladi va bu havo haroratining o‘zgarishiga olib keladi. Sovuq havo issiq havodan yuqoriroqda turib qoladi hamda shahar yuzini havo tomchilariga qo‘shilgan zaharli moddalar tutuni egallaydi. Haroratning o‘zgarishi oltingugurtli ko‘mir tutunining atmosferaga ko‘tarilib ketishiga yo‘l bermaydi, chunki tutunni uchirib olib ketuvchi shamol pastda yo‘q edi. Zaharli smog London osmonining pastida, shahar yuzida turib qoladi. Natijada tarixdagi eng dahshatli va ifloslangan tuman paydo bo‘ladi.

    Tuman shu qadar quyuqlashadiki, shaharning ba’zi qismlarida odamlar yurish paytida o‘z oyoqlarini ko‘rmay qoladi. Besh kun davom etgan smog shahar infratuzilmasini falaj qilib qo‘yadi. Metrodan boshqa barcha transport faoliyati ishdan chiqadi. Poyezdlar va Temzadagi qayiqlar harakati to‘xtatiladi, parvozlar bekor qilinadi. Hukumat ota-onalardan farzandlarini maktabga yubormasdan uyda olib qolishi so‘raydi. Jinoyatchilik darajasi oshadi. Shahardagi chorva mollari esa yoppasiga bo‘g‘ilib o‘la boshlaydi. Ko‘chadan qaytgan odamlarning yuz va qo‘llari ko‘mirchilarnikidek qop-qora bo‘lib qoladi.

    “Buyuk smog” qanday oqibatlarga olib keldi?

    Ahvol 9-dekabrga kelibgina — g‘arbdan esgan shamol oltingugurtli smogni London osmonidan Shimoliy dengiz tomon olib ketgach, o‘nglana boshlaydi. Smoglar odatiy hol bo‘lgani sabab aksariyat londonliklar bu safargi smog ayanchli oqibatlar keltirib chiqarganini dastlab tasavvur ham qilmagan. Bir necha haftadan so‘ng e’lon qilingan raqamlar esa jamoatchilikni dahshatga solgan, yuz bergan voqea shunchaki tutunli tuman emas, balki “Buyuk smog” ekanini ko‘rsatgan.

    “Buyuk smog”.

    “Buyuk smog”.
    Foto: The Conversation

    Uinston Cherchil hukumati avvaliga ma’lumotlarni yashirishga uringan. Ammo, “kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi” deganlaridek, Londonda marhumlarning tobuti ustiga qo‘yish uchun gul va tobutlar qolmagach, rasmiylar oxir-oqibat “Buyuk smog”ga doir axborot va raqamlarni oshkor qilishga majbur bo‘ladi.

    Hukumat e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, “Buyuk smog” davrida London atmosferasiga ming tonna tutun zarralari, ikki ming tonna karbonat angidrid, 140 tonna xlorid va 14 tonna ftor moddalari ko‘tarilgan. Tutunli tuman tarkibida 370 tonna oltingugurt dioksidi va 800 tonna sulfat kislota mavjud bo‘lgani aniqlangan.

    “Buyuk smog”.

    “Buyuk smog”.
    Foto: BigPicture

    Hukumat hisobotida “Buyuk smog” oqibatida 4 ming kishi hayotdan ko‘z yumgani aytiladi. 1953-yil fevral oyida Britaniya parlamentining Jamoalar palatasi qurbonlar soni aslida ko‘proqligi, “Buyuk smog”dan keyingi hafta va oy davomida yana 8 ming kishi vafot etganini e’lon qiladi. Umumiy hisobda “Buyuk smog” 12 ming kishining umirga zomin bo‘ladi, 25 ming inson kasallik ta’tiliga chiqishga majbur bo‘ladi. Chorva mollari bilan bog‘liq talafot esa hisoblab chiqilmaydi.

    “Buyuk smog” barchani sergak torttiradi. Bu shafqatsiz saboq havo ifloslanishi haqidadagi fikrlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Sanoatda yangi ekologik standartlar qabul qilina boshlanadi. Buyuk Britaniya hukumati ko‘mir o‘rniga gaz va elektrdan foydalanishni joriy qiladi. Oradan 4 yil o‘tib, ekologiya tarixidagi muhim qonun — shaharlarda ko‘mir yoqishni cheklab, sanoat korxonalarni shaharlardan uzoqlashtirgan “Toza havo to‘g‘risidagi qonun” qabul qilinadi.

    Shunga qaramay, insoniyat keyinchalik yana bir necha halokatli smoglarni boshdan o‘tkazdi. Ammo ularning hech biri “Buyuk smog” darajasida dahshatli bo‘lmadi.

    Mavzuga doir: Chang bo‘roni favqulodda holat e’lon qilish uchun asos bo‘la olmaydi — FVV

    06.01.2022, 08:00   Izoh (0)   87690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:20

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Afsonaviy inson: Maykl Jekson haqida kutilmagan haqiqatlar

    Musiqa | 20 iyun, 20:10

    Bloomberg: Eron Isroildagi shaxsiy kameralarga ulanib hujumlarini aniqlashtirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 20:01

    Yangi buklanadigan iPhone 2026-yilda sotuvga chiqadi

    Gadjetlar | 20 iyun, 19:50

    Qozog‘iston politsiyasi tergovda sun’iy intellekt yordamchisini qo‘lladi

    Dunyo | 20 iyun, 19:40

    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

    Reklama | 20 iyun, 18:00

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.