Shou-biznes vakillaridan kimlar parhez va sport yordamida ozishning uddasidan chiqqani haqida Grazia nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Adel
So‘nggi vaqtlarda ko‘rinishi avvalgidan keskin o‘zgargan xonanda Adel 45 kilo vazn yo‘qotishning uddasidan chiqqan. Bunday natijaga qanday erishgani haqida o‘zi indamasligiga qaramay, Goodies Exclusive nashri bunda unga fitnes-trener Kamila Gudis yordam berganini ma’lum qiladi.
Bergan intervyularida u ovqatlanish rejimiga rioya qilgani, shakarni maksimal kamaytirgani va sirtfud parhez yordam berganini ta’kidlagan. U — tartibga amal qilsa, sarvqomat bo‘lish mumkinligining yaqqol isboti.
Rene Zellveger
Ozishga uzoq vaqt harakat qilgan Rene “Brijit Jons kundaligi”da gavdalantirgan do‘mboq qahramon obrazidan chiqib ketish uchun ko‘p harakat qilgan. Roli sabab to‘plagan vaznidan qutulish uchun Rene asosan oqsildan iborat va murakkab uglevodlarni qisqartirishga asoslangan Atkins parheziga rioya qilgan.
Qolaversa, yugurishni kanda qilmagani va jismoniy faol ekani sabab o‘z maqsadiga erishgan. 2020-yilgi “Oltin globus” taqdirlash marosimida ko‘rinish berganidan keyin muxlislari uning haddan ortiq darajada ozib ketganiga amin bo‘lgan.
Kelli Osborn
Ozgi Osbornning qizi o‘smirlik davridayoq ortiqcha vazn to‘plagan, ammo bu uni moda olamida karyera qilgunicha aslo bezovta qilmagan. Dizayner sifatida ish boshlashi bilanoq o‘zini qo‘lga olgan Kelli 30 kilo vazn tashlashning uddasidan chiqqan. Bunga u ovqatlanishni o‘zgartirishi, zararli taomlarni kunning birinchi qismida iste’mol qilib, sabzavotlarni kanda qilmaslik orqali erishgan. Shuningdek, har kuni yarim soat davomida kardio-mashg‘ulotlar va yoga bilan shug‘ullangani ham yaxshi samara bergan.
Asabiylashish bilan bog‘liq holatlardan keyin yana birdaniga semirib ketishi mumkinligi sabab Kelli hozir ham vaznini doimiy ravishda nazorat qilib turishga harakat qiladi.
Kristina Agilera
Xonanda farzandli bo‘lgani, ajrashgani va otasining o‘limidan tashqari, karyerasi bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlik sabab 30 kilo vazn to‘plagan.
Keyinroq ortiqcha vazn nafaqat tashqi ko‘rinish, balki inson o‘zini qanday his qilishiga ham ta’sir qilishini tushunib yetgan Agilera parhez va yoga yordamida ozishning uddasidan chiqqan.
Xloi Kardashyan
Opa-singil Kardashyanlar orasida do‘mboqligi bilan ajralib turgan Xloi uzoq yillar davomida ozishga uringan, ammo bu borada mutaxassisga murojaat qilmay, o‘zboshimchalik qilishni afzal bilgan. Jarayon cho‘zilgani va natija bo‘lmaganidan keyin fitnes-trener va parhezshunos yollashga qaror qilgan.
Kardashyan sahar 5 da uyg‘onib, och qoringa mashg‘ulot qilgan. Soat 8 dan ertaroq nonushta qilmagan yulduz kun davomida 6 litr suv ichgan va uglevodlarni kamroq yeyishga harakat qilgan. Natijada 2020-yilga kelib 20 kilo vazn yo‘qotishning uddasidan chiqqan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)