• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston milliy atlasi nashr etildi

    Noyabr o‘rtalarida O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga asosan birinchi marotaba O‘zbekiston milliy atlasi yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 27-dekabr kuni AOKAda Kadastr agentligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida milliy atlas nashr etilgani ma’lum qilindi.

    Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

    Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston milliy atlasi 416 ta xaritalarni o‘zida jamlagan 2 jilddan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning barcha sohalarini kartografik va matnli ko‘rinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-ma’lumotnoma asari hisoblanadi.

    Milliy atlasning 1-jildi 3 ta asosiy va 11 ta kichik bo‘limdan iborat, unda O‘zbekistonning “Tabiiy-geografik o‘rni va umumiy xususiyatlari”, “Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari”, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” sohalari aks ettirgan 205 ta xarita mavjud. 2-jildi esa 5 ta bo‘lim va 11 ta kichik bo‘limdan tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekistonning ”Umumiy xususiyatlari“, “Aholisi”, “Ijtimoiy sohasi” “Iqtisodiyoti” “Tarixi” sohalari aks ettirgan 211 ta xaritadan tashkil topgan.

    O‘zbekiston Milliy atlasini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

    O‘zbekiston Milliy atlasini yaratish ishlari 2018-yilda, O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga binoan (2017-yil 23-dekabrda o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni 12-bandi) va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 204-f-son farmoyishiga asosan boshlangan.

    Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlangan atlasni yaratish bo‘yicha tahrir hay’ati a’zolari va atlasni yaratishda ishtirok etadigan vazirlik va idoralar bilan birgalikda Kadastr agentligi tomonidan O‘zbekiston milliy atlasi konsepsiyasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

    Atlasni yaratishga “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi mas’ul etib belgilandi.

    Milliy atlasni yaratish jarayonlari

    Atlasni yaratishda chet el, xususan, Belarus, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya va Ukraina davlatlari tajribalaridan, “Kartografiya” korxonasi tomonidan yaratilgan “O‘zbekiston geografik atlasi”dan, shuningdek, ko‘plab tarixiy, ilmiy statistik materiallar va 30 dan ortiq vazirlik-idoralarda mavjud ma’lumotlar o‘rganilgan. Milliy atlasdagi kartografik va statistik ma’lumotlar, ularning dizaynini yaratishda esa eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter texnikalari, ArcGIS va Freehend kabi dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan.

    Yaratilgan xaritalar “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasida mavjud matbaachilik uskunalarida 200 nusxada nashr etilgan.

    Atlasni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:

    • atlasda jamlangan ma’lumotlar davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tadbirkorlik subyektlari va O‘zbekiston hamda chet el fuqarolarini davlat to‘g‘risidagi rasmiy va umume’tirof etilgan ilmiy ma’lumotlar tizimi bilan tanishtiradi hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borishga, kelajak avlodlarga O‘zbekistonning tarixi va bugungi kundagi geografiyasi, tabiati, tabiiy resurslari, aholisi, ijtimoiy sohalari, iqtisodiyoti, ekologik holati va madaniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazish;
    • kartografik shaklda O‘zbekistonning hududi, uning ma’muriy-hududiy tuzilishi, iqtisodiy, madaniy, tarixiy, ekologik, ta’lim va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan umumdavlat va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqarishda kerakli ma’lumotlarni taqdim etish;
    • dunyoda O‘zbekiston haqidagi bilimlarni oshirish, O‘zbekiston bilan xorijiy davlatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy, amaliy va boshqa sohalardagi hamkorlikni hamda turizmni rivojlantirish.
    O‘zbekiston Milliy atlasi haqida

    O‘zbekiston Milliy atlasi 416 ta xaritani o‘zida jamlagan 2 ta jilddan iborat fundamental ilmiy-kartografik asar bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasiga kiruvchi barcha hududlarning tabiiy-geografik o‘rni va umumiy xususiyatlari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, aholisi, ijtimoiy va iqtisodiyot sohalari hamda tarixiga oid ma’lumotlar mujassamlashgan. Ular asarda diagrammalar, shartli belgilar, illyustratsiya, kartografik va matnli ko‘rinishda tavsiflanadi. Har ikkala jilddan geografik obyektlar nomlari ko‘rsatkichlari va terminlar lug‘ati ham joy olgan.

    O‘zbekiston milliy atlasining 1-jildi 3 ta asosiy va 11 ta kichik bo‘limdan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy-geografik o‘rni va umumiy xususiyatlari”, “Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari”, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” sohalari aks ettirgan 205 ta xaritalardan tashkil topgan.

    O‘zbekiston Milliy atlasining 2-jildi 5 ta bo‘lim va 11 ta kichik bo‘limlardan tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining ”Umumiy xususiyatlari“, “Aholisi”, “Ijtimoiy sohasi” “Iqtisodiyoti” “Tarixi” sohalari aks ettirgan 211 ta xaritadan tashkil topgan.

    Atlasda to‘plangan O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi xilma-xil ma’lumotlar ilmiy izlanishlarga, yangi bilimlarni egallashga, ma’lumotlarni yangi avlodlarga yetkazishga, O‘zbekiston fuqarolarining milliy va davlatga oid ongini shakllantirishga, ilmiy tadqiqotlar va ta’limni rivojlantirishga, turli tashkilotlarning amaliyotida qo‘llashga, shuningdek xalqaro miqyosda O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi bilimlarni tarqatish va O‘zbekiston Respublikasining kartografiya sohasidagi imijini yanada oshirishga xizmat qiladi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 23 mln gektar qishloq yerlarining elektron xaritasi yaratildi

    28.12.2021, 15:23   Izoh (0)   19171
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Yil ayoli” tanlovi g‘oliblari va gender tengligi uchun kurashgan eng faol tashkilotlar aniqlandi

    28.12.2021, 14:38

    Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida avtomobillar xaridi kamaygani ma’lum bo‘ldi

    28.12.2021, 13:58

    Rossiya elchisi: “O‘zbekistonda AES qurilishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatlar bor”

    28.12.2021, 13:44

    Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlarga yordam puli berilishi rad etildi

    28.12.2021, 13:20

    Humo va Uzcard terminallari bir-birining kartalarini qabul qilishni boshlaydi (video)

    28.12.2021, 12:38

    Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus avariyaga uchradi (foto, video)

    28.12.2021, 12:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.