• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Masxaraboz” filmidagi aktyor Ergash Mo‘minov nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? (foto)

    “Masxaraboz” filmi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Ergash Mo‘minovni ko‘pchilik aktyor deb biladi. Ammo, u aktyor emas, 30 yillik tajribaga ega rejissor hisoblanadi. U ekranda emas, balki kadr ortida mehnat qilishni afzal ko‘radi.

    “Sinfdoshlarim sabab kastingda ishtirok etganman”

    Foto: Ergash Mo‘minov arxividan.

    Foto: Ergash Mo‘minov arxividan.

    — Bobom rahmatli urush yillarida kinomexanik bo‘lib ishlagan. Shu bois kino sohasi oilamizga begona emasdi.Bolalik paytlarimizda kinokastinglar haqidagi e’lonlar ham gazetada chop etilardi. Sinfdoshlarim shunday e’lonlardan birini ko‘rib, sen ham “O‘zbektelefilm”ga bor deb holi-jonimga qo‘yishmadi. Ular sabab ilk marta “O‘zbektelefilm”ga kelib, fotokasting topshirgandim. Shundan so‘ng 1988-yili Shuhrat Abbosovning “Kichkina bola katta urushda” filmida ilk epizod rolimni ijro etganman. Oradan uch yil vaqt o‘tib, Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon” filmida Boltaboy rolini ijro etdim. Filmda suratga tushish bilan birga rejissor assistenti sifatida ham faoliyat yuritganman. Bilishimcha, Zulfiqor aka “O‘zbektelefilm”da saqlanib qolgan rasmlarimni tasodifan ko‘rib, meni rolga tasdiqlagan ekan.

    “Abdullajon”dagi ketmon uchishining siri nimada?

    Foto: Ergash Mo‘minov arxividan.

    Foto: Ergash Mo‘minov arxividan.

    — 1990-yilda suratga olingan “Abdullajon” filmi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Chunki u paytda montajlar u qadar rivojlanmagan, montaj ham kinoplyonkada amalga oshirilardi. Ketmon uchishi bilan bog‘liq barcha sahnalar “O‘zbekfilm” kinostudiyasining pavilyonida suratga olingan. Katta tarvuz bilan bog‘liq sahnalarning tabiiy chiqishida rassomlarning hissasi katta bo‘lgan. “Abdullajon” filmi Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy degan qishloqda suratga olingandi. Kinosevar xalq bizga katta yordam berishgan. Kino tarixiga hurmat sifatida Bozorboy akaning uyini ham haligacha saqlab qo‘yishgan.1990-yili rejissor bo‘laman, deb izlanib yurgan yosh yigit edim. Zulfiqor Musoqov bilan ishlab juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Bir yildan so‘ng san’at institutining rejissorlik bo‘limida o‘qishga qabul qilindim.

    “Masxaraboz’ filmidagi roldan umidimni uzgandim”

    — “Masxaraboz” filmi 1994-yil Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi qishloqda suratga olingandi. U paytda men institutning 2-bosqichida tahsil olardim. Hamma qatori men ham film uchun kasting topshirdim. Men bilan birga mashhur aktyorlar ham kastingda ishtirok etishayotgani uchun roldan umidimni uzgandim. Chunki ikki yil davomida ijodkorlar “jim” bo‘lib qolishdi. Filmning ssenariy muallifi va rejissori Sharof Boshbekov meni bosh rolga tasdiqlab qo‘ygan ekan. Bundan juda quvondim. Chunki yosh talaba uchun Mashrab Kimsanov, Shafoat Rahmatullayeva kabi ijodkorlar bilan suratga tushish baxt edi. “Masxaraboz” Ra’no Zokirova va kamina uchun katta maktab rolini o‘tagan.

    “Azizim’ qo‘shig‘i 27 yildan buyon aytiladi” 

    — Film kutilganidan ham katta mashhurlikka erishgan. Film saundtreki bo‘lgan “Azizim” qo‘shig‘i o‘z davrining shlyager taronasi bo‘lgan. Kozim Qayumov va Zaynab Nig‘matullayeva tomonidan ijro etilgan qo‘shiq hamon yosh xonandalar tomonidan ijro etiladi. Menimcha, 27 yil avval ijro etilgan qo‘shiq hamon shirasini yo‘qotgani yo‘q.

    “Men aktyor emasman”

    — “Nega filmlarda kam suratga tushasiz?” deb ko‘p so‘rashadi. Men aktyor emasman, ammo yaxshi rolga taklif etishsa, rad ham etmayman. “Masxaraboz” filmida so‘ng “Chashma”, “Zabarjad”, “Arazlasang, o‘laman”, “Arosat” va “Dada” filmlarida suratga tushdim. Rolning katta-kichikligi ahamiyatsiz, muhimi uning filmda o‘z o‘rni bo‘lsin, deyman.

    Foto: Ergash Mo‘minov arxividan.

    Foto: Ergash Mo‘minov arxividan.

    — 1994-yildan buyon “O‘zbektelefilm” studiyasida faoliyat yuritaman. Afsuski, keyingi paytlarda rejissorlik nima ekanligini bilmasa-da, pul sarflab serial olayotganlar soni ortib ketdi. Davlat televideniyesida bunday muammo yo‘q. Ammo xususiy telekanallar rahbari “rejissor” bilan kelishsa, olib kelganini efirga chiqarishyapti. Bu juda achinarli hol. Buning jabrini yana tomoshabin tortadi.

    Hozirda 30 qismli serial ustida ishlayapman. Tayyorgarlik ishlari yakunlangach, suratga olishni boshlaymiz. Yarim yil fikr-u, xayolim ana shu serialda bo‘ladi. Ba’zi xususiy serialchilarga o‘xshab, 2 oyda 60 qismdan iborat serialni olish qo‘limizdan kelmaydi. Soni bor-u, sifati yo‘q serial olgandan ko‘ra olmagan yaxshi.

    Eslatib o‘tamiz, rejissor Ergash Mo‘minov 1973-yil 18-yanvar sanasida tavallud topgan. Bugungi kunda u O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida rejissor sifatida faoliyat yuritadi. Shu yilning aprel oyida u suratga olgan “Orzular qanotida” myuzikl komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tgandi.

        Mavzuga doir: 

    • Fahsh sahnalar, “konfet” aktyor-aktrisalar, saviyasiz ssenariylar. Qo‘ziqorindek bolalagan o‘zbek seriallari haqida
    • “Kichkina tabib”dagi Nigora, “Chol va nabira”dagi G‘anisher: bolaligidanoq tomoshabinlar e’tiborini qozongan aktyorlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
    • “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Opa-singillar”dagi Nasiba va kinoda “yarq etib”, keyin ko‘rinmay qolgan boshqa qahramonlar hozir qayerda? (foto)
    • “Parvona” spektaklida Yulduzxon obrazini yaratgan aktrisa Shukurjon Safayeva hozir qayerda?

    10.12.2021, 18:40   Izoh (0)   138155
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uyda yolg‘iz” aktyorlari filmning birinchi qismi namoyishidan 31 yil o‘tib bir davraga to‘planadi

    09.12.2021, 21:41

    Foto: “Uyda yolg‘iz” filmi suratga olingan Makkalisterlar xonadoniga sayohat

    08.12.2021, 16:29

    Guchchi oilasi Ridli Skottning “Guchchi uyi” filmini tanqid ostiga oldi

    07.12.2021, 18:20

    “Ayol” seriali yulduzi ona bo‘ldi, Tuba Buyukustun yangi uyga ko‘chmoqda. Turk kinosi yangiliklari (foto)

    07.12.2021, 14:21

    “Garri Potter” kinofranshizasining 20 yilligiga bag‘ishlangan maxsus epizodning birinchi tizeri taqdim qilindi

    06.12.2021, 16:50

    Mashhur film va seriallarning o‘zidek qiziq bo‘lgan kadrorti suratlari

    05.12.2021, 12:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.