Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati tiklandi. Bu haqda Faqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Dovon yo‘li qalin qor yog‘gani sabab muzlamalar hosil bo‘lgani tufayli 13-dekabr kuni soat 14:00 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgandi. FVV boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zururiy tadbirlar natijasida 14-dekabr kuni soat 08:20 da dovon avtomobil harakati uchun qayta ochilgan.
Izoh (0)