Xonanda Imron “Hech kimga bermay sevaman” deb nomlangan qo‘shig‘iga videoklip suratga oldirdi. Ushbu klipda aktrisa Durdona Qurbonova bosh rolni ijro etdi.
Aktrisa “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida Instagram tarmog‘ining jonli efiridagi murojaati odamlar tomonidan mutlaqo boshqacha talqin qilinganiga oydinlik kiritdi.
Ko‘pincha intervyulardagi gaplarimizni hamma har xil tushunib, ba’zan u gaplarni o‘ziga oladi. Ba’zan xafa bo‘lib qolishadi. Bizning ham o‘z haqiqatlarimiz bor. Birovning ko‘nglini og‘ritib qo‘ymaylik deb, gapirmay yuribmiz. Gapirmadi degani qo‘rqdi degani emas. Shunchaki dilingizni og‘ritmaslik uchun indamayotgan bo‘lishim mumkin.Shu o‘rinda bir ma’lumotga oydinlik kiritib ketishim kerak. Jonli efir qilganimda bitta insonga taalluqli gap aytgan edim. Ko‘pchilik u gapimni Imron akaga javob beribdi, deb o‘ylabdi. Menda shunaqa ma’lumotlar borki, ularni aytadigan bo‘lsam, oilasi buzilib ketishi mumkin, degan gapimni Imron akaga aytilgan gap, deb tushunishibdi.
Jonli efirda gapirgan insonim menga yaqin inson emas, menga aloqasi yo‘q inson. Uning ismini aytmaganim uchun ko‘pchilik u gaplarimni Imron akaga aytilgan, deb o‘ylab, montaj qilib, YouTube’ga chiqarib yuborishibdi. Bu narsa menga yoqmadi, menga yoqmaganidan so‘ng Imron akaning oilasiga ham yoqmagan bo‘lsa kerak, menimcha. Mabodo bu intervyumiz bilan kimningdir dilini og‘ritib qo‘ygan bo‘lsam, kechirim so‘rab qolaman.
Durdona Qurbonova, aktrisa, xonanda
Mavzuga doir:
- Xonanda Imron turmush o‘rtog‘ini 2,5 yil kutib, 2 ta to‘y qilgani va u bilan janozada tanishgani haqida (video)
- Xonanda Imron partnyori Durdona Qurbonovani to‘yiga taklif qilmagani sababini ma’lum qildi (video)
- “Balki siz turmushga chiqsangiz, turmush o‘rtog‘ingiz sizdan so‘rab ish qilar, menda bunday muammo yo‘q”. Imron Durdona Qurbonovaga murojaat yo‘lladi (video)
Izoh (0)