Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoq, xususan Facebook foydalanuvchisi Javlon Jovliyev 2021-yilning 20-dekabr kuni jamoatchilikka video ulashib, Qamashi tumanidagi Sarto‘ldi qishlog‘ida joylashgan maktab filiali ahvolini ko‘rsatdi. Videoga izoh bergan muallif “maktablarning bunday ahvoldaligi millat fojiasidir”, deya izoh qoldirdi. Qamashi tumani hokimi 21-dekabr kuni ushbu maktab filialiga bordi.

Foto: Qamashi tumani hokimligi

Foto: Qamashi tumani hokimligi

“21-dekabr Qamashi tumani hokimi Sarto‘ldi qishlog‘idagi ushbu maktab filialiga bordi. Qishloq aholisi bilan suhbatlashdi. Aholining muammolariga quloq tutdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qishloqda 37 ta xonadon mavjud. Qishloqda 41 nafar bola maktab yoshida. Ularning aksariyati 15-maktabning asosiy binosida tahsil oladi. Faqatgina to‘rt nafar bola maktab filialida ta’lim olib kelmoqda. Tarqalgan videoda esa bolalar soni 11 nafarni tashkil qilgan”, — deyiladi tuman hokimining filialga borgani haqida xabar bergan Qamashi tumani hokimligi axborot xizmati munosabatida.

Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Nurbek Rasulov vaziyat bo‘rttirib ko‘rsatilganini aytmoqda.

“Aslida, to‘rt nafar o‘quvchisi bo‘lgan filialga 11 nafar o‘quvchini kiritib, yakshanba kuni ‘syomka’ qilishgan. To‘g‘ri, muammo bor, ammo uni bundayin bo‘rttirib ko‘rsatib, jamoatchilikni chalg‘itish yaxshimas”, — dedi Nurbek Rasulov.

Foto: Qamashi tumani hokimligi

Foto: Qamashi tumani hokimligi

Qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Qamashi tuman hokimligi, tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘rganish olib borilgan.

“Mas’ullar axborotiga ko‘ra, filial maktabda jami to‘rt nafar (2-sinfda 1 nafar, 3-sinfda 1 nafar, 4-sinfda 2 nafar) o‘quvchi ta’lim-tarbiya oladi. Filial maktab komplekt-sinf ko‘rinishida shakllantirilgan. ‘Rabod’ MFY Sarto‘ldi qishlog‘ida joylashgan 15-sonli filial maktabning asosiy binosidan 12 kilometr uzoqlikda joylashgan”, — deydi mas’ul.

Qo‘shimcha qilinishicha, filial sifatida foydalanib kelingan bino yaroqsiz deb topilib, yopilgan.

“Ushbu holat o‘rganildi va maktab filiali binosi foydalanishga yaroqsiz deb topilib, bugundan yopildi. To‘rt nafar bolaning asosiy maktabda o‘qishi uchun tuman hokimligi hisobidan avtomobil qatnovi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Shuningdek, aholining demografik o‘sishini hisobga olib, 2023-yilda ushbu hududda 60 o‘rinli maktab qurilishi uchun investitsiya dasturiga taklif kiritilishi ma’lum qilindi”, — dedi Nurbek Rasulov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi