Markaziy bank 15-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,71 so‘mga ko‘tarilib, 10 845 so‘mni tashkil qildi. Yevro 55,78 so‘mga ko‘tarilib, 12 255,93 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 10 826,29 so‘mni tashkil etgandi. Tijorat banklarida esa 14-dekabr kuni dollar kursi 10 880 so‘mga qadar ko‘tarildi. Hisob palatasi 2022-yilda dollar kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.
Izoh (0)