Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqami 01 202 VSG bo‘lgan Tracker avtomobili yo‘l bo‘ylab qarama-qarshi harakatlangani aks etgan videolavha tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Tracker Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ikkinchi mintaqaviy hudud rahbari polkovnik Ibrohim Hasanovga biriktirilgan. Avtomobilni haydovchi Odil Sangilov boshqargan.
Mazkur xizmat avtomobilida o‘z vaqtida qoplanmagan qarzdorlik borligi aniqlangach, Toshkent viloyati IIBB ikkinchi mintaqaviy hudud Ohangaron shahar IIB YHXB Yo‘l-patrul xizmati inspektori tomonidan “Ohangaron Rahmon trans servis”ga qarashli jarima maydoniga qo‘yilgan va holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi boshlangan.
Keyinroq Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati saytida qoidabuzar 01 202 VSG raqamli Tracker YHXBB boshlig‘i Olim Saidovga tegishli ekani ko‘rsatilgan ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Unda avtomashinaning 148 million 499 ming so‘m qarzdor ekani ma’lum qilingan.
Toshkent viloyati IIBBning holat bo‘yicha taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, Tracker avtomobilining 148 million so‘m jarimasi bor degan ma’lumot haqiqatdan yiroq.
“Chindan ham bu mashinada bartaraf etilmagan qarzdorlik mavjud. Ammo ma’lumotda ko‘rsatilgan summa 3 barobar orttirib yozilgan. Holat yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi davomida mavjud qarzdorliklarning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganib chiqiladi”, – deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
- “Kamerangni sindirib, qo‘lingga ming dollar beraman, yangisini olasan”. Malibu haydovchisi chaqirgan soxta xodim YPX inspektorlarini haqorat qildi (video)
- Farg‘onada yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi
- Toshkentda Mercedes-Benz va “Gelendvagen” haydovchilari YPX xodimlaridan qochishga urindi (video)
Izoh (0)