O‘zbekistonda shamollashga qarshi dori vositalarining narxlari noyabr oyida o‘rtacha 1,2 foizga oshgan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Ma’lum qilinishicha, dori vositalarining narxi noyabr oyida yil boshidan buyon o‘rtacha 9,1 foizga qimmatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda amaldagi retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati bekor qilinib, uni yangilash bo‘yicha buyruq loyihasi ishlab chiqilgan. Unda aytilishicha, iyul oyidan retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati keskin kamaytirilgach, monopreparatlar pozitsiyasi 105 taga, majmuaviy preparatlar ro‘yxati esa 118 taga qisqarib ketgan.
Izoh (0)