• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chilonzordagi “Shovotlandiya” kafesini yoqib yuborgan ikki shaxs umrbod ozodlikdan mahrum etildi

    Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Shovotlandiya” kafesida 27-fevral o‘t qo‘yilgan, buning oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi. Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etgan shaxs shu kunning o‘zidayoq ushlangan. “Gazeta.uz” manbasining ma’lum qilishicha, 21 dekabr kuni mazkur jinoyat yuzasidan sud hukmi o‘qilgan.

    Voqea qanday sodir bo‘lgandi?

    Sud hujjatlariga ko‘ra, 36 yoshli sudlanuvchi ilgari bir necha uyushgan jinoiy guruhlar mavjud bo‘lgan qurolli jinoiy uyushmani boshqargan va “avtoritet” degan nom chiqargan. Sodir etgan jinoyatlari uchun jazo o‘tash vaqtida 26 yoshli sudlanuvchi bilan tanishib qolgan. Shu orada 26 yoshli sudlanuvchi tomonidan o‘zini “boss” sifatida qabul qilinishiga erishgan.

    26 yoshli sudlanuvchi qamoqdan chiqqach, 36 yoshli sudlanuvchi uni o‘zi ishlab kelayotgan Zangiota tumani “Eshonguzar” qo‘rg‘onidagi choyxonaga ishga olgan va uni o‘ziga moliyaviy jihatdan tobe qilib qo‘ygan. Oqibatda esa har qanday, xususan, jinoiy topshiriqlarni bajartirib kelgan.

    Qayd etilishicha, kafening egasi telefon orqali 36 yoshli sudlanuvchidan yordam so‘rab, “Eddi” laqabli shaxs uning qarindoshidan pulini bo‘lib-bo‘lib berish sharti bilan 5 dona iPhone 11 Pro telefonini olib, muayyan miqdordagi pullarni to‘lagani va qolgan 4000 dollarni bermay yurganini aytgan. U esa “Eddi” bilan bog‘lanib, unga pullarni berishini tayinlagan hamda yordam so‘ragan shaxsdan buning evaziga 1500 dollarlik iPhone olib berishini aytgan.

    Kafe egasi rad etgach, sudlanuvchi uni o‘zining choyxonasiga chaqirib, haqoratlaydi. Bunga javoban o‘zini xo‘rlangan deb hisoblagan shaxs “Shovotlandiya” kafesidagi o‘zining ofisiga sudlanuvchini chaqiradi. Ikki o‘rtada o‘zaro mojaro yuzaga keladi va kafe egasi xonadan chiqib ketadi. Tashqarida uni kutib turgan tanishlari esa sudlanuvchi va uning 2 nafar sherigi xonadaligini bilib turib, eshik va oynalarga tosh otadi.

    36 yoshli sudlanuvchi va uning sheriklari voqea joyidan qochishga erishib, o‘zining choyxonasiga boradi va 26 yoshli sudlanuvchiga bo‘lgan voqealarni aytib, qasd olish rejasini tuzadi. Unga ko‘ra, “Shovotlandiya” egasi ofisda tunab qolgan vaqtda kafega o‘t qo‘yishga kelishib olishadi.

    Sud hujjatlariga muvofiq, 36 yoshli sudlanuvchi o‘ziga “ishonchli alibi” shakllantirish uchun o‘zi doimiy yashagan xonadonda qoladi. 26 yoshli sudlanuvchi esa yarim tunda taksida kafega boradi va “Molotov kokteyli”ni tayyorlab, ularni kafening tez yonuvchi qismlariga uloqtiradi. Shundan so‘ng voqea joyidan yashirinadi.

    Sud ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida “Shovotlandiya” kafesining 644 million 799 ming 538 so‘mlik binosi hamda undagi 420,4 million so‘mlik oshxona jihozlari to‘liq yongan. Sud-tibbiy ekspertizasining xulosalariga ko‘ra, bino ichida uxlab yotgan ikki nafar ayol (1960-yilda tug‘ilgan), ikki nafar yigit (1998-yilda tug‘ilgan) va bir nafar qiz (1999-yilda tug‘ilgan) is gazidan zaharlanish fonida tananing 100 foiz 3—4-darajali termik kuyishi oqibatida vafot etgan.

    Yong‘inga sababchi sifatida gumon qilingan fuqaro (1985-yilda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining a, v, d, j, p bandlari (qasddan odam o‘ldirish), 165-moddasining 1-qismi (tovlamachilik), 173-moddasi 2-qismining b, v bandlarida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.

    Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 4-qismi tartibida tayinlangan yengilroq jazolarni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplash orqali uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Shuningdek, yana bir sudlanuvchi (1995-yilda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining a, v, d, j, p bandlari (qasddan odam o‘ldirish), 173-moddasi 2-qismining b, v bandlarida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Jinoyat kodeksi 59-moddasining 4-qismi tartibida tayinlangan yengilroq jazolarni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplash orqali uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Shuningdek, unga (1985-yilda tug‘ilgan fuqaroga — tah.) JIB Yakkasaroy tuman sudining 2014-yil 11-iyuldagi hukmi bilan tayinlangan jazoning o‘talmagan muddati qo‘shilib, yengilroq jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan qoplash orqali uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Sud hukmi e’lon qilingan kundan 20 kun o‘tib kuchga kiradi.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentdagi Evos kafesida yong‘in yuz berdi
    • Samarqandda oshxonada gaz balloni portlashi oqibatida 10 kishi jarohatlandi
    • Yunusoboddagi kafelarning birida yong‘in chiqdi (video)

    21.12.2021, 23:47   Izoh (0)   53949
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda 250 mlrd so‘mga 700 metr uzunlikdagi ko‘prik quriladi

    21.12.2021, 23:29

    O‘zbekistonda noyabr eng ko‘p benzin ishlab chiqarilgan oylardan biri bo‘ldi

    21.12.2021, 23:14

    Farg‘onada xizmat mashinasida yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi

    21.12.2021, 23:09

    Qashqadaryoda qum bo‘roni sabab 6 ta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    21.12.2021, 22:28

    “Yonayotgan ikki ayolga yordam berdim, keyin kuygan bir qizcha dodlab chopib keldi”. Samarqanddagi oshxonada yuz bergan portlash guvohlari bilan suhbat

    21.12.2021, 21:43

    Qashqadaryo hokimi mahallasida ajrim kuzatilmagan raislarga 10 mln so‘m mukofot berib, eng yaxshi sihatgohlarga yuborishni va’da qildi

    21.12.2021, 21:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.