• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbirda Janubiy Koreya savdo, sanoat va energetika vaziri Mun Sin Uk, Koreya xalqaro savdo uyushmasi raisi Kristofer Ku, Koreya Eksimbanki, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), SK Ecoplant, Posco, Samsung, SK Nexilis, Youngone, KIA Motors, K-water, KT-Net va ko‘plab boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

    Xorijiy tashriflar chog‘ida bunday uchrashuvlar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Xususan, O‘zbekiston prezidenti 2017-yilda Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida yirik biznes-forum o‘tkazilgan edi. 2019-yilda esa davlat rahbarlari Toshkentdagi qo‘shma biznes-forumda ishtirok etdi. Ushbu tadbirlar natijasida ishbilarmonlar o‘rtasida ishonch kuchaydi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklik faollashdi. Mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalariga bozor mexanizmlarini joriy qilish borasidagi jiddiy yangilanishlar amalga oshirilayotgani ham hamkorlikning kengayishiga xizmat qilmoqda. Birgalikda biznes yuritishga xalal bergan to‘siqlar bartaraf etildi.

    “Mamlakatimizda boshlangan o‘zgarishlar ortga qaytmaydi. Yangi O‘zbekiston strategiyasida mamlakatimizda tadbirkorlar uchun eng qulay sharoitlar yaratish, xorijiy biznes faoliyatini kengaytirish ishlarini davom ettirish ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonning ishonchli do‘sti va alohida strategik sherigi – Koreya Respublikasi bilan barqaror, ishonchga asoslangan va jadal rivojlanib borayotgan hamkorlikni qadrlaymiz” – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ikki davlat o‘rtasida, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida tizimli aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Maxsus ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligida Janubiy Koreya bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun mas’ul alohida departament tuzilgan.

    Bunday e’tibor va tizimli ishlar natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarildi. Tovar ayirboshlash ikki barobarga ortib, 2,2 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston iqtisodiyotida Koreyadan yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Keyingi besh yilda O‘zbekistonda Koreya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobar ko‘paydi. Bugun ular mingtadan ortiq. Koreyalik kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekistonda umumiy qiymati 9 milliard dollardan ziyod 52 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Shavkat Mirziyoyev Koreya kompaniyalarini birgalikda yangi, keng ko‘lamli tashabbuslarni ishlab chiqishga chaqirdi.

    Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda faol tadbirkorlik uchun yaratilgan sharoitlarni yuksak baholadi va investitsion hamkorlikni rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuvda Koreya kompaniyalari bilan hamkorlikda raqamlashtirish, “yashil” energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, geologiya sohalari va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda umumiy qiymati 5 milliard dollardan ortiq 40 ta yangi loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev bu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga aniq muddatlarini belgilagan holda tegishli “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishga topshiriq berdi.

    “Bosh maqsadimiz – Koreya biznesi O‘zbekistonda qulay muhitni his etib faoliyat yuritsin”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezident Koreya kompaniyalari rahbarlarini O‘zbekistonga kelish va u yerda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlardan foydalanishga taklif etdi.

    Shu bilan O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi yakuniga yetdi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev 2022-yilni “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilishni taklif etdi
    • Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In alohida strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni qabul qildi
    • Shavkat Mirziyoyev Seulda Janubiy Koreya parlamenti spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi

    18.12.2021, 18:05   Izoh (0)   19310
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Janubiy Koreya birinchi xonimlari Seuldagi Milliy reabilitatsiya markaziga tashrif buyurdi

    18.12.2021, 17:06

    “Hozirda bozorni ko‘chirish haqida hech qanday gap-so‘z yo‘q”. Senator — “Qo‘yliq” bozori haqida

    18.12.2021, 16:57

    “Pulingni beraman, ‘bez ochered’ yuvasan”. Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi va avtomobil yuvish shoxobchasi ishchisi o‘rtasida tortishuv aks etgan video tarqaldi

    18.12.2021, 16:30

    Samarqand viloyati 2021-yilda 25 mln dollarlik mayiz eksport qildi

    18.12.2021, 15:59

    Qashqadaryoda ayol o‘zini kaltaklagan mast erini pichoqlab, o‘ldirdi

    18.12.2021, 15:05

    Andijon viloyatining sobiq hokimi Saydullo Begaliyev 67 yoshida vafot etdi

    18.12.2021, 14:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.