Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Ahmedov bu qarorini “Orzuning shonli yo‘li” nomli kitobining taqdimot marosimida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Ahmedov shu kungacha Xitoyning “Chanchjou Mayti Layons” klubi safida to‘p surib kelayotgandi. Ungacha esa “Paxtakor” (2006—2011), “Anji” (2011—2014), “Krasnodar” (2014—2016), “Shanxay SIPG” (2017—2021) kabi jamoalarda to‘p surgan.
Ahmedov 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga chiqa olmaganidan keyin 2021-yilning 19-iyun sanasida terma jamoadagi faoliyati yakunlanayotganini e’lon qilgandi. Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyut o‘yinini 2007-yil 13-oktabrda Xitoy Taypeyiga qarshi (9:0) o‘tkazgan. 34 yoshli futbolchi mamlakat bosh jamoasi safida 108 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta golga mualliflik qilgan.
Izoh (0)