Malayziyada yirik suv toshqinlari oqibatida 25 mingdan ortiq odam uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Bernama agentligi xabar berdi.
Mahalliy hokimiyat suv bosgan hududlardan aholini evakuatsiya qilish uchun 66 mingdan ortiq politsiya xodimlari, armiya va o‘t o‘chiruvchilarni jalb qilgan.
Toshqinlarda mamlakatning Selangor shtati eng ko‘p zarar ko‘rgan, ushbu hududdan 15 ming kishi 100 dan ortiq yordam markazlariga evakuatsiya qilingan.
Tabiiy ofat tufayli o‘nlab avtomobil yo‘llari yopildi, quruqlikdagi qatnovlar to‘xtatildi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Braziliya shimoli-sharqida kuchli yomg‘ir suv toshqinlarini keltirib chiqargandi. Oqibatda minglab odamlar vaqtinchalik boshpana izlashga majbur bo‘lgan, kamida yetti kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Dekabr boshida Avstraliyaning Kvinslend shtatini suv bosib, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgandi, mingga yaqin kishi uylarini tashlab ketgan.
Izoh (0)