So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Shavkat Mirziyoyev Latviya, Vengriya, Fransiya va Saudiya Arabistoni elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

    27.12.2021, 17:09 21633

    27-dekabr kuni xorijiy davlatlarning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Latviya elchisi Reynis Troksha, Vengriya elchisi Dyula Kovach, Fransiya elchisi Oreliya Bushez va Saudiya Arabistoni podshohligi elchisi Yusuf al-Utaybiydan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

    Davlat rahbari yangi tayinlangan elchilarni mamlakatda diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy tabrikladi.

    O‘zbekiston xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan konstruktiv muloqotni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratayotgani ta’kidlandi.

    Prezident mamlakat demokratik yangilanishlarni davom ettirish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida kompleks islohotlarni amalga oshirishda izchillikni ta’minlash yo‘lida qat’iy ekanini qayd etdi.

    Taraqqiyot strategiyasida har bir fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, erkin va ochiq jamiyat, xalqchil davlat barpo etish bosh maqsad qilib belgilangan.

    O‘zbekistonni 2030-yilga borib aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan mamlakatga aylantirish asosiy vazifadir. Shu maqsadda bozor islohotlarini chuqurlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiya va texnologiyalarni keng jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

    Pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat va iqtisodiy diplomatiya bundan buyon ham davom ettiriladi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va sheriklik aloqalarini mustahkamlab borish ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

    O‘zbekiston Rossiya, Xitoy, AQSh, shuningdek, Yevropa, Janubiy Osiyo, Osiyo-Tinch okeani va Yaqin Sharq davlatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident ta’kidlaganidek, biz dunyoga, dunyo esa bizga ochiq bo‘lishi kerak – bu bugungi taraqqiyotning asosiy talabi. O‘zbekiston Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi yangi tahrirda qabul qilinadi.

    Mintaqaning ajralmas qismi sifatida qaralayotgan Afg‘onistondagi vaziyatning tartibga solinishini davlat rahbari xavfsizlikni ta’minlashning eng muhim omili, deb atadi. O‘zbekiston yaqin qo‘shnimiz bo‘lgan ushbu mamlakatda iqtisodiy va gumanitar inqirozga yo‘l qo‘ymaslik, tinchlik o‘rnatilishiga ko‘maklashish uchun xalqaro hamjamiyat bilan keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor, dedi prezident.

    O‘zbekiston yetakchisi yangi tayinlangan elchilar vakillik qilayotgan mamlakatlar bilan keng ko‘lamli va uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.

    Latviya O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli va muhim sherigi bo‘lib, uzoq yillardan buyon mamlakatning Boltiq va Skandivaniya bozorlariga chiqishida ko‘maklashib kelmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlatlar o‘rtasida an’anaviy do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlar qaror topgan. Latviya xalqaro tashkilotlar va Yevropa Ittifoqi doirasida mamlakatni doimo qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

    Shu bilan birga, hamkorlikni rivojlantirish uchun hali ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjud. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo munosabatlarning salohiyatidan samarali foydalanish, transport, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik sanoati, turizm sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni faol ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.

    Latviya yuqori darajadagi delegatsiyalarining 2022-yilga rejalashtirilgan O‘zbekistonga tashriflari hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

    O‘zbekiston yetakchisi Vengriya bilan ko‘p asrlik tarixiy yaqinlik va xalqlarning qardoshlik rishtalariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlar keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning 2021-yil mart oyidagi O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston–Vengriya hamkorligi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

    Ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi konstruktiv muloqotning davom ettirilishi davlatlararo munosabatlarning yanada rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

    So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshdi. Vengriyaning yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

    Hududlararo hamkorlik mexanizmi yaratildi. 2021-yil iyun oyida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Sentabr oyidan boshlab Vengriya oliy ta’lim dargohlarida “Xungarikum” dasturi doirasida o‘zbekistonlik talabalar tahsil ola boshladi.

    Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, mashinasozlik, farmatsevtika, logistika, turizm kabi muhim sohalarda hamkorlikni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

    Ulkan xalqaro nufuz va salmoqli iqtisodiy salohiyatga ega Fransiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi muhim sheriklaridan biridir.

    2018-yil oktabrda Fransiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi rasmiy tashrif hamda 2021-yil avgust oyida prezident Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqotlar O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga xizmat qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonda Fransiya kompaniyalari bilan birgalikda qator o‘zaro manfaatli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jizzax viloyatida Renault avtomobillarini ishlab chiqarish, EDF bilan birgalikda energetika obyektlarini, Veolia ishtirokida kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, Total Eren bilan hamkorlikda quyosh elektr stansiyasini qurish shular jumlasidan.

    O‘zbekiston prezidenti mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy loyiha va dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni yuqori baholadi.

    O‘zbekiston innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, aviasozlik, tog‘-kon sanoati, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalarida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. Qayd etilganidek, 2022-yilda Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkaziladi.

    Davlat rahbari Fransiyaning 2022-yilning birinchi yarmida YeI Kengashiga raisligi davrida O‘zbekistonning Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlar bilan ko‘p tomonlama aloqalari yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

    Saudiya Arabistoni nafaqat arab-musulmon olamida, balki butun dunyoda katta nufuzga va moliyaviy-iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lib, O‘zbekistonning muhim hamkoridir.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ikki muqaddas masjid xodimi, podshoh Salmon Ol Saud va Valiahd Muhammad Ol Saud bilan uchrashuvlar ikki tomonlama munosabatlar rivojiga qo‘shimcha sur’at bag‘ishladi, dedi prezident.

    Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal va investitsiya vaziri Xolid al-Falihning 2021-yilda mamlakatga amalga oshirgan tashriflari O‘zbekiston–Saudiya hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga muhim hissa qo‘shdi.

    Prezident mamlakat hududlarida Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikda energetika sohasida yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

    O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ham salmoqli moliyaviy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.

    Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, Saudiya kompaniyalari bilan yangi loyihalarni ilgari surish muhim ekani ta’kidlandi.

    Ishonch yorliqlarini topshirish marosimi yakunida O‘zbekiston prezidenti xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlariga ularning O‘zbekiston bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

    Diplomatlar samimiy qabul va samarali faoliyatiga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga bor kuch-g‘ayrati, bilimi va professional tajribasini qaratishlarini qayd etdilar.

    Mavzuga doir:

    • Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi quvvatini kengaytirishga 1,8 mlrd dollar yo‘naltiriladi
    • “Haqiqiy qahramonlik namunasi” — Prezident GTL zavodi qurilishida ishtirok etgan barcha muhandis, quruvchi va xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirdi
    • “Bunday yirik majmua shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda barpo etilgan”. Shavkat Mirziyoyev GTL zavodining ochilish marosimida nutq so‘zlamoqda

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga rektor tayinlandi

    Bugun, 08:27

    Navoiy viloyatidagi sport majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    Bugun, 08:02

    La Liga. Serxio Ramosning avtogoli “Barselona”ga g‘alaba keltirdi

    Bugun, 02:09

    Saudiya Professional Ligasi. Ronalduning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga “An-Nassr” g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 00:28

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi?

    Kecha, 23:59

    Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lining qurilishi qoldirilgani aytilmoqda

    Kecha, 23:40

    “Yo Xudo!.. Quti ichida nima bor?..” — “Yetti” filmi haqida

    Kecha, 23:35

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Xanchjou—2022. O‘zbekistonlik qilichbozlardan tarixiy g‘alaba, gandbolchilar guruhdagi so‘nggi o‘yinida zafar quchdi, Lazizbek Mullajonov musobaqani tark etdi

    Kecha, 23:05

    O‘zbekistonda yoshlar yetakchilariga qancha maosh to‘lanadi? Yoshlar yetakchisiga doir maʼlumot taqdim etildi

    Kecha, 23:00

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Qirg‘izistonda davlat bayrog‘ini o‘zgartirish taklif qilindi (foto)

    13:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.