• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fotogalereya: 2021-yilda xalqaro miqyosda sodir bo‘lgan e’tiborga molik voqea-hodisalar

    “Kommersant” sun’iy intellekt loyihasi hisoblangan “Medialogiya” ma’lumotlari asosida xalqaro siyosatda 2021-yilning eng yorqin, sershovqin voqea-hodisalarini tanlab oldi. Reyting voqea-hodisaning OAVda yoritilishi, nashrlarning bosh sahifalaridan o‘rin olishi va boshqa jihatlar asosida tuzib chiqilgan. 2021-yilning eng asosiy 15 ta voqea-hodisasiga aloqador fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

    Afg‘onistonning “Tolibon” tomonidan egallanishi

    O‘tgan yili 1-mayda “Tolibon” harakati AQSh harbiy kontingentining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi haqidagi bayonotdan keyin mamlakatdagi hukumat kuchlariga qarshi faol hujum operatsiyalarini boshladi. 15-avgustda toliblar poytaxt Kobulni egalladi, prezident Ashraf G‘ani esa mamlakatdan qochib ketdi. Keyinchalik G‘anining BAAda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

    Foto: AP Photo

    Polsha va Belarus chegarasidagi migratsion inqirozMazkur inqiroz 2021-yil bahorida Iroq va Suriyadan minglab qochoqlarning Belarus orqali Yevropa ittifoqi hududiga o‘tish uchun kelganidan keyin boshlangan. Noyabrda ular kuch bilan chegarani kesib o‘tishga urindi. Ayni vaqtda Belarus–Polsha chegarasida yuzlab qochoqlar lagerda qolgan. Ularning aksar qismi Iroqqa qaytgani haqida ham xabarlar berilgan. Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi rasmiylari Belarusni mazkur inqirozda asosiy aybdorlardan biri ekanligini qayd etgan.

    Foto: “Kommersant”

    Roman Protasevichning Minsk aeroportida hibsga olinishi2021-yil 23-may kuni Ryanair kompaniyasining samolyoti Belarus hukumatining topshirig‘iga asosan Minskdagi aeroportga majburan qo‘ndirildi va bort ichida bo‘lgan Nexta Telegram kanali sobiq bosh muharriri Roman Protasevich hamda uning yonida bo‘lgan rossiyalik Sofiya Sapegu hibsga olindi. Ularga qarshi jinoiy ishlar ochildi, ikkovi ham uy qamog‘ida saqlanmoqda.

    Roman Protasevich

    Roman Protasevich
    Foto: AP Photo

    Koronavirusning yangi – “omikron” shtammiJSST ma’lumotlariga ko‘ra, shtamm ilk bor 2021-yil 9-noyabrda Botsvanadan olingan namunada aniqlangan. Keyinchalik shtamm bilan kasallanish bo‘yicha bir nechta holat JAR va boshqa mamlakatlarda qayd etilgan. Yil oxiriga kelib ko‘plab davlatlar, jumladan, MDH davlatlari koronavirusning yangi shtammi tufayli cheklov choralarini kuchaytirdi.

    Foto: AP Photo

    Isroil hamda Falastin o‘rtasidagi nizoning keskinlashuvi2021-yil 10-mayda Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida Isroil tomoniga ommaviy raketalar hujumini amalga oshirdi. Isroil armiyasi bunga javob qaytardi va Falastin hududiga hujum uyushtirdi. Ikki tomondan 200 dan ziyod odam halok bo‘ldi. 21-may kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish borasida kelishuvga erishdi.

    Foto: AP Photo

    Vashingtondagi Kapitoliyga hujum2021-yil 6-yanvarda AQShdagi Kapitoliyda Tramp tarafdorlari uyushtirgan miting qurolli to‘qnashuvga aylanib ketdi. Sobiq prezident Donald Tramp tarafdorlari binoni shturm bilan ishg‘ol qildi. Mazkur ish yuzasidan 60 dan ziyod odam qamoqqa olinib, mitingda qatnashgan 600 dan ziyod ishtirokchiga ayblov e’lon qilingan.

    Foto: Reuters

    Rossiya hamda Chexiya o‘rtasidagi diplomatik mojaro2021-yil aprel oyida Moskva va Praga o‘rtasidagi qarama-qarshilik oqibatida ikki davlat o‘nlab diplomatlarni qaytarib yubordi. Bunday keskinlik Chexiyaning Rossiya maxsus xizmatlari xodimlarining 2014-yil oktabr oyida Vrbetitsa qishlog‘idagi qurol-yarog‘ omborida yuz bergan portlashga aloqadorligini ma’lum qilganidan keyin boshlandi.

    Foto: AP Photo

    Jo Baydenning inauguratsiyasi2021-yil 20-yanvarda Jo Bayden (chapda) AQSh prezidentligiga rasman kirishdi. 2020-yil noyabrda bo‘lib o‘tgan AQShdagi prezidentlik saylovlarida u respublikachilar vakili, amaldagi prezident Donald Trampni mag‘lub etgandi.

    Foto: AP Photo

    Mavzuga doir: 

    • Fotoreportaj: Jo Baydenning inauguratsiyasi qanday o‘tdi?
    • AQShning 46-prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi qanday o‘tdi va nega u uchun ikkinchi “yadro chamadonchasi” tayyorlandi? Asosiy ma’lumotlar
    • Baydenning inauguratsiyasini Trampnikidan ko‘proq teletomoshabinlar kuzatdi
    Mixail Saakashvilining Gruziyaga qaytishi va u yerda hibsga olinishi2021-yil 1-oktabrda Gruziyada mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakashvili hibsga olindi, u respublikaga noqonuniy yo‘l bilan kelgandi. Siyosatchiga nisbatan vatanida bir nechta jinoiy ishlar ochilgan.

    Mixail Saakashvili (markazda)

    Mixail Saakashvili (markazda)
    Foto: AP Photo

    Mavzuga doir: “Misha, biz keldik”. Saakashvilining qaytishi va qamoqqa olinishi qanday qilib Gruziyani ikkiga bo‘lib yubordi?

    Armanistondagi norozilik namoyishlariHukumatga qarshi norozilik namoyishlari 2020-yil noyabr oyida Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochmaslik borasida Ozarbayjon bilan kelishuv imzolanganidan keyin boshlangan. Mitinglarda qatnashayotganlar amaldagi bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini so‘radi. 2021-yil 18-mart kuni u navbatdan tashqari parlament saylovlarining o‘tkazilishini e’lon qildi. 20-iyunda uning partiyasi “Fuqarolik shartnomasi” saylovlarda g‘olib chiqdi va Pashinyan bosh vazir lavozimiga qayta saylandi.

    Foto: “Kommersant”

    Donald Trampga e’lon qilingan impichment2021-yil 13-yanvarda AQSh Vakillar palatasi o‘sha vaqtda amaldagi prezident hisoblangan Donald Trampga ishonchsizlik bildirib, impichment e’lon qildi. Uning prezidentlik davrida mazkur siyosiy jarayon ikki marta sodir bo‘ldi: birinchi impichment 2019-yil dekabr oyida e’lon qilingan, biroq Senat o‘shanda Trampni oqlagandi.

    Foto: AP Photo

    Germaniyadagi saylovlar2021-yil 26-sentabrda Germaniya Federativ Respublikasida parlament saylovi o‘tkazildi. 8-dekabrda Bundestag deputatlari Germaniya sotsial-demokratik partiyasi a’zosi Olaf Sholtsni federal kansler lavozimiga saylashdi, shu tariqa Angela Merkel o‘z lavozimini tark etdi.

    Foto: AP Photo

    Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo2021-yil 28-aprelda qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat suv masalasidagi muammolar sabab keskinlashdi. Bu esa Qirg‘iziston hamda Tojikiston harbiylari o‘rtasidagi otishmaga olib keldi va 50 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi. 1-mayda Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada harbiy harakatlarni to‘xtatish borasida o‘zaro kelishuvga erishdi.

    Foto: AP Photo

    Ijtimoiy tarmoqlar faoliyatidagi katta uzilish2021-yil 4-oktabrda Facebook Inc. (Facebook, Instagram, WhatsApp) kompaniyasida keng qamrovli, global miqyosdagi uzilishlar sodir bo‘ldi. Servislar faoliyati 7 soatdan oshiq vaqt davomida ishlamadi. Bu vaqt davomida Telegram messenjeridan foydalanuvchilar soni keskin ko‘paygan.

    Foto: “Kommersant”

    Konteyner tashuvchi Ever Given kemasi bilan sodir bo‘lgan halokat2021-yil 23-mart kuni konteyner tashuvchi kema Suvaysh kanalida qumga botib qoldi. Oqibatda 400 dan ziyod kema harakati to‘xtab qoldi va tahlilchilarning qayd etishicha, dunyo iqtisodiyotiga 9,6 milliard dollar miqdorida zarar keltirdi. Oradan olti kun o‘tgach, kema qum “tutqunligi”dan qutuldi.

    Foto: Reuters
    03.01.2022, 14:40   Izoh (0)   28379
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pentagon rahbari Lloyd Ostinda koronavirus aniqlandi

    03.01.2022, 13:56

    Janubiy Koreyada “omikron” bilan bog‘liq dastlabki o‘lim holatlari qayd etildi

    03.01.2022, 12:53

    2021-yilda butun dunyoda sodir bo‘lgan asosiy voqealar — suratlarda (foto)

    03.01.2022, 08:58

    Suv ilinjida yo‘lga tushgan aka-uka afg‘onlar, reanimatsiyadagi bayram, Yangi yilni kutib olgan dunyo. Hafta suratlari

    02.01.2022, 23:53

    Misrlik olimlar Amenxotep I ning tashqi qiyofasini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Uning mumiyosi tomograf yordamida “yechilgan”

    02.01.2022, 20:49

    Muammar Kaddafi Saddam Husaynning suddagi himoyasi uchun mablag‘ ajratib kelgani ma’lum bo‘ldi

    02.01.2022, 20:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.