Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2021-yil 22-noyabr kuni “Soyuzmultfilm” kinostudiyasi “Senimi, shoshmay tur! Ta’til” multfilmining treylerini taqdim etgandi.  2021-yil 17-dekabr kuni animatsion serialning premyerasi bo‘lib o‘tdi. “Lunapark” deb nomlangan debyut Rossiyaning yirik shaharlaridagi 79 ta ko‘cha mediaekranlarida namoyish etildi.

Foto: Lisa

Foto: Lisa

Animatsion film Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi, Yekaterinburg, Tyumen, Volgograd, Samara, Nijniy Novgorod, Novosibirsk va Chelyabinskda taqdim etildi. Epizodning davomiyligi taxminan 7 daqiqani tashkil etadi.

“Oradan o‘nlab yillar o‘tib, afsonaviy qahramonlar zamonaviy yosh avlodga o‘zlarining betakror hazili, uddaburonligi va topqirligini taqdim etish uchun ekranlarga qaytmoqda. Yangi ‘Senimi, shoshmay tur! Ta’til’ o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik, shuningdek, butun oila bilan ekran qarshisiga yig‘ilish uchun ajoyib imkoniyatdir”, – deydi “Soyuzmultfilm” matbuot xizmati.

https://www.instagram.com/p/CXlEq4PsL2n/?utm_source=ig_embed&ig_rid=9c318c6b-b413-4397-92d6-33eeaf248a02

Tomoshabinlar multfilmning birinchi epizodida Bo‘ri va Quyondan tashqari boshqa qahramonlarni ham ko‘radi. Animatsion filmda kiyik Ulya, bo‘rsiq Tim, tipratikan Shu kabi qahramonlar ishtirok etadi. Bundan tashqari, ijodkorlar epizodga sevgi chizig‘ini qo‘shgan: butun epizod davomida Bo‘ri kiyik Ulyaning e’tiborini qozonishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yangi versiyadagi multfilmining to‘rtta qismi —“Lunapark”, “Chamadonda”, “Tezroq, balandroq, kuchliroq” va “Sohil” Okko onlayn kinoteatri saytida, 2021-yil 20-dekabrdan “Mult” hamda “Karusel” kanallarida namoyish etiladi. “Soyuzmultfilm” vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayni damda “Senimi, shoshmay tur! Ta’til”ning 52 ta qismini chiqarish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda