Ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi tomonidan (WFME prezidenti Devid Gordonning tavsiyasi, ekspertlar xulosasi va talablari asosida) xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi. Bu haqda SSV matbuot kotibi xabar qildi.
Endilikda Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilarining diplomi jahon miqyosida tan olinadi.
Mazkur xalqaro akkreditatsiya O‘zbekistondagi ta’lim dasturlarining xalqaro sifat standartlariga mosligini baholash jarayoni bo‘lib, Oliy ta’lim sifati kafolati Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) a’zosi va Sifat kafolati agentliklari Yevropa reyestrida (EQAR) mavjud mustaqil xorijiy agentlik tomonidan o‘tkazildi.
Toshkent davlat stomatologiya institutiga xalqaro akkreditatsiya sertifikatini topshirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirok etdi.
Izoh (0)