• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Hamrobekovdan Norchayevgacha. O‘zbekiston Superligasining ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchilari haqida

    Jahon futboli yulduzlarining transfer bozoridagi narxi ularning maydondagi ko‘rsatayotgan o‘yiniga qarab, tez-tez o‘zgarib turishi millionlar o‘yini ishqibozlari uchun juda bir olamshumul yangilik hisoblanmaydi. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, ushbu tendensiya bir mashhur ichimlik suvi nomi bilan ataladigan O‘zbekiston Superligasi futbolchilari uchun ham amal qiladi va Transfermarkt portali ularning transfer narxini reyting qilib boriladi. “Daryo” quyida ana shu reytingning kuchli o‘nligidan joy olgan futbolchilar haqida hikoya qiladi.

    Azizbek Turg‘unboyev, “Paxtakor”, 700 ming yevro

    Foto: “Paxtakor”

    Foto: “Paxtakor”

    2021-yilgi mavsum boshida “Navbahor”dan “Paxtakor”ga o‘tgan Azizbek Turg‘unboyev kutilganidek, juda yorqin o‘yin ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, har xolda poytaxt klubining avvalgi kabi unchalik ham kuchli bo‘lmagan tarkibi ichida yo‘qolib qolmadi. Ortda qolgan mavsumda u 25 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Dunyoga mashhur Transfermarkt portali namanganlik yarim himoyachining transfer narxini 700 ming yevroga baholagan. Turg‘unboyevning yoshi (27) va katta ehtimol bilan chet el klublariga yo‘l olmasligi inobatga olinib aytilsa, mazkur narxning ko‘tarilishi amri mahol.

    Husayn Norchayev, “Nasaf”, 700 ming yevro

    Foto: OFK

    Foto: OFK

    O‘tgan mavsumdan boshlab, “Nasaf”ning asosiy jamoasida muntazam o‘ynab kelayotgan Norchayev bu yilgi birinchilikda tom ma’noda o‘zining nimalarga qodirligini to‘laligicha namoyish qildi. 19 yoshida “Nasaf”ning asosiy figuralaridan biriga aylangan hujumchi ham Superligada, ham xalqaro maydonda to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatdi. OFK Kubogida 7 ta gol bilan musobaqaning eng sermahsul o‘yinchisi bo‘ldi, O‘zbekiston chempionatida esa 13 ta gol bilan Dragan Cheran (16) va Temirxo‘ja Abduxoliqovdan (14) keyin 3-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari u O‘zbekistonda 2021-yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi.

    Umuman olganda Norchayev O‘zbekiston chempionatida o‘z darajasini ko‘rsatib bo‘ldi. Shunday ekan O‘zbekiston chempionatidan “bosh olib ketish” u uchun ham, o‘zbek futboli uchun ham foydadan holi bo‘lmaydi.

    Shohruz Norxonov, “So‘g‘diyona”, 750 ming yevro

    Foto: “So‘g‘diyona”

    Foto: “So‘g‘diyona”

    2021-yilgi mavsumda “So‘g‘diyona” o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston chempionatida kumush medallarga ega chiqdi. Ulug‘bek Baqoyev jamoasining bu natijaga erishishida, shubhasiz, Shohruz Norxonovning hissasi katta bo‘ldi. Uning chempionat bahslarida kiritgan 10 ta goli ham bunga isbot bo‘la oladi. Gollardan tashqari ham Shohruz bir necha mavsumdan beri jizzaxliklar safida barqaror o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, uning aynan “So‘g‘diyona” safida qo‘nim topganini alohida qayd etish kerak. Shohruz ungacha bir necha yillar qisqa muddatdan “Bunyodkor” va “Obod” safida harakat qilgan.

    Norxonov hozirda 28 yoshda va agar ushbu sport formasini ushlab tura olsa, bemalol yana bir-ikki mavsum Superliga jamoalarida to‘p sura oladi.

    Yovan Jokich, “OKMK” / “Navbahor”, 750 ming yevro

    Foto: “OKMK”

    Foto: “OKMK”

    O‘zbekiston chempionatida to‘p surayotgan kam sonli (nisbatan) talabga javob beradigan (mahalliy futbolchilardan kamida “bir kalla” ustun bo‘lishi nazarda tutilmoqda) legionerlardan biri Yovan Jokich 2018-yildan beri serquyosh O‘zbekistonda o‘z nasibasini terib yuribdi. “OKMK”dan tashqari, ma’lum muddat “Lokomotiv”da ham harakat qilgan serbiyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda “konchilar”ning 3-o‘rinni egallashida muhim o‘rin tutdi.

    Shuningdek, u ayni damda 750 ming yevro transfer narxi bilan Superliganing eng qimmat legioneri bo‘lib turibdi.

    Tayanch yarim himoyachi zonasida to‘p suradigan Yovich hozirda 29 yoshda va faoliyatidagi yetuklik davrini o‘tkazmoqda. U yangi mavsumni Samvel Babayan qo‘l ostida “Navbahor” safida boshlaydi.

    Temurxo‘ja Abduxoliqov, “Lokomotiv”, 750 ming yevro

    Foto: “Lokomotiv”

    Foto: “Lokomotiv”

    “Bunyodkor” klubida katta futbolga qadam qo‘ygan Abduxoliqov faoliyati davomida qator mahalliy va xorij klublarida harakat qilishga ulgurgan. Biroq ularning hammasini ham muvaffaqiyatli o‘tgan deyish biroz mushkul. O‘z vaqtida yorqin o‘yinlar ko‘rsatgani tufayli o‘zbek futbolining kelajagi deb nom berilgan Abduxoliqov, afsuski, o‘z salohiyat va imkoniyatlarini to‘laligicha ochib bera olmagan. 30 yoshli hujumchi bir necha yillardan beri Toshkentning “Lokomotiv” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning o‘tgan mavsumdagi statistikasi quyidagicha bo‘ldi: 23 o‘yin, 14 ta gol.

    So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 2022-yilgi mavsumni Abduxoliqov katta ehtimol bilan “Nasaf” yoki “Qizilqum” safida boshlaydi. U “temiryo‘lchilar” bilan shartnomani uzaytirmadi.

    Nurillo To‘xtasinov, “Bunyodkor”, 800 ming yevro

    Foto: “Bunyodkor”

    Foto: “Bunyodkor”

    Yosh tarkib va maqtanib bo‘lmas darajadagi moliyaviy ahvoli bilan “Bunyodkor” 2021-yilgi mavsumni 5-o‘rinda yakunladi. Yorqin yulduzi va yaqqol yetakchisi bo‘lmagan Shuhrat Maqsudov jamoasida Nurillo To‘xtasinov mavsum davomida barqaror o‘yin ko‘rsatib keldi. Va ko‘p hollarda aynan uning faol harakatlari evaziga “qaldirg‘ochlar” muhim bo‘lgan ochkolarni qo‘lga kiritdi.

    Faoliyatining deyarli katta qismini “Bunyodkor”da o‘tkazgan To‘xtasinov hozir 24 yoshda va o‘z jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, uzoq yillar O‘zbekiston chempionati klublarida to‘p surishi mumkin.

    Hojiakbar Alijonov, “Paxtakor”, 800 ming yevro

    Foto: “Paxtakor”

    Foto: “Paxtakor”

    “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Hojiakbar 2016-yildan beri asosiy jamoaga jalb etib kelinadi. Alijonov “Paxtakor”ning eng kuchaygan vaqtida ham raqobatni yengib, asosiy tarkib futbolchisiga aylangandi.

    Alijonov tezkor va muntazam ravishda hujumlarga qo‘shilishi va o‘yinni o‘ziga olishdan cho‘chimasligi bilan ampulasidagi boshqa futbolchilardan ajralib turadi. U ortda qolgan mavsumda Superliga doirasida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

    Sardor Sobirxo‘jayev, “Paxtakor”, 800 ming yevro

    Foto: “Paxtakor”

    Foto: “Paxtakor”

    Sardor Sobirxo‘jayev o‘z vaqtida Osiyoni titratgan, tarkibida Abbos Maxsitaliyev, Timur Hakimov bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasining o‘rtamiyona futbolchilaridan biri edi. Ammo u o‘sha tarkibdan hozir Superligada o‘ynayotgan kam sonlilardan hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, “Paxtakor” kuchaygan Shota Arveladze davrida ham kuchli raqobatda yo‘qolib qolmagan Sardor, asosan, maydondagi “qora ishlar”ni bajaradi.

    U uch-to‘rt himoyachini aldab o‘tmasligi yoki har o‘yinda gol urmasligi mumkin, biroq ziyrak muxlislar biladiki, jamoaning o‘yinini aynan tayanch zonasidagilar belgilab beradi. Yana shuni alohida ta’kidlash joiz, unda intizom borasida ham kamdan-kam hollarda muammo kuzatiladi. Odatda uning pozitsiyasida o‘ynaydigan futbolchilarda kartochkalar soni ko‘payib ketishi bor gap, Sobirxo‘jayev esa o‘z ishini “toza” bajaradi.

    Doston Hamdamov, “Paxtakor”, 900 ming yevro

    Foto: “Paxtakor”

    Foto: “Paxtakor”

    Faoliyati davomida bir necha bor legionerga aylangan va har safar muvaffaqiyatga erishmagan Doston Hamdamov 2021-yilning yozida “Paxtakor”ga qaytdi va mavsumning qolgan qismida “sherlar” safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

    Dostonning transfer narxi ro‘yxatdagi futbolchilardan farqli ravishda ko‘tarilish o‘rniga tushmoqda. U bundan bir yil avval 1 million 200 ming yevroga baholangandi. Bunga yetarlicha sabablar bor, ulardan biri sifatida Dostonning o‘yinida bir necha yildan beri avvalgi shijoatning yo‘qolganini aytsa bo‘ladi.

    Odiljon Hamrobekov, “Paxtakor”, 1 million yevro

    Foto: “Paxtakor”

    Foto: “Paxtakor”

    Superliganing eng qimmat o‘yinchisi hisoblangan Odiljon Hamrobekov katta futbolga 2013-yilda “Nasaf” jamoasi orqali kirib kelgan va tezda o‘z o‘rnini topib olishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u o‘smirlar va yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari orqali ham muxlis va mutaxassislarning e’tiborini o‘ziga jalb etgan. 2019-yildan esa “Paxtakor” sharafini himoya qilib kelmoqda — orada yarim mavsum BAA klubida ijara asosida to‘p tepdi.

    Hozirda u yana “Paxtakor” safida Sobirxo‘jayev bilan birgalikda raqib hujumlarini buzish va jamoaning yangi hujumini boshlab berish bilan shug‘ullanmoqda. Uning ustun tomonlari sifatida maydonni yaxshi ko‘ra olish va kurashlardan qochmasligini aytish mumkin.

    Mavzuga doir: Maydondagi millionlar: dunyoning ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchilari

    02.01.2022, 10:07   Izoh (0)   22552
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APL. “Tottenhem” autsayderga qarshi o‘yinda 90+6-daqiqadagi gol evaziga g‘alabani ilib ketdi

    01.01.2022, 22:19

    Ularni Qatarda ko‘rmaymiz. JCh—2022 ga bormasligi aniq bo‘lgan yulduz futbolchilar

    01.01.2022, 21:10

    APL. “Manchester Siti” so‘nggi daqiqalarda “Arsenal”dan g‘alabani tortib oldi

    01.01.2022, 19:50

    Serquyosh Jarqo‘rg‘ondan ko‘hna Rimgacha. Eldor Shomurodov bosib o‘tgan yo‘l

    01.01.2022, 18:28

    Pushkashdan Messigacha. Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan mashhur futbolchilar

    01.01.2022, 16:05

    Qari bilganni pari bilmas. Qarishni bilmaydigan jahonning ayni damdagi eng yaxshi 7 futbolchisi

    01.01.2022, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.