Samandar Ostonov Bulung‘ur tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
22-dekabr kuni Bulung‘ur tumanida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi va unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, Bulung‘ur tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Bahodir Bahramov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.
Sessiyada deputatlar tomonidan Samandar Ostonov nomzodi Bulung‘ur tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Tayinlovga qadar Samandar Ostonov Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Avvalroq O‘ktam Barnoyevning ukasi Romitan tumani hokimi etib tayinlangani, Quvasoy shahriga yangi hokim tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)