• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandni bayramona yoritish uchun 250 mln so‘m, Jizzaxni bezatishga 100 mln. O‘zbekiston shahar va tumanlarining Yangi yilga tayyorgarligi qanchaga tushmoqda?

    Dunyoning aksariyat mamlakatlari qatori O‘zbekiston ham dekabrning ikkinchi yarmida bayramona ko‘rinishga kiradi. Shaharlar va boshqa aholi punktlarida Yangi yil bayramining bosh atributi — bayram archalari paydo bo‘ladi, maydonlar tantanavor bezatiladi. “E-qaror” tizimi ishga tushib, mahalliy hokimiyat organlarining (qariyb barcha) qarorlarini onlaynda ko‘rish imkoniyati paydo bo‘lgach, hududlarda eski yilni kuzatib, yangi yilni kutib olish uchun qancha mablag‘ va kuch-vositalar sarf qilinayotganini ko‘rish mumkin bo‘ldi. “Daryo” shu yo‘nalishdagi qarorlarni o‘rganib chiqdi.

    Jizzax shahrini bayramona bezatish uchun 100 million, to‘rt tumanga esa jami 223 million

    Jizzax viloyati hokimining 11-dekabrdagi farmoyishiga asosan, viloyat moliya bosh boshqarmasiga viloyat budjetining daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan Jizzax shahar hokimligi ma’muriy binosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 1 milliard so‘m, 2022-yil kirib kelishi munosabati bilan shahar hududida archalar o‘rnatish va bezash ishlarini amalga oshirish uchun 100 million so‘m — jami 1,1 milliard so‘m mablag‘ni Jizzax shahar mahalliy budjetiga o‘tkazib berish vazifasi topshirilgan.

    Jizzax shahridagi bayram arhasi.

    Jizzax shahridagi bayram arhasi.
    Foto: Jizzax shahar hokimligi

    Ayni vaqtda, Jizzax shahar hokimining 16-dekabrdagi farmoyishiga ko‘ra, shahar moliya bo‘limiga shahardagi Mustaqillik maydoniga o‘rnatiladigan markaziy Yangi yil archasi va Sharof Rashidov shoh ko‘chasini xamda shaharning gavjum joylarini bayromona bezash maksadida shahar mahalliy byudjetining daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi xisobidan 91,7 million so‘m mablag‘ni shahar obodonlashtirish boshqarmasiga ajratish vazifasi yuklatilgan.

    Mavzuga doir: Jizzax viloyati hokimining qiziga tegishli kompaniya ko‘chalarga gul ekish bo‘yicha 1,9 mlrd so‘mlik yana bir tenderni yutib olgani ma’lum bo‘ldi

    Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumani hokimining 15-dekabrdagi farmoyishiga binoan, tuman moliya bo‘limiga Yangi yil bayramini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va sovg‘alar olish maqsadida tuman mahalliy budjetining 2021-yil uchinchi chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan tuman hokimligiga 15 million so‘m va tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga 15 million so‘m — jami 30 million so‘m mablag‘ ajratish vazifasi yuklatilgan.

    Xalq deputatlari Arnasoy tumani kengashining qaroriga ko‘ra, tuman hokimligi moliya bo‘limiga tumanda Prezident archasini bezash va Yangi yil bayram tadbirini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun tuman mahalliy byudjetining 2021-yil uchinchi chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 30 million so‘m va viloyat byudjetidan olingan ssuda hisobidan 50 million so‘m — jami 80 million so‘m mablag‘ tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga ajratilgan.

    Xalq deputatlari G‘allaorol tumani kengashi qaroriga muvofiq, tuman Madaniyat bo‘limiga Yangi yil bayrami dasturi va tadbirlarini ishlab chiqish hamda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun tuman mahalliy byudjetining 2021-yil birinchi va uchinchi chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 50 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

    Zafarobod tuman kengashi Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish hamda bayram dasturxoni tashkil etish uchun 60 million so‘mni tuman hokimligiga, qorbobo va qorqiz kiyimlarini xarid qilish uchun 3 million so‘mni esa tuman hokimligining Madaniyat bo‘limiga ajratish haqida qaror chiqargan. Mazkur mablag‘lar tuman mahalliy byudjeti daromadlar rejasining 2021-yil uchinchi chorakda orttirib bajarilgan qismi hisobidan ajratilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Andijonda ham archa o‘rnatiladi, lekin qanchaga tushadi — ma’lum emas

    Andijon viloyati hokimining 16-dekabrdagi farmoyishida viloyatda o‘rnatiladigan archa uchun ajratiladigan mablag‘lar borasida ma’lumot ko‘rsatilmagan. Farmoyishda jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish borasida mas’ullarga topshiriqlar berilgan.

    Foto: Andijon viloyati hokimligi

    Shuningdek, viloyat teleradiokompaniyasi, “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari tahririyatiga yangi 2022-yil va Prezident archasi tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida jamoat tartibi hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha aholi hushyorligini oshirishga qaratilgan ko‘rsatuvlar va maqolalar chop etilishini tashkil etish tavsiya etilgan.

    Viloyatning Baliqchi tumani hokimining farmoyishida tumandagi “Markaz” mahallasi hududiga Yangi yil archasi o‘rnatilishiga ruxsat berilishi ma’lum qilingan.

    Namanganda ham Andijondagi kabi holat

    Namangan shahar hokimining 11-dekabrdagi qaroriga asosan, Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhga Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Zahiriddin Muhammad Bobur” bog‘i, “Afsonalari vodiysi”, viloyat madaniyat markazi oldidagi maydonga 15-dekabr kuniga qadar bayram archasini o‘rnatish va bu joylarni bayramona bezash ishlarini amalga oshirish topshirilgan.

    Shuningdek, pandemiya sharoitidan kelib chikib kelishilgan holda 2021-yil 17-dekabrdan 2022-yil 9-yanvarga qadar har kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha hamda 15:00 dan 23:00 gacha “Bobur”, “Afsonalari vodiysi”, viloyat madaniyat markazi oldidagi maydonga o‘rnatilgan archalar atrofida “Yangi yil” shou-dasturlarini o‘tkazish, ularda taniqli san’atkorlarning chiqishlarini ta’minlash belgilangan.

    Bundan tashqari, shahar hokimligining axborot xizmati hamda “Namangan sadosi” gazetasi bosh muxarririga Yangi yil bayramini OAVda keng yoritilishini tashkil etish tavsiya qilingan.

    Farg‘onaning ikki tumanida bayramni tashkillashtirish uchun 86,7 million so‘m ajratildi

    Buvayda tumani hokimining farmoyishi bilan hokimlikning 10-dekabrdagi tumanda Prezident archasi tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilishi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida mahalliy budjetning 2021-yil birinchi chorak daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan 80 million so‘m ajratilgan.

    Bag‘dod tumani hokimining 16-dekabrdagi farmoyishiga binoan, tuman hokimi o‘rinbosarining 14-dekabr kungi bildirishini ijrosini ta’minlash maqsadida tuman markaziga o‘rnatilgan Yangi yil archasi atrofiga bannerlar tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun tuman mahalliy budjetining 2021-yil daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan 6,7 million so‘m tuman Madaniyat bo‘limiga ajratilgan.

    Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimida viloyat markazi — Farg‘ona shahrida o‘rnatiladigan archa haqida ma’lumot yo‘q.

    Samarqand shahri ko‘chalarini bezash uchun 250 million so‘m

    Samarqand shahar hokimining 29-noyabrdagi farmoyishiga asosan, shahar hokimligiga boshqarma va tashkilotlardan, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, shuningdek, shaharda bir qator ijtimoiy va iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish maqsadida shahar mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, xususan, bayram bilan bog‘liq tadbirlar uchun 298,6 million so‘m ajratilgan.

    Mavzuga doir: Samarqandda Yangi yil archasi uchun tabiiy archalarni kesganlar jarimaga tortildi

    Farmoyish ilovasida Yangi yil bayramini munosib kutib olish uchun shahar markaziy ko‘chalarini bayramona illyuminatsiya bezaklari bilan bezatish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 250 million so‘m ajratilgani ko‘rsatib o‘tilgan.

    Qashqadaryo viloyatining uch tumanida archa o‘rnatish uchun jami 110 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratilgan

    Qarshi shahrida 36 metrlik Yangi yil archasini o‘rnatish, archa va uning atrofini bezatish ishlari davom etmoqda. 2021-yil, 17-dekabr.

    Qarshi shahrida 36 metrlik Yangi yil archasini o‘rnatish, archa va uning atrofini bezatish ishlari davom etmoqda. 2021-yil, 17-dekabr.
    Foto: Qarshi shahar hokimligi

    Xalq deputatlari Kitob tumani kengashining qarori bilan tuman obodonlashtirish boshqarmasiga uning balansidagi UAZ Patriot xizmat avtomashinasi ta’mirlash va shina sotib olish hamda Yangi yil bayrami munosabati bilan Prezident archasini bezash xarajatlariga 39 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Qarorda ta’kidlanishicha, bu pul tuman mahalliy budjetining 2021-yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

    Chiroqchi tumani hokimining 13-dekabrdagi qarorida tuman moliya bo‘limiga Qashqadaryo viloyat mahalliy budjetining 2021-yil 3-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan tuman markazida o‘rnatilayotgan Yangi yil archasini bezash bilan bog‘liq xarjatlar uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hisob-raqamiga 72,4 million so‘m mablag‘ ajratilishini ta’minlash haqida topshiriq berilgan.

    Kasbi tumani hokiming qarori bilan, Yangi yil archasi o‘rnatish xarajatlari uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga 40 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

    Xorazm viloyati va Hazorasp tumanida 31-dekabrga qadar “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkaziladi

    Xorazm viloyati hokimining 4-dekabrdagi “Viloyat hududida ‘Xavfsiz hudud’ profilaktik tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 31-dekabrga qadar viloyatda “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilishi aytilgan. Shuningdek, viloyatning mas’ul shaxslariga vazifa va topshiriqlar berilgan.

    Hazorasp tumani hokimining 17-dekabrdagi qarorida viloyat hokimining rahbarlik va ijro uchun qabul qilingan. Mazkur qarorda ham Yangi yil kechasiga qadar tumanda “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilishi aytilgan.

    Ohangaronda “bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida” 160 million so‘m ajratilgan

    Ohangaron tumani hokimining 10-dekabrdagi farmoyishiga asosan, tumanda yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida, Yangi yil archasi va sahna bezaklari o‘rnatish xarajatlari uchun 160 million so‘m mablag‘ tuman hokimligiga ajratilgan. Mazkur mablag‘ning 43 milllioni ikkinchi chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismidan, 117 millioni esa ilovaga asosan mahalliy byudjetga tiklangan mablag‘lar hisobidan ajratilgani aytilgan.

    Chirchiq shahri hokimining 13-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, shaharda 10-dekabrdan 2022-yilning 5-yanvar sanasiga qadar shahar “Kimyogarlar” madaniyat saroyi xovlisida bayram archasi o‘rnatiladi hamda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Qarorda aytilishicha, shu muddatda Madaniyat ko‘chasining “Kimyogarlar” madaniyat saroyi joylashgan hududida sutka davomida avtomobillar harakati to‘xtatiladi.

    Qarorda bayram archasini o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilmagan,

    Angor tumanida dekabrda “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbiri o‘tkaziladi

    Surxondaryo viloyati, Angor tumani hokimining 16-dekabr kungi farmoyishiga ko‘ra, “Prezident archasi” va “Yangi yil” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikning oldini olish, favqulodda holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan “Xavfsiz hudud” tadbirini o‘tkazish maqsadida 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar tumanda “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbiri o‘tkaziladi.

    Shuningdek, qarorda tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari va boshqa mas’ullarga topshiriqlar berilgan.

    20.12.2021, 15:20   Izoh (0)   28687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga qadar bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    20.12.2021, 15:07

    “Bu holat meni tashvishga soldi”. Qashqadaryo hokimi Qarshidagi xaroba yotoqxona haqida gapirdi

    20.12.2021, 14:43

    XTV maktablarda Yangi yil bayrami o‘tkazilmasligi haqida o‘zi tarqatgan rasmiy axborotga raddiya berdi

    20.12.2021, 14:17

    “Hali forumimiz tugagani yo‘q, davom etyapti” — Jahongir Ortiqxo‘jayev forumlarga budjetdan qancha mablag‘ ajratilgani va TikTok bloklanishi haqida

    20.12.2021, 13:57

    “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    20.12.2021, 13:11

    “Toshshahartransxizmat” Mercedes avtobusida nima sababdan yong‘in chiqqanini ma’lum qildi

    20.12.2021, 12:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.