• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12514.34
    • RUB156.41
    • EUR14600.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zMUda “bahosi million dollar”lik kitoblar yo‘qolgani aytildi. Ish bosh prokuror nazoratida, universitet esa vaqt so‘rayapti

    O‘zbekiston Milliy universitetining Nodir qo‘lyozmalar muzeyida saqlanayotgan “bahosi million dollar” turuvchi bir qator kitoblar yo‘qolgani haqida xabarlar tarqaldi. “Daryo” ushbu mashmasha atrofidagi barcha ma’lumotlarni bir sahifaga jamlashga harakat qildi.

    O‘zi nima gap?

    O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-yilda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bu jarayonda universitetning qo‘lyozmalar saqlanuvchi tarix muzeyidagi nodir kitoblar vaqtincha boshqa joyga ko‘chirilgan (ma’lumotlarga ko‘ra, muzeyda 1465 nomdagi o‘zbek, fors, turkiy, arab va tojik tillarida arabcha imloda yozilgan qo‘lyozma kitoblar, xat va hujjatlar saqlangan).

    Ta’mirlash tugagach, muzey qayta (hali ham) ochilmagan. “Kun.uz” ma’lumotiga ko‘ra, bunga sabab — “u yerdagi qimmatbaho va o‘ta nodir hisoblangan 100 dan ortiq kitob sotib yuborilgan bo‘lishi mumkin”ligi — ta’mirlashdan keyingi xatlovda aynan shuncha qadimiy qo‘lyozma chiqmagan. Ular orasida eng qimmatbaho hisoblangan quyidagi uch kitob ham borligi aytilmoqda:

    Sharafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan “Muqaddimai Zafarnoma” asari qo‘lyozmasi.

    Sharafiddin Ali Yazdiyning XV asrda yozilgan “Muqaddimai Zafarnoma” asari qo‘lyozmasi.
    Foto: O‘zMU kutubxonasi (arxiv) / “Kun.uz”
    • Abu Muhammad ibn Abu Bakr Sobuniyning milodiy 1261-yilda fors tilida yozilgan “Kitobu-l-kifoya fil-hidoya” nomli qo‘lyozma asari;
    • Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan yozilgan “Muqaddimai Zafarnoma” kitobining XV asrga oid dunyodagi ikkinchi nusxasi, qo‘lyozma;
    • Alisher Navoiyning to‘liq “Xamsa” dostoni va “Lison ut-tayr” asarlari ko‘chirilgan va tilla suvi yuritilgan XIX asrning birinchi yarmiga tegishli qo‘lyozmasi (muallifi noma’lum).
    “Kun.uz” materialida ushbu kitob va qo‘lyozmalar yo‘qolgani haqida xabar bergan xodim shaxsi oshkor etilmagan (ayni vaqtda, o‘sha manbaga asoslangan holda, “yo‘qolgan kitoblar yashirin yo‘llar bilan xorijga olib chiqib ketilgan bo‘lishi mumkin”ligi, “boisi bunday kitoblarning dunyo bozoridagi bahosi bir necha million dollargacha yetishi” ta’kidlangan).

    Muhammadbobur Yusupov.

    Muhammadbobur Yusupov.
    Kadr: “Zamon.uz”

    Ayni vaqtda “Zamon.uz” bu ma’lumotlar O‘zMU magistranti Muhammadbobur Yusupov tomonidan chiqarilganini bildirgan. U “Zamon.uz”ga bergan intervyusida muzey qayta ochilmayotgani yuzasidan izoh berilmayotgani, universitetdagi talabalar bu muzeyga kirib ko‘rishni xohlashini, uning o‘zi esa “mo‘jiza tufayli saqlanib qolgan” kitoblar topilishi tarafdori ekanini aytgan.

    Universitet bayonoti

    Internetdagi shov-shuvlardan so‘ng, Milliy universitet ma’muriyati 24-dekabr kuni jurnalistlarga “yo‘qolgan yoki sotib yuborilgan” deb aytilayotgan nodir kitoblarni ko‘rsatgan. “Zamon.uz” lavhasida esa magistrant Muhammadbobur Yusupov jurnalistlarga ko‘rsatilgan qo‘lyozmalar aynan mojaroga sabab bo‘lgan asarlar emasligini ta’kidlagan.

    O‘zMU rahbariyati yo‘qolgani asossiz ekanligini aytgan va ular tomonidan OAV vakillariga ko‘rsatilgan nodir kitoblar.

    O‘zMU rahbariyati yo‘qolgani asossiz ekanligini aytgan va ular tomonidan OAV vakillariga ko‘rsatilgan nodir kitoblar.
    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

    O‘z navbatida, O‘zMUning moliya va iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektori Valijon Yodgorovning so‘zlariga ko‘ra, magistrant Muhammadbobur Yusupov bunday shov-shuvli ma’lumot bilan birinchi marta chiqish qilayotgani yo‘q: “U oldin ham ‘Toshkentdan juda katta millionli boylik topildi’, deb to‘satdan axborot berib qolgan. Hozirgi holat ikkinchisi”.

    Mavzuga doir: Toshkentdan topilgan ulkan xazinaning yangi tafsilotlari e’lon qilindi (video)

    Universitet rektori Inomjon Majidov ham kitoblar yo‘qolgani haqida xulosa chiqarishga hali ertaligini ta’kidlab, magistrant Muhammadbobur Yusupovning bu sohada mutaxassis emasligiga alohida urg‘u berdi.

    “Muhammadbobur — ximik, u mutaxassis emas. Professor bo‘lganim bilan, men ham mutaxassis emasman. Ishchi guruh ishlasin, qo‘lyozmalar bilan ishlaydigan mutaxassisni jalb qilaylik. Hozir to‘liq bo‘lmagan ma’lumotga tayanib, u yerda nomer yo‘q ekan, bu yerda yetmayapti ekan, deyishga men ham ojizman. Menda savolga javob yo‘q, hali ish tugagani yo‘q-ku”, — dedi rektor Majidov.

    O‘zMU rahbariyati yo‘qolgani asossiz ekanligini aytgan va ular tomonidan OAV vakillariga ko‘rsatilgan nodir kitoblar

    O‘zMU rahbariyati yo‘qolgani asossiz ekanligini aytgan va ular tomonidan OAV vakillariga ko‘rsatilgan nodir kitoblar
    Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obirahmatov

    “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” informatsion dasturida ham, jumladan, shunday axborot berildi: “Bu kitoblar ijtimoiy tarmoqlarda yo‘qoldi deb taxmin qilinayotgan qo‘lyozmalar ekanligini izohlab beruvchi mutaxassisning fikrini so‘raganimizda, bu haqda sal keyinroq ma’lumot berishlarini bildirishdi”.

    Keyinroq, 25-dekabr kuni universitet axborot xizmati tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan bayonot berdi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:

    “Maqolada keltirilgan va ‘yo‘qolgan’ deb iddao qilingan ‘manbalar’ning borligi va o‘zi asl birinchi nusxa emas, balki qo‘lyozmaning ko‘chirma nusxalari bo‘lib, ayni vaqtda tadqiqotchilarning izlanish manbasi sifatida ochiq fondda saqlangan adabiyotlar ekanligi taklif etilgan mutaxassis ekspertlar tomonidan tasdiqlangani ma’lum qilindi.

    O‘zMU ilmiy jamoasi va professor-o‘qituvchilari bunday isbotlanmagan, tasdiqlanmagan, ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari yakunlanmagan oraliq mavzularni trendga chiqarilishi universitetning keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat e’tiboridagi nufuziga putur yetkazishi mumkin deb qabul qiladi. Shu bilan birga universitetga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblaydi”.

    Prokuratura munosabati

    Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, “Kun.uz”dagi material chiqishi bilan unda bayon qilingan tafsilotlar prokuratura tomonidan o‘rganib chiqilgan.

    “U yerda yozilgan holatlarni o‘rganish borasida bosh prokuratura tomonidan tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tuzildi. Xabarda ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha o‘rganish harakatlari olib borilmoqda. Mazkur o‘rganish shaxsan bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan”, — dedi Shamsutdinov “Zamon.uz”ga bergan intervyusida.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘rganish natijalari haqida OAV va keng jamoatchilikka qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.

    26.12.2021, 13:31   Izoh (0)   39178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahongir Ortiqxo‘jayev Qo‘yliq bozorini ko‘chirish zarurat ekanini aytgan Bektemir hokimini rag‘batlantirdi, o‘zini o‘zi mukofotlagan Sergeli hokimini esa jazoladi...

    26.12.2021, 13:10

    Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovoni qalin qor yog‘gani tufayli vaqtincha yopildi

    26.12.2021, 12:40

    O‘zbekistonda talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til boshlanish sanasi 28-dekabrdan 25-dekabrga surildi

    26.12.2021, 12:09

    Navoiyda 4 nafar egizak dunyoga keldi

    26.12.2021, 11:08

    O‘zbekistonda mis sanoatidan olinadigan daromad qanchani tashkil etishi ma’lum qilindi

    26.12.2021, 08:44

    O‘zbekiston 2021-yilning yanvar—noyabr oylarida xorijdan qariyb 174 mln dollarlik mobil telefon import qilgan

    26.12.2021, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya va Iordaniya G‘azo aholisiga yordam berish uchun “havo ko‘prigi” tashkil qiladi

    Dunyo | 28 iyul, 23:46

    Hindistonda bir yoshli bola qo‘liga o‘ralgan kobrani tishlab oldi

    Dunyo | 28 iyul, 23:35

    Mirabror Usmonov kubogi — 2025. O‘zbekiston U-23 hal qiluvchi bahsda Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 28 iyul, 23:21

    “Tramp ultimatum muddati tugaganidan so‘ng qanday harakat qilishi noma’lum” — The Guardian

    Dunyo | 28 iyul, 23:21

    Istanbuldan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti nosozlik sabab ortga qaytdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 23:09

    “Rossiya-Ukraina urushi allaqachon tugashi kerak” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 28 iyul, 23:00

    Mashhur bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:38

    Bu yil Andijon viloyati eksportini 1,5 mlrd dollarga yetkazish belgilangan. Reja bajariladimi?

    O‘zbekiston | 28 iyul, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.