• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gulnora Karimovaga Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan 70 mln dollarlik aktivlari qaytarib beriladi

    Davomi: Adliya vazirligi Gulnora Karimova kompaniyasi sud orqali qaytarib olishi mumkin bo‘lgan mablag‘larni tasarruf etolmasligini ma’lum qildi

    O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova benefitsiari bo‘lgan Takilant Ltd. kompaniyasi hozirda jinoiy tergov ostida bo‘lgan beshta Shveysariya bank hisob raqamidan ikkitasiga bog‘liqligi aniqlandi. Kompaniyadan musodara qilingan jami mablag‘ — 350 million dollardan ko‘proqni tashkil etdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: Facebook / @iman.k17

    Foto: Facebook / @iman.k17

    Swissinfo axborot agentligi Gulnora Karimovaning advokati Gregori Manjaga tayanib xabar berishicha, Shveysariyaning federal jinoyat sudi kompaniyaga tegishli 293 million dollardan ko‘proq mablag‘ni musodara qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

    Ta’kidlanishicha, sud ishida qatnashgan bir necha kishi, shu jumladan, Gulnora Karimova va uning yordamchisi “pul yuvishda” aybdor deb topilgani uchun ushbu mablag‘larning katta qismini musodara qilish kerak degan qarorga kelgan.

    Biroq taxminan 70 million dollar miqdoridagi mablag‘ Takilant kompaniyasiga qaytarib beriladi. Buning sababi, tergov jarayonida bir nechta kompaniyalar bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu aktivlar jinoyat natijasida olingani aniqlanmagan. Bu haqda 2021-yilning 22-dekabr kuni Federal jinoyat sudi e’lon qilgan bayonotda qayd etilgan.

    Sud qarori Shveysariya Federal prokuraturasi tomonidan 2012-yilda Gulnora Karimovaning shaxsiy yordamchisi va Rossiya telekommunikatsiya kompaniyasining o‘zbek filiali menejeriga qarshi “pul yuvish” ayblovlari bilan bog‘liq keng qamrovli tergov doirasida yana bir bobni yopgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Takilant Ltd. kompaniyasiga tegishli 350 million dollar muzlatilgan edi. 2020-yilga kelib, Shveysariyaning federal apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaning kompaniyasi qonuniy benefitsiari ekani to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqishi ma’lum qilindi. O‘shandan boshlab Karimovaning vakillari ushbu muzlatilgan aktivlarni qaytarib olishga harakat qilayotgandi. “Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba”, — degandi uning advokati Gregori Manja.

    2019-yil 18-martda Toshkent shahar sudi hukmi bilan Gulnora Karimovaga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo muddatini 2015-yil 21-avgustdan boshlab hisoblash belgilangan edi.

    2019-yil mart oyida AQSh Gulnora Karimova va “O‘zdunrobita”ning sobiq bosh direktori Behzod Ahmedovni korrupsiya va 865 million dollardan ko‘proq pulni “yuvgan”likda ayblagandi. 24-iyunda esa Shveysariya Bosh prokuraturasi Karimova ishi bo‘yicha muzlatilgan 130 million shveysar kronasi (133,7 million dollar) miqdoridagi mablag‘ni O‘zbekistonga qaytarishini ma’lum qilgandi.

    2020-yilning may oyiga kelib, Karimovaning 10 million dollarlik aktivi Fransiyadan qaytarilgan. Sentabrga kelib, Shveysariya hukumati musodara qilingan pul mablag‘larini O‘zbekistonga qaytarish shartlari bo‘yicha mamlakat hukumatlari kelishuvga erishganini ma’lum qildi. O‘shanda Karimovaning Shveysariyadagi hisoblaridan olingan 131 million dollarlik mablag‘ O‘zbekistonga qaytarilishi aytilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston ombudsmani Gulnora Karimovaning ahvolini ma’lum qildi
    • “Ayolmi, erkakmi, jinoyat qilsa, teng javob berishi kerak”. Tanzila Norboyeva Gulnora Karimovaning qamoqda o‘tirganiga “ayol sifatida” munosabat bildirdi

    24.12.2021, 11:49   Izoh (0)   40642
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Urgut kiyim-kechak bozoridagi 6 ta do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

    24.12.2021, 11:25

    O‘zbekistonda dam olish kuni yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin

    24.12.2021, 11:04

    Namanganda fuqaro janjal sababli “ZIL”da 46 yoshli erkakning qo‘lini bosib ketdi

    24.12.2021, 10:50

    Foto: Qoraqalpog‘istonda qor

    24.12.2021, 09:58

    SSV Toshkentda hamshiralarning Qizil yarim oy jamiyatiga “o‘z xohishi bilan” pul o‘tkazayotgani aytilgan xabarga munosabat bildirdi

    24.12.2021, 09:25

    O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ma’lum qilindi

    24.12.2021, 08:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.