“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bayram kunlari elektr uzilmasligi uchun elektr energiyasi uchun qarzlarni to‘lashga chaqirdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklagan holda, bayram kunlari qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishining oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tmoqda.
Ta’kidlanishicha, respublikada elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.
Avvalroq O‘zbekistonda 2022-yilda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilishi mumkinligi, O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2020-yilga nisbatan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)