• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Oyliklar O‘zbekistondagidek bo‘lib qoldi”. Liraning qadrsizlanishi Turkiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlarning hayotiga qanchalik ta’sir qilmoqda?

    Turkiya lirasining dollarga nisbatan kursi rekord darajada pasayishda davom etmoqda. Noyabr oyida turk valyutasi o‘z qiymatining qariyb 40 foizini yo‘qotdi, yil boshidan beri esa ikki baravardan ortiq qadrsizlandi.

    Liraning tarixiy minimumga qadar tushib ketishi ortidan 23-noyabr kuni yirik shaharlarda yuzlab odamlar ko‘chalarga chiqib, prezidentning iste’fosini talab qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa fuqarolarni sabrli bo‘lishga va hukumatning yangi iqtisodiy modeliga ishonishga chaqirdi, tovarlar narxining oshishidan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan shaxslarga rahm-shafqat qilmasligini aytdi. Biroq vaziyat kundan kunga yomonlashib, mahsulotlarning narxi va dollar kursi oshib boryapti.

    2021-yil davomida turk lirasiga nisbatan dollar kursining o‘zgarishi infografikasi.

    2021-yil davomida turk lirasiga nisbatan dollar kursining o‘zgarishi infografikasi.
    Skrin: “Xe.com”

    Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar dollarning ko‘tarilishi ularning hayotiga qay darajada ta’sir qilgani haqida “Daryo”ga so‘zlab berdi.

    Muhojirlar bilan suhbat 15-dekabrda bo‘lib o‘tgan. O‘sha kuni kechga borib dollar kursi 15 liraga yetgandi.

     

    Foto: “Daryo”

    Ismini oshkor qilmagan ayol, 31 yoshda. Buxoro viloyatidan.

    Dollarning ko‘tarilib ketishi bizga katta zarba bo‘ldi.

    Hamshiraman. Ikki yil oldin uy olish maqsadida Turkiyaga ishlashga kelgandim. Bu yerda xonadonda bir kasal ayolga qarayman.

    Dollarning ko‘tarilib ketishi nafaqat menga, balki butun musofirlar uchun katta zarba bo‘ldi. Bunchalik bo‘ladi deb o‘ylamagandik. Yana oshadi deyishyapti. Lirada oylik olganimiz hisobiga bu pullar dollarda arzimas summaga aylanib boryapti. Maoshim avvalgi lira kursi bilan hisoblaganda 400 dollar bo‘lardi. Hozir deyarli 200 dollar bo‘lib qoldi. Ammo shukrki, yeb ichish va joyim shu oila hisobidan.

    Buxoroda ota-onam bor. Ancha qarib qolishgan. Ularning kasal bo‘lishi, to‘y-ma’rakalar va boshqa xarajatlar bor. 200 dollarni hech biriga yetkazolmayman.

    Narx-navo oshganidan so‘ng turklarning o‘zi ham chetga chiqib ketyapti. Yurtdoshlarimizga Turkiyaga ishlashga kelishni tavsiya qilmayman. Oyliklar O‘zbekistondagidek bo‘lib qoldi. Bu yerda ishlab endi biror maqsadimizga yetolmaymiz.

    Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz vatanga qaytib ketdi. Ammo shu 100-200 dollarni ham O‘zbekistonda topolmaymiz deb majbur ishlayotganlar ham bor.

    Bir qancha shirkatlar bilan gaplashyapman. Germaniyaga ketishni rejalashtiryapman. Yangi yil bayramidan so‘ng hujjatlarimni topshiraman. Nemis tilini maktabda o‘rganganman, hozir yana shug‘ullanyapman.

    Turkiya ko‘chalarida 2,5 lirali simitlar hozirda 3,5 liradan sotilmoqda.

    Turkiya ko‘chalarida 2,5 lirali simitlar hozirda 3,5 liradan sotilmoqda.
    Foto: “Daryo”

    Ali, 31 yoshda. Toshkent shahridan

    Savdom 2-3 baravar tushib ketdi

    Ikki yildan beri Istanbulda tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Chetdan kofe va choy tonnalab olib kelib, qayta ishlab, bozorlarga tarqatamiz. Liraning qadrsizlanishi tufayli narx-navo oshib ketdi. Biz ham mahsulotlarimizning narxini oshirdik. Avvallari 100 gramm maydalangan kofeni 50 liraga sotgan bo‘lsak, hozirga kelib, 70 liradan pullayapmiz. Shuning hisobiga savdo 2-3 baravar tushib ketdi. Daromad ham ancha kamaygan.

    Mahsulotlarni dollarda olganimiz uchun biz juda katta zararga kirdik.

    Masalan, avvallari oyiga 35-40 ming lira foyda olardik. O‘sha paytdagi kurs bilan hisoblaganda taxminan 5-6 ming dollar bo‘lardi. Hozir esa 27 ming lira 1900 dollar atrofida bo‘lyapti. Oilam bilan shu yerda yashaymiz. Endi buyog‘i Allohga tavakkal. Boriga shukr qilib yashayveramiz.

    Foto: Baxtiyor Alimuhammedovning shaxsiy arxividan

    Baxtiyor Alimuhamedov, 42 yoshda. Toshkent shahridan

    Daromadim dollarda bo‘lgani uchun bu holat menga ta’sir qilgani yo‘q

    2013-yildan beri Istanbulda Italiya kemasozlik korxonasida ishlayman. Xorijiy firma bo‘lgani uchun oylikni dollarda olaman. Maoshim 800-900 dollar atrofida.

    Turkiyada dollar oshgani natijasida narx-navo, oziq-ovqat mahsulotlari 30-35 foizga ko‘tarilgan. Ochig‘ini aytsam, daromadim dollardaligi, qolaversa, turar joylarimizni ham kompaniya to‘lab bergani uchun hozircha bu holat menga unchalik yomon ta’sir qilgani yo‘q.

    Ammo lirada ishlaydigan yurtdoshlarimizga qiyin bo‘lyapti. Tanigan-bilganlarimning ko‘pi Rossiyaga, Polshaga, Germaniyaga chiqib ketyapti.

    Hozir dunyoning hamma joyida dollar ko‘tarilgan. Balki vaqtinchalikdir, bilmadim. Hozircha bir narsa deyish qiyin, vaqt ko‘rsatadi.

    Foto: “Daryo”

    Ismini oshkor etishni istamagan yigit, 24 yoshda. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan

    Vaqtida Turkiyadan ketish kerakligini his qildim

    Kollejni bitirganimdan so‘ng oilamizda moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgani uchun universititetda o‘qish haqida o‘ylab ham ko‘rmadim. Oldimda ikkita yo‘l bor edi: biri Turkiya, ikkinchisi ko‘pchilik insonlar qatori Rossiyaga ketish edi. Turkiya tanlovi qiziqroq tuyuldi.

    2017-yil sentabr oylarida Turkiyaga yetib bordim, til va ish bilmaganim uchun boshida ko‘pgina qiyinchiliklar bo‘ldi. U yerda restoranlar, qishloq joylarda podalarga qarash, bozorda esa yuk tashish va qurilish ishlarida ishlashimiz mumkin edi. Borgan vaqtim 100 dollar 340 lira atrofida edi va xalq bundan norozi edi. Hamma ayb amaldagi hukumatda deb o‘ylardi.

    Chunki 2018-yilgi prezident saylovlarida shaffoflik bo‘lmaganini, amaldagi hukumat noqonuniy yo‘l bilan g‘alaba qilganini aytib kelishadi. Faoliyatimni restoranda baliq pishiradigan oshpazga yordamchilik bilan boshladim, keyinchalik o‘zim baliq pishirishga o‘tdim. Maoshim ham ko‘tarildi. Dastlab, 300 dollar, keyinchalik 400 dollardan oshiqroq oylik oldim. Kvartira va boshqa xarajatlarni hisoblasak, uyga o‘rtacha har oy 400 dollar yuborish imkoni bor edi.

    Keyinchalik xorijiy kompaniyaga ishga kirdim. Ishim asosan onlayn savdo qilish edi. 2020-yilga kelib dollar kursi keskin yuqorilay boshladi. 100 dollar 650 liraga to‘g‘ri kela boshladi, tanqidlar bir on ham to‘xtamadi, kurs ham yuqorilashda davom etaverdi 700, 750, 800 ga chiqdi. Oylik maosh esa u qadar ko‘tarilmadi. Kommunal to‘lovlar, oziq-ovqat, kundalik ehtiyojlar ham borgan sari oshib ketaverdi. Bu hol 2021-yilda ham davom etdi, kurs 50 liraga ko‘tarilsa, hafta o‘tib 10 yoki 15 lira pastlab turardi. Bu holat insonlarni charchatdi, ayniqsa xorijdan kelgan muhojirlar uchun judayam qiyin davr edi. Turkmaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kelgan insonlar kundalik ehtiyojlaridan ortib zo‘rg‘a 300 dollar yoki undan biroz ko‘proq pulni vataniga yuborishi mumkin edi.

    2020 va 2021-yil pandemiya davrida ham muhojirlar ko‘p qiyinchilik ko‘rdi, qariyb 1,5 yil restoranlar faqat yetkazib berish yo‘nalishida faoliyat yuritdi. Keyinchalik sekin-asta ochila boshladi. Kurs esa yuqorilashdan to‘xtamadi. Kuz oylariga kelib 100 dollar 950 va 970 liraga qadar ko‘tarildi.

    Bu holat tabiiyki vaqt qadrini bilgan insonni qoniqtirmasligi aniq edi, men ham shu vaqt qaytish harakatiga tushdim. Vaqtida keta olish muhimligini his qildim. Hozir O‘zbekistondaman. Toshkentda zamonaviy kasblarni o‘rganyapman. Maqsadim vatanimda o‘z biznesimni yo‘lga qo‘yib, oilam va yaqinlarim oldida qolish.

    Foto: Facebook /Mirzo Firdavs

    Mirzo Firdavs, 33 yoshda. Toshkent shahridan

    Dollar oshishi bilan uylar narxi tushib ketdi

    2015-yilda magistraturada o‘qish maqsadida Turkiyaga kelganman. O‘qish davomida ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Dastlab mebel do‘konida ham sotuvchi, ham yig‘ib beruvchi bo‘lib ishlaganman. O‘sha payt Turkiyada eng kam ish haqi 1300 lira deb belgilangan edi. Men 1500 lira maosh olardim. 1 dollar o‘sha paytlar 3,25–3,40 lira edi. Ya’ni oyligim salkam 500 dollarga teng edi. 2016-yilda biroz kurs ko‘tarildi. Lekin mamlakat ichida barcha savdo-sotiq ishlari lirada bo‘lgani uchun oyliklarimiz deyarli oshirilmas edi. Ayni paytda aholining rasmiy eng kam ish haqi 2825 lira. 1 dollar esa 14,5 liraga teng.

    Avgust oyidan buyon Turkiyada mustaqil tijorat bilan shug‘ullanaman. Chunki oylik maoshga qarab ishlash hozirgi sharoitga to‘g‘ri kelmaydi. Chetdan kelib uy, ko‘chmas mulk olayotganlarga yordam berish bilan shug‘ullanaman. Asosiy mijozlar Turkiyaga chetdan kelgani va dollarda savdo qilgani uchun kurs o‘zgarishining salbiy ta’siri menga kamroq sezilyapti. Ammo bu tirikchilik maqsadida ishlagani kelgan vatandoshlarimizni qiyin ahvolga solmoqda, chunki birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘tarilib ketdi.

    To‘rt oy avval eng kam ish haqi — 2825 liraga ishlayotgan vatandoshimizning maoshi 300 dollardan oshiq bo‘lgan, hozirgi kurs bo‘yicha u 195 dollarga ishlashiga to‘g‘ri kelyapti.

    Ish topish ham qiyin, topilgan ishda ham liraning qiymati bo‘lmagani uchun biror nimaga orttirish qiyin. Chet el kompaniyalari bilan ishlaydiganlarda bu kamroq sezilyapti. Lirada ishlayotgan vatandoshlarimning ba’zilari bilet pulini chiqarib, o‘z vataniga qaytish, yoki Rossiyaga ketishga majbur bo‘layotganlar ham bor.

    Liraning qadrsizlarinishi nafaqat muhojirlar balki, mamlakat aholisi uchun ham katta zarar bo‘lyapti. Masalan, o‘zimning faoliyatim misolida aytadigan bo‘lsam, dollar oshishi bilan uylar narxi tushib ketdi. Sababi uylar lirada baholanardi. Lira qadrsizlanganidan so‘ng chet elliklar yashaydigan ayrim tumanlar aholisi uylarning narxini dollarga “chaqib”, oshirib qo‘ymoqda.

    Lekin aksar tumanlarda bu narsa deyarli kuzatilmaydi. Lirada narx belgilangan va o‘zgarmagan. Bu esa o‘z navbatida chetdan dollarda kirib kelayotganlar uchun qulay bo‘lib qolgan.

    Aytaylik, 500 ming liralik uy ikki oy oldin dollar 9,43 liraga teng bo‘lgan paytida 53 ming dollarga to‘g‘ri kelayotgan edi. Hozirgi (15-dekabr holatiga ko‘ra) qiymatga ko‘ra 35 ming dollarga to‘g‘ri kelyapti. Ikki oy vaqt davomida bir uyning narxi 18 ming dollarga tushib ketyapti.

    Shu sababli ham Turkiyada ko‘chmas mulk olishni istovchilar ancha ko‘paygan. Bular orasida arablar, o‘rta osiyoliklar va vatandoshlarimiz ham bor. Bu yerda xususiy mulkchilik qonun doirasida himoya qilingani sabab qo‘rqmay sotib olishyapti.

    Hozir O‘zbekistondan Turkiyaga kelib o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lganlar ham bor. Ular bilan hamkorlik qilishni, qolaversa, arab davlatlariga mahsulot chiqarishni rejalashtiryapmiz. Agar Turkiyada dollarda valyuta kiradigan bo‘lsa, ahvol ancha yaxshilanadi deb o‘ylayman.

    Foto: Elyor Abduvaliyevning shaxsiy arxividan

    Elyor Abduvaliyev, 28 yoshda. Jizzax shahridan

    Korxonada ishimiz to‘xtab qolgan, hozir inqirozdamiz

    To‘rt yildan beri Turkiyada ishlayman. Bir turk tadbirkori bilan birgalikda tekstil firmasini ochgandik. Korxonaning ish boshqaruvchisi edim.

    Turkiyada narxlar juda-juda oshib bormoqda. Vatandoshlarimiz hozirda chorasiz qolgan. Uylariga pul jo‘nata olmayapti. Uyga qaytamiz desa, aviakassalarda bilet narxlari ham oshib ketgan.

    Narxlar ko‘tarilishi biz kabi tadbirkorlarga ham juda yomon ta’sir qildi. Ishlarimiz to‘xtab qoldi. Hozir katta zarardaman.

    Elyor Abduvaliyev ish boshqaruvchilik qilayotgan korxonada ishlamay turgan dastgoh.

    Elyor Abduvaliyev ish boshqaruvchilik qilayotgan korxonada ishlamay turgan dastgoh.
    Foto: Elyor Abduvaliyevning shaxsiy arxividan
    Men bu firma uchun sarmoya kiritgandim. O‘shanda dollar 8,50 lira edi. Hozir esa kurs 14 dan baland turibdi. Kiritgan pullarimning yarmining yarmi ham chiqmayapti. Hozir inqirozdamiz.2022-yildan niyatlarimiz juda katta edi. O‘zbekistonda ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yurtdoshlarimizni ish bilan ta’minlamoqchi edik. Ammo hozirgi vaziyat sabab rejalarimizni to‘xtatib turibmiz. To‘g‘ri, kurs o‘ynashi qachondir to‘xtaydi, lekin eski holatiga endi qaytmaydi, deb o‘ylayman.

    Turkiyada valyuta ayirboshlash shoxobchasida dollar 16,5 liradan sotib olinib, 17,1 liraga sotilmoqda. Surat 18-dekabr soat 15:15 da olingan.

    Turkiyada valyuta ayirboshlash shoxobchasida dollar 16,5 liradan sotib olinib, 17,1 liraga sotilmoqda. Surat 18-dekabr soat 15:15 da olingan.
    Foto: Elyor Abduvaliyev

    PS: Maqola tayyorlangunga qadar 16-dekabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2022-yildan boshlab mamlakatdagi eng kam oylik ish haqi 2825 liradan 4250 liragacha oshirilishini va maoshdan daromad solig‘i olinmasligini e’lon qildi. Turkiya markaziy banki esa asosiy stavkani 15 foizdan 14 ga tushirdi. Shundan so‘ng liraning qulashi davom etdi. 18-dekabr holatiga ko‘ra 1 dollar taxminan 17,1 liraga teng bo‘lib turibdi. Shu kurs mabodo 2022-yil boshida ham saqlanib qolsa, eng kam ish haqi (4250 lira) 250 dollardan ham pastroq bo‘ladi.

    Muallif: Xonzodabegim A’zamova 

    Muharrir: Dilshod Sharipov

    19.12.2021, 11:14   Izoh (0)   117057
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.