Markaziy bank 27-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,02 so‘mga pastlab, 10 798,23 so‘mni tashkil qildi. Yevro 11,38 so‘mga ko‘tarilib, 12 246,27 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 41,33 so‘mga pastlab, 10 807,25 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyutaning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pastladi. Tijorat banklarida ham 24-dekabr kuni dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan qiymati pastladi.
Izoh (0)