• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Atom bombasi, 47-qavatdan qulash va “chaqmoq odam”. Ajal yoqasidan qaytgan insonlar

    Kutilmagan falokatlar ba’zan og‘ir jarohatlarga, hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Lekin insoniyat tarixida o‘ta qaltis vaziyatlarda omon qolib, ko‘pchilikni hayratga solgan kishilar ham uchrab turadi. “Daryo” ular haqida hikoya qiladi.

    Atom bombasi tashlangandan keyingi Xirosima shahri

    Atom bombasi tashlangandan keyingi Xirosima shahri
    Foto: BBC

    Sutomu Yamaguchi

    Sutomu Yamaguchi atom balosi bilan ikki marta to‘qnash kelgan inson sifatida tarixda qolgan.

    1945-yili u 29 yoshda edi. Tengdoshlaridan farqli o‘laroq, Yamaguchi imperator askarlari safida jang qilmagan. U yuqori malakali kema quruvchi muhandis bo‘lgan. 1945-yilning yozida kompaniya uni Xirosimaga xizmat safariga yuboradi.

    Sutomu Yamaguchi

    Sutomu Yamaguchi
    Kadr: YouTube

    6-avgust kuni muhandis Xirosimadagi kema zavodida oxirgi ish kunini o‘tkazayotgandi. Soat tonggi sakkizda shahar osmonida Amerika samolyoti paydo bo‘ladi va undan parashyutda atom bombasi tashlanadi. 576 metr balandlikda qurilma ishga tushadi.

    Muhandis dahshatli zarbadan mo‘jiza tufayligina omon qoladi, lekin ahvoli juda og‘ir edi: tanasining yarmi kuyib, quloq va burnidan qon oqayotgandi, ko‘zlari esa deyarli hech nimani ko‘rmasdi. Shunga qaramay, ertasi kuni stansiyaga yetib boradi va poyezdda ona shahri — Nagasakiga jo‘naydi. Nagasakida unga birinchi yordam ko‘rsatishadi. Ko‘rinishi shu qadar qo‘rqinchli ediki, hatto shifokor do‘sti ham, oila a’zolari ham uni bitta ko‘rishda taniyolmaydi.

    Shu ahvoliga qaramay, Yamaguchi 9-avgust kuni ertalab safar haqida hisobot topshirish uchun ishxonasiga boradi. Baxtga qarshi, o‘sha sanada Nagasakiga ham ikkinchi atom bombasi tushgan. Lekin u ikkinchi zarbadan ham omon qoladi! Yamaguchi bombalar tashlangan vaqtda ikkita shaharda ham bo‘lgan kishi sifatida rasman tasdiqlangan yagona yaponiyalik hisoblanadi. Lekin u bunday baxtsiz tasodifni boshdan kechirgan yagona inson emas.

    Yamaguchi 2010-yilning 4-yanvarida, 93 yoshida vafot etgan.

    Alsides Moreno

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, uchinchi qavatdan yiqilganlarning faqat yarmi omon qoladi. O‘ninchi qavatdan qulaganlarning deyarli barchasi halok bo‘ladi. Lekin Amerikada Nyu-Yorkdagi 47 qavatli osmono‘par binoning tomidan qulab, tirik qolgan inson yashaydi. Uning ism-sharifi — Alsides Moreno.

    Alsides Moreno

    Alsides Moreno
    Foto: BBC

    2007-yil 7-dekabr kuni Moreno ukasi Edgar bilan Slow Tower binosining derazalarini yuvib chiqishi kerak edi. Ikkisi liftda oxirgi qavatgacha ko‘tarilib, imoratning tomiga chiqadi. Fojia kutilmaganda sodir bo‘ladi. AQSh mehnat departamenti hisobotiga ko‘ra, ular besh metrli qurilish kajavasiga chiqqan vaqtda uni ushlab turgan simlar cherdakdagi langar nuqtasidan sirpanib chiqib ketgan.

    Alsidesning eslashicha, avval chap tomondagi sim uzilgan va o‘sha tomonda turgan ukasi pastga tushib ketgan. Ukasi 144 metrdan yerga yetib tushgunicha qulash tezligi soatiga 190 kilometrga yetgan. Alsides o‘zini o‘nglagunicha o‘ng tomondagi sim uzilgan va u ham qulagan.

    Ko‘p o‘tmay voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar va sanitarlar dahshatli manzaraning guvohi bo‘ladi. Edgar Moreno yog‘och to‘siq ustiga tushib, halok bo‘lgandi. Alsidesni esa pachag‘i chiqib ketgan temir kajava bo‘laklari orasidan topishadi. U tirik edi! Kajavaning boshqaruv pultini changallagancha bukchayib yotardi. Guvohlarning aytishicha, u hatto o‘rnidan turishga harakat qilib ko‘rgan, lekin uddalay olmagan.

    Alsides qulagan Slow Tower

    Alsides qulagan Slow Tower
    Foto: BBC

    O‘t o‘chiruvchilar Alsidesni tez yordam mashinasiga “mo‘rt tuxumni avaylaganday” ko‘tarib borgan va uni darhol yaqin oradagi shifoxonaga olib ketishgan. Alsides komaga tushadi; bosh miyasi jarohatlangan, qovurg‘alari, qo‘li va ikki oyog‘i singandi.

    U sal kam uch hafta o‘tib, komadan chiqadi. Yashab qolishning deyarli imkoni yo‘qligiga qaramay, bir necha operatsiyalardan so‘ng omon qolgan. Hozir u yugura olmasa ham, tik oyoqda qiynalmay yura oladi.

    Frane Selak

    Frane Selak dunyodagi eng omadli odam sifatida nom qozongan. Mashhurligiga sabab u yetti marta ajal bilan yuzma-yuz kelib, har safar qandaydir mo‘jizaviy tarzda omon qolgan. Bundan tashqari, u million dollarlik jekpot yutib olishga ham muvaffaq bo‘lgan.

    Selak 1929-yilda Yugoslaviyada tug‘ilgan. Tug‘ilishi ham ekstremal tarzda kechgandi: onasi uni otasi baliq ovlayotgan qayiqda dunyoga keltiradi. U shu qadar nimjon ediki, shifoxonada bolani qutqarib qola olmasliklarini aytishadi, lekin onasi taslim bo‘lmaydi. Taslim bo‘lmay to‘g‘ri qilgandi: bola tezda oyoqqa turib, kuchga to‘ladi. Lekin oldida yana bir qator xavfli falokatlar turgandi.

    Selak birinchi marta 1962-yili o‘lim bilan to‘qnashgan. O‘shanda u ichida ketayotgan poyezd izidan chiqib, daryoga qulaydi. Bu falokatda 17 kishi halok bo‘ladi. Lekin u yengil jarohatlar bilan tirik qolgan.

    Ikkinchi hodisa 1963-yilda sodir bo‘lgan. Bu safar Frane samolyotda uchib ketayotgandi. Avariya eshigi to‘satdan ochilib ketishi natijasida 19 nafar odam pastga tushib ketadi va halok bo‘ladi, lekin Selak pichan ustiga tushgandi. Tanasining ayrim joylari tirnalib, shok holatiga tushib qolganini aytmasa, hech qanday ziyon ko‘rmagan.

    Uchinchi holat 1967-yilda bo‘lib o‘tgan. Bu safar Frane Selak ketayotgan avtobus daryoga tushib ketadi. Avtobusdagi to‘rt nafar yo‘lovchi vafot etganiga qaramay, u yana yengil jarohatlar bilan daryodan tirik chiqib keladi.

    Frane Selak

    Frane Selak
    Foto: Livejournal

    Navbatdagi falokat Franening shaxsiy avtomobilida ro‘y bergan. O‘shanda qaynoq dvigatelga benzin oqib tushishi natijasida mashina yonib ketadi. Frane bazo‘r tashqariga qochib, o‘limga chap beradi.

    1973-yilgi beshinchi voqea ham avtomobil bilan bog‘liq. Lekin bu safargi yong‘in kabina ichida yuz beradi. Lekin, sezganingizdek, u faqat sochini kuydirib oladi.

    Oltinchi martasida uni avtobus urib ketadi. Biroz momataloq va ko‘karishlar bilan qahramonimiz yana omon qoladi.

    Oxirgisi 1996-yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda u yengil mashina haydab ketayotib yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishiga sal qolgan. Frane rolni keskin burib, jar yoqasiga osilib qoladi. Avtomobil jarlikka qulagunicha u qochib chiqishga ulgurgan. Bu vaziyatda xavfsizlik kamari taqilmagani uning foydasiga ishlagandi.

    Frane bilan 2003-yilda sodir bo‘lgan navbatdagi g‘aroyib voqea falokatlar bilan bog‘liq emas. Bu safar u lotereyada jekpot yutib olgandi.

    Roy Sallivan

    1912-yilda tug‘ilgan Roy Sallivan yetti marta yashin urishidan omon qolib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

    “Chaqmoq odam” laqabini olgan bu kishi yashinga birinchi marta 1942-yilning aprel oyida duch kelgan. Roy o‘shanda bu ofatdan qochib, yog‘ochdan qurilgan va yashin tutgichi bo‘lmagan o‘t o‘chiruvchilar binosiga kiradi. Natijada bino yonib ketadi. Tashqariga qochib chiqqan Roy esa baribir nishonga aylanadi: chaqmoq zarbidan oyog‘i kuyib, etigining tagi teshilgan.

    Roy Sallivan

    Roy Sallivan
    Foto: Strangesounds
    Tabiiy ofat bilan ikkinchi “tanishuv” 1969-yil tog‘ yo‘lida yuk mashinasini haydab ketayotgan vaqtda ro‘y bergan. Chaqmoq avval yo‘l yaqinidagi daraxtlarga, keyin mashinaning ochiq oynasiga tegadi. Sallivan zarbadan hushini yo‘qotadi, qosh-kipriklari, sochining katta qismi kuyib ketadi. Shu kabi birin-ketin ro‘y berayotgan ofatlardan so‘ng Roy o‘zini qandaydir samoviy kuch yo‘q qilishga urinayotganiga ishona boshlaydi. Bir safar sochi yonib, yaqin atrofdagi hojatxonaga chopib kirib, arang o‘chirib olganidan so‘ng yonida doimo suv olib yurishni odat qiladi.

    Roy Sallivan boshdan kechirgan yettita chaqmoqning barchasi u ishlagan Shenandoa milliy bog‘ining qo‘riqchisi R. Teylor Hoskins tomonidan hujjatlashtirilgan hamda uning kuygan joylarini tekshirgan shifokorlar tomonidan tasdiqlangan. Rekordchining ta’kidlashicha, yashin uni asli birinchi marta bolalik vaqtlarida urgan. Biroq bunga tayinli isbot bo‘lmagani sababli Roy odamlarni ishontirishga urinmaydi.

    Roy Sallivan 1983-yilning 28-sentabrida, 71 yoshida o‘zini otib o‘ldirgan. Bugungi kunda Nyu-York va Janubiy Karolinadagi Ginnesning rekordlar kitobi ko‘rgazma zallarida Roy Sallivanning ikkita shlyapasi saqlanmoqda.

    10.12.2021, 16:56   Izoh (0)   81877
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.