Nafaqat ta’mi, balki ifori ham o‘ziga xos bo‘lgan ushbu taom bayram dasturxoningizni bezashi aniq.
Kerakli mahsulotlar:
- rozmarin;
- sarimsoq piyoz — 8 dona;
- zaytun yog‘i — 120 ml;
- qizil vino sirkasi — 60 ml;
- tuz — 2 osh qoshiq;
- murch;
- zira — 0,5 choy qoshiq;
- qo‘y qovurg‘asi — 7-8 dona.
- balzamli sirka — 60 ml;
- suyuq asal — 1 osh qoshiq;
- zaytun yog‘i — 120 ml;
- rozmarin;
- tuz.
- Sarimsoq va rozmarinni maydalang.
- Yog‘, sirka, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
- Aralashmani go‘shtga surtib chiqing, paket bilan o‘rab 10-12 soatga sovitkichga qo‘ying.
- Dumaloq shaklda bo‘lishi uchun qovurg‘alarni vertikal qo‘yib chiqing.
- Ip bilan bir-biriga mahkamlang.
- Ziravorlarni seping.
- Go‘shtli qismini qoldirib qovurg‘alar ustiga folga qog‘oz o‘rab chiqing.
- 35 daqiqa davomida 65 daraja qizigan pechda pishirib oling.
- Pishganidan keyin folgani olib tashlab 15 daqiqaga qoldiring.
- Sous uchun kerakli mahsulotlarni aralashtiring.
- Qovurg‘a o‘rtasiga garnir sifatida tayyorlab olingan guruch yoki sabzavotlarni soling.
- Ajralgan suyuqlikni sous bilan aralashtirib, go‘shtli taom bilan birga dasturxonga torting.
Izoh (0)