• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerikalik milliarder Maykl Staynxardtga umrining oxirigacha noyob tarixiy buyumlar sotib olish taqiqlandi. Endi u kolleksiyasidagi bir nechta san’at asarlarini qonuniy egalariga qaytaradi

    AQShda moliyachi, filantrop va san’at asarlarini kolleksiya qilishga haddan ziyod berilgan milliarder Maykl Staynxardt dunyoning turli burchaklaridan o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olgani yuzasidan olib borilayotgan ishda tergov bilan kelishdi. Bu haqda 6-dekabr kuni Manhetten okrugi prokurori kichik Sayrus Vens ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

    Maykl Staynxardt

    Maykl Staynxardt
    Foto: Reuters

    Kelishuvga ko‘ra Staynxardtdan umumiy qiymati 70 million dollarlik 180 ta qadimiy buyumlar musodara etilgan va uning o‘ziga umrining oxirigacha tarixiy buyum hamda san’at asarlarini sotib olish taqiqlangan (prokuror mazkur jazoni misli ko‘rilmagan harakat deb atagan). Shu tariqa kolleksionerga nisbatan boshqa hech qanday jazo chorasi ko‘rilmadi.

    81 yoshli Staynxardt Steinhardt Partners xedj-fondi orqali boyib ketgan. U ushbu fondni 1960-yillarda ishga tushirgandi. Qariyb 30 yil davomida odamlar ushbu jamg‘armaga pul tikkan va mablag‘dan yiliga o‘rtacha 25 foiz daromad olgan. Staynxardt esa Uoll-stritdagi eng yaxshi treyderga aylangan, deb yozgandi Forbes bir necha yil avval. Ayni vaqtda jurnal Staynxardtning boyligini 1,2 milliard dollarga baholamoqda.

    Shuningdek, moliyachi Staynxardt xayriyalar qiluvchi tadbirkor hamda san’at asarlari kolleksioneri sifatida ham mashhur. Uning kolleksiyasida Pablo Pikasso, Jekson Pollok, Pol Sezan kabi taniqli rassomlarning asarlari mavjud. Staynxardt sotib olgan asarlarining ayrimlarini muzeylarga ijaraga ham bergan. Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi galereyalaridan biriga uning nomi bilan ataladi. Shuningdek, u Bruklin botanika bog‘i (bog‘da uning sharafiga orenjereyaga shunday nom berishgan), Nyu-York universiteti (Madaniyat, ta’lim va inson taraqqiyoti maktabiga uning nomi berilgan) va Yevropa xayriya tashkilotlariga ham homiylik qilgan.

    Mavzuga doir: 150 yillik muzey. “Metropoliten” muzeyi tarixi

    Staynxardtga nisbatan o‘g‘irlangan qimmatbaho buyumlarni sotib olgani yuzasidan tergov 2017-yilda boshlangan. Manhetten okrugi prokurorining ofisi milliarderning Metropoliten muzeyiga buqa boshi shaklidagi haykalni ijaraga bergani, ushbu asarning 1970–1980-yillarda Livandagi fuqarolar urushi vaqtida o‘g‘irlanganini aniqlagan. Shu bilan birga surishtiruvlarda Staynxardtning uyi va ofisida boshqa qachonlardir o‘g‘irlangan san’at asarlari ham borligi ma’lum bo‘lgan.

    Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, milliarderga nisbatan tergov ishi xalqaro darajaga chiqdi — tergovga san’at asarlarining o‘g‘irlanishidan jabrlangan yana 11 ta xorij mamlakatlarining huquq-tartibot idoralari vakillari aralashdi. Tergov davomida mingdan ziyod tarixiy ashyolar tekshirildi, moliyachi ularni 1980-yillar oxirida sotib olgan. Yakunda buyumlarning 180 tasi o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi. San’at asarlari mamlakatlardagi siyosiy jarayonlar, ommaviy tartibsizliklar vaqtida o‘g‘irlangan.

    Okrug prokurori kichik Sayrus Vens Staynxardtning o‘g‘irlangan tarixiy buyumlarga juda qiziqqani va oqibatda o‘z harakatlarining qonuniy yoki aksincha qonunlarga zid ekaniga e’tibor qaratmaganini qayd etgan. Shuningdek, kolleksioner asarlarni sotib olish va sotishda ishtirok etgan vaqtida butun dunyoga keltirayotgan madaniy zarari haqida bilmagan. Vensning qo‘shimcha qilishicha Staynxardt bilan kelishuv sabab asarlarning qonuniy egalari kolleksionerning ishini sudga oshirilmagani tufayli o‘z buyumlarini tezroq qaytarib olishi mumkin.

    Staynxardtdan musodara qilingan qimmatliklar orasida eramizdan avvalgi 400-yilda yasalgan bug‘u shohi shaklidagi qadah mavjud va u bozorda Turkiyaning Milas shahridagi o‘g‘irlikdan keyin tegishli hujjatlarsiz sotuvga qo‘yilgan. Staynxardt uni 2,6 million dollarga sotib olib, Metropoliten muzeyiga ijaraga bergan. Ayni kunlarda kubokning narxi 3,5 million dollarga baholanmoqda.

    Milliarder yunon mifologiyasi qahramoni – Geraklning chaqaloqlik davri tasvirlangan yana bir tarixiy asar bilan ham xayrlashdi, kartinada chaqaloq o‘zini o‘ldirish uchun yuborilgan ilonni qo‘li bilan bo‘g‘ayotgani tasvirlangan. Asar Rimdagi qadimgi shahar Gerkulanum binolaridan birida turgan, mazkur hudud Vezuviy vulqoni otilishi oqibatida vayron bo‘lgan. 1995-yilda suratni o‘g‘irlab ketishgan, keyinchalik Staynxardt uni 650 ming dollarga xarid qilgan. Hozirda kartina narxi 1 million dollarga baholanmoqda.

    Bundan tashqari kolleksionerdan qiymati million dollar bo‘lgan qadimgi yunon tobutining urnasi, umumiy narxi 2 millionlik uch dona Yaqin Sharqda mayitlarga taqilgan niqoblar hamda Iroqdagi Nimrud shahridan topib keltirilgan qadah ham musodara qilingan. 2020-yilda Staynxardt qadahni 150 ming dollar evaziga Svyatoslav Konkin ismli shaxsdan sotib olgan, deyiladi Manxetten prokurori ofisining axborotida.

    Staynxardtning advokatlari kelishuvdan keyin ularning mijozi tergovning milliarderga nisbatan ayblovlar e’lon qilmaganidan xursandligini aytgan. Ular noqonuniy tarzda sotib olingan tarixiy buyumlarning o‘z egalariga qaytarilishini va’da bergan. Advokatlarning qo‘shimcha qilishicha, Staynxardt noyob buyumlarni sotganlar ularning qonuniy egalari ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan. Ammo Manhetten okrugi prokurorining ofisi Staynxardtning tarixiy buyumlarning sotilishi noqonuniy yo‘l bilan amalga oshirayotganini avvalboshdan bilganini ta’kidlamoqda.

    Bu Staynxartga nisbatan uning kolleksiyasi yuzasidan bildirilayotgan e’tirozlarning birinchisi emas. XX asrning 90-yillarida moliyachi bundan ikki ming yil avval Italiya hududida yasalgan oltin idishni 1 million dollar evaziga noqonuniy yo‘llar bilan sotib olganlikda aylashgan. Bundan tashqari Staynxardtga nisbatan boshqa ayblovlar ham mavjud: 2019-yilda yetti nafar ayol uni moliyaviy va xizmat vakolatidan foydalangan holda ualrga nisbatan shilqimlik qilganlikda ayblagan.

    Mavzuga doir: Van Gogdan Vermeyergacha: Google Arts & Culture bo‘limiga 1800 dan ortiq yuqori tiniqlikdagi kartinalarni to‘pladi

    10.12.2021, 08:48   Izoh (0)   17933
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    CPJ: Dunyo qamoqxonalarida rekord darajada ko‘p jurnalistlar saqlanmoqda

    10.12.2021, 08:00

    “Tolibon” Afg‘oniston milliy armiyasini shakllantirishga kirishdi

    10.12.2021, 07:01

    Xitoy Afg‘onistonga 800 ming doza vaksina yetkazib berdi. XOQ afg‘onistonlik sportchilarga 560 ming dollar ajratadi

    09.12.2021, 21:13

    Erdo‘g‘on Turkiya fuqarolaridan uning iqtisodiy siyosatiga ishonishni so‘radi

    09.12.2021, 20:26

    OAV: Eron AQSh fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalar e’lon qiladi

    09.12.2021, 18:01

    Britaniya bosh vaziri Boris Jonson yettinchi bor ota bo‘ldi

    09.12.2021, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.