Hukumat qarori bilan Sobirjon Oripov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasining direktori etib tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabrida Shavkat Mirziyoyevning “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy tog‘-chang‘i kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingandi. O‘zbekiston prezidentining 2021-yil 6-apreldagi tegishli farmoni bilan esa mazkur zona tashkil etilgan. Farmonga ko‘ra, “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi, “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi hamda turistik zona hududida “Suffa platosi. 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasi tashkil etgan edi.
Izoh (0)