• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Odam ba’zan o‘tmishga qaytgisi kelsa, shu yerga oshiqarkan”. “Chorsu” milliy taomlar bozoriga fotosayohat

    Toshkentdagi yirik savdo-sotiq markazi — “Chorsu” bozori turli davrlarda turfa nomlar bilan atalgan. “Chorsu”, “Jo‘ba”, “Registon”, “Eski Juva”, “Bolshoy bazar” (katta bozor) kabilar yozma manbalarda ko‘p tilga olingan. Shaharning geometrik markazida, poytaxtning to‘rt dahasi tutashgan qismida joylashgan bozor bugun ham asosiy oldi-sotdi nuqtasi sanaladi.

    Savdo rastalari, mahsulot turiga qarab ajratilgan mo‘jaz bozorchalar qatorida milliy taomlar oshxonasi, choyxona, hatto alohida ovqat bozori ham mavjud bo‘lganini XIX-XX asrlarga oid rus manbalari ham tasdiqlaydi. “Daryo” muxbiri poytaxtliklar orasida “Ovqat bozori” sifatida mashhur ushbu joydan maxsus fotoreportaj tayyorladi.

    “Chorsu” bozorining bir qismi aks etgan ko‘rinishi.

    “Chorsu” bozorining bir qismi aks etgan ko‘rinishi.
    Foto: Twitter

    “Chorsu” bozorida O‘zbekistonning butun tarixi jamlangan, desak mubolag‘a emas. Sopol buyumlar, milliy liboslar, shirinlik, xilma-xil nonlar, ziravor, meva-yu sabzavotlar, qo‘l mehnati bilan yasalgan haykallar, kitoblar, sovg‘alar, suvenirlar, milliy matolardan tikilgan ro‘mol-u durralar, mahsi-kovush, kalish, do‘ppi, chopon va boshqa yuzdan ortiq buyumni topish mumkin.

    Biroq ushbu noz-ne’matlar qatorida ulkan ko‘k gumbazning shundoq o‘ng tarafidagi “Ovqat bozori”ga kirmaslik, o‘zbek milliy taomlari mazasini totmaslik noo‘rin.

    “Ovqat bozori” joylashuvining sun’iy yo‘ldoshdan olingan surati.

    “Ovqat bozori” joylashuvining sun’iy yo‘ldoshdan olingan surati.
    Skrinshot: Google Maps

    Turli-tuman taomlar mehr qo‘shib pishirilgan bozorga yaqinlasharkansiz, dimog‘ingizga eng avval kabob isi uriladi. Ikki qator ketgan rastalarda palov, somsa, norin, qazi-qarta, gumma, hasip, qovurilgan baliq, xonim, manti, qo‘zichoq qovurg‘a, no‘xatsho‘rak va boshqa ovqatlar pishiriladi.

    “Chorsu” milliy taomlar bozori xalq tilida “Ovqat bozori”, rus tilida “Objorniye ryadi” deb ataladi. Asosiy kirish darvozasi. Ushbu darvoza juda qadimiy ekanini 1970-yillardagi suratlar ham dalillaydi.

    “Chorsu” milliy taomlar bozori xalq tilida “Ovqat bozori”, rus tilida “Objorniye ryadi” deb ataladi. Asosiy kirish darvozasi. Ushbu darvoza juda qadimiy ekanini 1970-yillardagi suratlar ham dalillaydi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Rastalar katta bo‘lmagan hududni egallaydi. Har bir sotuvchi xo‘randalar uchun rasta ortida joy hozirlab qo‘ygan. Ikki savdogar orasi shu qadar zichki, bor-yo‘g‘i bir qadam chiqadi, xolos. Mabodo, bilmay boshqaning “oshxonasi”ga o‘tib ketsangiz, joyingiz tezda ko‘rsatib qo‘yiladi.

    Bozor ichkarisi o‘ng va chap tarafdan to‘liq ovqatlar qatoridan iborat. Bu yerda asosan palov, kabob, somsa, xonim, manti, sho‘rva, hasip, lag‘mon, norin va boshqa turli milliy taomlar tayyorlab sotiladi.

    Bozor ichkarisi o‘ng va chap tarafdan to‘liq ovqatlar qatoridan iborat. Bu yerda asosan palov, kabob, somsa, xonim, manti, sho‘rva, hasip, lag‘mon, norin va boshqa turli milliy taomlar tayyorlab sotiladi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Sotuvchilar ozgina-yu sozgina qoidasi bilan ishlaydi. Har kim doimiy mijozi va xaridorlarning taxminiy sonidan kelib chiqib taom pishiradi. Aksari ovqati tugasa, ba’zilari soat 20:00 da bozor yopilgach, ishini to‘xtatadi.

    Ayrim oshpazlar taomni uyida tayyorlab kelsa, boshqalari shu yerning o‘zida pishirib sotadi. Uyida tayyorlaydiganlar tungi soat 02:00 dan ish boshlab, barvaqt bozor oralaydigan xaridor uchun hammasini oldindan taxt qilib qo‘yadi.  Narxlar turlicha: 5-70 ming so‘m oralig‘ida. Kilolab sotiladigan taomlar esa bundan qimmatroq.

    Ma’mura Ergasheva, 50 yillik tajribaga ega oshpaz 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Eski shaharning kamida 100 yillik tarixi bor. Odamlari boshqacha. Bu joylar avval ‘Past bozor’ deyilgan. Qariyalar bozorni shu nom bilan bilishadi. O‘zim ham shu yerlikman. 6 yoshimdan beri onamga ergashib bozorga kelardim. Ovqatlarimizning boshqa oshxonalarnikidan butunlay farqi bor. Sotuvchilarning hammasi o‘zimizniki. Ularning ota-onasi, bobo-buvisi savdogar o‘tib, kasbimiz avloddan avlodga o‘tavergan. Toshkentning ovqat markazi qayer, deyishsa, ha, shu yer-da! Hunarining haqiqiy ustalari jamlangan, deb aytaman”.

    Ma’mura Ergasheva navbatdagi xaridorga palov bilan no‘xatsho‘rak suzib berarkan, suhbatni davom ettirib, ishidan hech qachon zerikmasligi, aksincha, qilayotgan yumushi o‘ziga juda yoqishini bot-bot takrorladi. Onaxonning to‘rt farzandi orasidan bir o‘g‘li bugun kasbini davom ettirayotgan ekan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’mura Ergasheva xo‘randalarni kutib olib, palov bilan yeyiladigan achchiq-chuchukni tezda tayyorlashga kirishdi.

    Ma’mura Ergasheva xo‘randalarni kutib olib, palov bilan yeyiladigan achchiq-chuchukni tezda tayyorlashga kirishdi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Mehnatimiz murakkab, xaridorlar bilan ishlash oson emas, ammo maroqli. Asosan, kuzda bozorimiz chaqqon, sababi ob-havo sal tanni junjiktiradigan paytda odamning issiq ovqatga talabi oshadi. Xaridorlarimiz ko‘proq palov, kabob va xonimni sevib iste’mol qiladi”, — deydi tajribali oshpaz.

    Yaqinlashib kelayotgan sovuq mavsum – qishda ular qanday ishlashi haqidagi savolga Ma’mura opa “Yo‘q, qiynalmaymiz, endi bu yerning tomini berkitib bo‘lmaydi, chunki kabob va boshqa taomlarning tutuni, isi chiqadi. Ammo sovuq va issiq suv, kanalizatsiya masalalarida umuman muammo yo‘q”, — dedi.

    Oshpaz onaxon palovdan tashqari, no‘xatsho‘rak, qaynatma sho‘rva va lag‘mon kabi taomlarni ham mahorat bilan tayyorlaydi.

    Oshpaz onaxon palovdan tashqari, no‘xatsho‘rak, qaynatma sho‘rva va lag‘mon kabi taomlarni ham mahorat bilan tayyorlaydi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’mura opa bilan xayrlashib, rastalarni ko‘zdan kechirishni davom ettirar ekanman, ushbu maskanning yana bir tajribali xodimi, hasipchilar sulolasi vakilasi Zuhra Siddiqova bilan yaqindan tanishishga harakat qildim.

    Zuhra Siddiqova, 25 yillik tajribaga ega hasipchi oshpaz

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Bu bozorni buvimlar Mukarram Yo‘ldosheva non sotishidan boshlangan, deb aytib berar edilar. O‘sha vaqtda sotuvchilar sekin-sekin ovqatlarni ham sotuvga chiqara boshlashgan. Masalan, buvim hasip qilib, ko‘mir solingan chelak ustiga tog‘oracha qo‘yib sotgan ekanlar. O‘zim 25 yilcha bo‘ldi shu yerdan rizq topayotganimga.

    7 yoshimdan beri onamga yordamchi bo‘lib, bozorning past-balandini o‘rgandim. Ikki qiz, bir o‘g‘il o‘stiryapmiz. Kasbimni nasib qilsa, o‘g‘lim davom ettirmoqchi. Har ishda bo‘lganidek, bizning ishdayam oson emas. Yarim kechasi turib ovqatga unnaymiz, keyin saharmardonlab bozorga kelib, xaridor kutamiz.

    Bir yeyishligi 20 ming so‘m, kilosi 50 ming so‘m. Dam olish kunlari talab katta bo‘ladi. Lekin mavsumidan qat’iy nazar, qishin-yozin savdosi pasaymaydi. Karantin payti el qatori pishirib sotaverdik. O‘shanda odamlar immunitetni ko‘taradi, deb mana shu yog‘liqqina hasiplardan ko‘p-ko‘p olishdi”.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Yashnar Karimov, 16 yillik tajribaga ega kabobpaz

    “Bu bozorda eng avval somsa sotilgan, deb eshitganman. Keyinchalik boshqa milliy taomlarimiz safga qo‘shilgan ekan. 2004-yili bozor qaytadan qurilib, mana shu qiyofaga kirdi. Ertalab soat 08:00 dan kabob pishirishni boshlayman. Narxi 12 ming so‘mdan boshlanadigan 3-4 xil kabob bahor va kuz fasllarida, haftaning shanba va yakshanbasida ko‘p sotiladi.

    Taomlarimiz mazasini xo‘randalarimiz shaharning boshqa yemakxonasida topolmadik, deb maqtashadi. Buning sababi, menimcha, raqobatda. Har bir sotuvchi mijozim boshqaga o‘tib ketmasin deb ovqatini mukammal tayyorlashga harakat qiladi.

    Sayyohlarga ham juda yoqqan ovqatlarimiz. Yaqinda dunyo kezib yuradigan bir akamiz aeroportdan to‘g‘ri shu yerga kelib, 6 ta kabob yedi-da, ‘Dunyoning shuncha davlatida yegan bo‘lsam ham, bu kabobning mazasini boshqa yerdan topolmadim’, dedi. Uch qizim bor. To‘ng‘ichimning kasbi menikiga yaqinroq — qandolatpaz”.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Hurriyat opa, xo‘randa

    “Har safar dugonalarim, farzand yoki nevaralarim bilan ‘Chorsu’ga bozorlikka kelsak, albatta, ovqat bozoriga kiramiz. Ovqatlarining mazasiga gap yo‘q, boshqa joylardagi oshxonalar katta farq qiladi. Narxiyam cho‘ntakbop. O‘zi doimiy norinchimiz bor edi, shu kishidan olib yerdik, bugun negadir ko‘rinmadilar.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Nurjahon Farmonov, xo‘randa

    “ ‘Chorsu’ ovqat bozoriga, adashmasam, beshinchi marta kelishim. Ovqatlarining mazasi shahardagi boshqa yemakxonalarnikidan keskin farq qiladi, deb aytolmayman. Kezi kelsa, ta’m borasida biror o‘zgachalik sezmadim. Yagona jihat — bu yerda milliylik, kolorit, ekzotika bor. Odam ba’zan filmlarda ko‘rganimiz – labi uchgan piyola, eski stol-stul, uniqqan dasturxonlarda ovqatlanishni ham qo‘msar ekan. Narxlari taomlarning sifatiga nisbatan baland, degan fikrdaman. Albatta, bu yer asosan sayyohlar uchun norasmiy ovqat markazi. Balki narxlar ham shunga muvofiqdir”.

    Mirzayor Erkinov, xo‘randa

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Bu bozorni 6-7 yildan beri bilaman, juda ko‘p kelganman. Masalan, kecha Qozog‘istondan kelgan do‘stim bilan shu yerga keldik. Mehmondo‘stlikning yozilmagan qoidalariga muvofiq, o‘zim pul to‘ladim. Bir porsiya norin, bir porsiya hasip sho‘rvasi, 2 ta jigar, 2 ta jaz kabob, 1 ta non va 1 choynak qora limon choy oldik. Nazarimda, 100 ming so‘m atrofida to‘lasam kerak, degandim, xizmat ko‘rsatuvchi ayol 185 ming so‘mlik hisob chiqarib berdi.

    Ammo mana bugun sayyoh hamrohimsiz, do‘stim bilan kelib, 2 kishilik yegan ovqatimiz 125 ming so‘mga ham bormadi. Keyin xuddi kechagi ovqatlar ketma-ketligini hisoblatgan edim, taxminan, 88-100 ming so‘m atrofida chiqdi. Demak, sayyohlarga nisbatan ayrim sotuvchilarda narxni balandroq qilib ko‘rsatisharkan-da!

    Bu joyning ijobiy tomonlarini ham aytmasam bo‘lmas. Bozor arxitekturasi o‘tgan asrning 80 –90-yillarini eslatadi. Qandaydir milliy, sof o‘zbekona muhit bor.

    Taomlaridan hali ko‘pini yemaganim uchun hozircha norin, xonim, mantini tavsiya qila olaman.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Xolodes.

    Xolodes.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Manti, norin va limonli qora choy.

    Manti, norin va limonli qora choy.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    “Chorsu” bozorining mashhur “bozor xonimi”.

    “Chorsu” bozorining mashhur “bozor xonimi”.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Do‘lma.

    Do‘lma.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Pishirilgan til.

    Pishirilgan til.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Xolodes.

    Xolodes.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Qovurilgan baliq.

    Qovurilgan baliq.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Sho‘rva.

    Sho‘rva.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Lag‘mon qaylasi.

    Lag‘mon qaylasi.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Ushbu maskan haqida har kimning fikri turfa. Kimgadir ovqati, kimgadir muhiti ma’qul keladi.  Ammo “Chorsu” bozoridagi bu nuqta — o‘zbek taomlarining tom ma’nodagi ochiq yarmarkasidir.

    Mavzuga doir:

    • “Chernyayevka”ning qаrsildoq, qiltanog‘i kam, faqat buxanka bilan yeyiladigan baliqlari haqida reportaj
    • O‘zbekistonda baliq mavsumi boshlandi. Butunligicha pishiriladigan Yallama baliqlari haqida reportaj
    • Nisholda nima uchun aynan Ramazonda iste’mol qilinadi? Toshkent bozorlaridan maxsus reportaj

    18.12.2021, 12:11   Izoh (0)   50388
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istonda 100 megavattli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bitimlar imzolandi

    18.12.2021, 11:30

    O‘zbekistonning qator hududlarida yerosti silkinishlari sezildi

    18.12.2021, 11:08

    Chilonzordagi obodonlashtirish ishchilarining maoshlari kechiktirilgani ma’lum bo‘ldi

    18.12.2021, 10:24

    IIV Tracker’ining qariyb 150 mln so‘mlik qarzi borligi va u YHXBB boshlig‘i Olim Saidovga tegishli ekanligi yuzasidan raddiya berildi

    18.12.2021, 09:50

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tadbirkorning 1,75 mlrd so‘m asossiz qarzini bekor qildi

    18.12.2021, 08:36

    Toshkentda tanishining nomaqbul foto va videolarini tarqatmaslik uchun undan 5 mln so‘m so‘ragan 21 yoshli yigit ushlandi

    18.12.2021, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp 1 million falastinlikni G‘azodan Liviyaga ko‘chirmoqchi — OAV

    Dunyo | 17 may, 11:15

    Hazillardan “Oskar”gacha: karyerasini stendap bilan boshlagan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 17 may, 10:50

    Andijonda o‘n kishini hajga jo‘natish uchun 50 ming dollar olgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 10:30

    “Biz urushda g‘alaba qozondik, lekin tinchlikni xohlaymiz” — Pokiston bosh vaziri

    Dunyo | 17 may, 10:13

    Barcha davrlarning eng yaxshi saundtreklari: afsonaviy qo‘shiqlar va nostalgiya hissini uyg‘otuvchi kuylar

    Musiqa | 17 may, 10:00

    Navoiyda 2 mlrd so‘mlik oltinni talon-toroj qilmoqchi bo‘lgan zavod xodimlari qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:48

    O‘zbekiston 2025—2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:09

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.