• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jizzax viloyati Kengashi deputatlariga majlisda viloyat hokimiga savol berish taqiqlandi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining 20-dekabr kuniga belgilangan sessiyasida viloyat hokimi Ergash Soliyevning murojaatnoma yo‘llashi (ayni vaqtda bo‘lib o‘tmoqda) va unda deputatlardan hokimiga savol bermaslik talab qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining 24 sessiyasi, 2021-yil may

    Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining 24 sessiyasi, 2021-yil may
    Foto: Jizzax viloyati hokimligi

    Ta’kidlanishicha, shahar va tuman kengashlarining deputatlari, doimiy komissiyalar raislari va kotibiyatlar rahbalari rasmiy formada (oq ko‘ylak, qora shim, galstuk, deputatlik nishoni, guvohnomada) tashrif buyurishi kerak.

    Shuningdek, viloyatdagi kengashlar kotibiyatlari mudirlariga yo‘llangan xatda sessiyaga telefon bilan qo‘yilmasligi haqida ogohlantirilgani aytilmoqda. Bundan tashqari, majlis ishtirokchilari zalda soat 09:00 da bo‘lishi, ro‘yxatdan o‘tishi va belgilangan joyini 09:30 da egallashi kerak. Sessiyada savollar berilmaydi.

    Ergash Soliyev

    Ergash Soliyev
    Foto: Jizzax viloyati hokimligi

    “Agar sessiya kun tartibi bo‘yicha intervyu beradiganlar bo‘lsa, viloyat hokimi murojaatidan kelib chiqish lozim hamda sessiya bo‘lib o‘tayotgan jarayonda savollar berilmaydi”, — deyilgan xatda.

    Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning yozishicha, unga jizzaxlik deputatlar “sessiyasda mazkur cheklovlarga talablar viloyat kengashi kotibiyati mudirining tashabbusi bilan qilinganini” aytgan.

    “Ya’ni kotibiyat mudiri bo‘lgan deputatning o‘zi deputatlarga cheklov o‘rnatmoqchi”, — deya fikr bildirgan deputat.

    U, shuningdek, deputat — xalq vakili ekanligi, u xalq nomidan har qanday mansabdor shaxsga va umuman har qanday oddiy fuqaro ham hokimga savol berishga huquqi borligini eslatib o‘tgan.

    “Jizzax huquqiy maqomiga ko‘ra qanday hudud? Bilishimizcha, u hamon O‘zbekiston takibidagi bitta viloyat. Deputatda mol-mulkiga nisbatan ham daxlsizlik huquqi mavjudligi sababli, sessiyaga shaxsiy telefonlari bilan kiritmaslik bo‘yicha cheklov o‘rnatilishi ham g‘ayriqonuniy”, — deb yozadi Kusherbayev.

    U Jizzax ham Konstitutsiyasi bor O‘zbekistonning bir qismidagi hudud sifatida O‘zbekiston qonunlariga amal qilishi va hokimi deputatlarning savollariga javob berishiga umid bildirgan.

    Kotibiyatning munosabati

    Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining 23 sessiyasi, 2021-yil may.

    Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining 23 sessiyasi, 2021-yil may.
    Foto: Jizzax viloyati hokimligi

    Jizzax viloyati hokimiyati matbuot xizmati viloyat Kengashi kotibiyatining munosabatini e’lon qildi.

    Ta’kidlanishicha, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining reglamentiga asosan, deputatlar deputatlik odobi va talablaridan kelib chiqqan holda o‘tkaziladigan sessiyalarga rasmiy kiyimda kelishi kerak bo‘ladi.

    Ssessiya yig‘ilishi viloyat televideniyasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritilishini inobatga olgan holda sessiya yig‘ilishiga xalaqit bermaslik maqsadida telefon ovossiz holatga keltirish tavsiya etilgan. Ayrim tumanlarning uzoqligi sababli reglamentga asosan, deputatlarning sessiya yig‘ilishiga kechikib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eslatilgan”, — deyiladi munosbatda.

    Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari reglamentining 61-moddasiga asosan, viloyat hokimi har yili viloyat Kengashiga hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etishi belgilangan.

    “Ushbu sessiya kun tartibiga kiritilgan (viloyat hokimining) murojaatnomasi barcha deputatlar ishtirokida doimiy komissiyalar yig‘ilishida batafsil muhokama etilgan hamda sessiyadan keyin ochiq tarzda matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan va deputatlar matbuot anjumaniga taklif etilgan”, — deya qayd etiladi xabarda.

    Matbuot anjumanida OAV vakillari hamda deputatlar tomonidan savol-javoblar o‘tkazilishi belgilangani ham qo‘shimcha qilingan.

    “Deputat — maktab o‘quvchisi emas”

    Rasul Kushebayevning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlardan so‘ng, deputatlarga telefon olib kirishga ruxsat berilgan, biroq “ovozsiz rejimni” yoqib qo‘yish talab etilgan. Shu bilan birga u “rasmiy kiyim” borasidagi talabga tushunmaganini ta’kidlagan.

    “Chunki o‘zim ham ‘rasmiy kiyim’ nima ekanini bilmayman. Qonunchilikda buning tushunchasi yo‘q afsuski: yevropacha kostyummi, qora ko‘ylakmi yoki milliy choponmi haliyam noma’lum”, — deydi u.

    Deputat, shuningdek, deputatlarga maktab o‘quvchisidek muomalada bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini eslatib o‘tgan.

    “Faqat bir narsani esdan chiqarmaslik kerak: deputat maktab bolasi emas, u minglab odamlar tomonidan saylangan, mustaqil shaxs. Oq ko‘ylakda kel, telefonni o‘chirib kel, savolsiz kel, kabi gaplar maktab bolasiga aytiladi. O‘zi ‘Kengash raisi masalasi’ hal bo‘lmaguncha mahalliy deputatlar ishida o‘nglanish bo‘lmasligi ko‘rinib turibdi”, — deb yozadi Rasul Kusherbayev.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 15-sentabrida prezident “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagandi. Ular xalq deputatlari Kengashlari faoliyatiga tashkiliy-texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Oldinlari bu bilan hokimliklar apparati shug‘ullangan bo‘lib, bu hokimiyatlarning bo‘linishi tamoyiliga zid edi. Senat raisi Tanzila Norboyeva deputatlar uzoq yillar davomida alohida kotibiyatning tashkil etilishi to‘g‘risida orzu qilganlarini ta‘kidlab o‘tgandi.

    20.12.2021, 12:40   Izoh (0)   27040
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Zomin” turistik zonasi direksiyasiga direktor tayinlandi

    20.12.2021, 12:19

    O‘zbekistonda 21-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

    20.12.2021, 11:43

    O‘zbekiston maktablarida Yangi yil bayramini o‘tkazish taqiqlandi — XTV

    20.12.2021, 11:28

    “O‘zgidromet” 21-dekabr kuni ayrim hududlarda kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi

    20.12.2021, 10:48

    Toshkentda bir hafta ichida ikkinchi Mercedes avtobusida yong‘in chiqdi

    20.12.2021, 10:23

    Kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng Namangan shahar ko‘chalarini suv bosdi (video)

    20.12.2021, 09:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.