Fransiyaning Hind okeanida joylashgan Reyunon orolida 22-dekabr, chorshanba kuni Piton-de- la-Furnez vulqoni otilishni boshladi. Bu haqda Piton-de-la-Furnez vulqonshunoslik observatoriyasiga tayanib, “Korrespondent. net” xabar berdi.
“Piton-de-la-Furnez vulqonining otilishi bugun, 22-dekabr kuni soat 03:30 atrofida (Toshkent vaqti bilan 04:30) boshlandi. Vulqonning janubiy yonbag‘rida kamida 3 ta lava yorig‘i ochildi”, — deyiladi mutaxassislar kommunikesida.
Orol hukumati Pa-de-Belkomb kuzatuv maydonchasiga kirishni, shuningdek, vulqon yaqinida samolyotlarning qo‘nishini vaqtincha taqiqladi.
Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni Kanar orollari tarkibiga kiruvchi Ispaniyaning Palma orolidagi Kambre-Vyexa vulqoni otilishni boshlagandi. O‘shanda yetti mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan, uch mingga yaqin bino vayron bo‘lgan. Vulqon 15-dekabrga kelibgina otilishdan to‘xtagan. 3 oy tinmagan vulqon orolni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirgan.
Izoh (0)