• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Gaz hidi chiqsa, sezardik”. Denovdagi kuchli portlash jabrlanuvchilari bilan suhbat

    Surxondaryoning Denov shahri markazidagi “Indenim” savdo majmuasida 7-dekabr tongida kuchli portlash yuz bergan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. “Daryo” muxbiri Denov tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, davolanayotgan jabrlanuvchilar bilan suhbatlashdi.

    Savdo majmuasida ish boshlaganiga 7-dekabr kuni ikki oy to‘lgan Abdulla Do‘lanovning aytishicha, portlash yuz bergan vaqtda binoda yetti kishi bo‘lgan. “Savdo markazining ikkinchi qavatidagi xonalarda uch kishi yotgandik. Soat taxminan 2 yo 3 larda portlagan. Uyg‘onsam, boshimdan qon ketyapti, oyog‘im beton bo‘lagi ostida qisilib qolgan, sherigim esa baqirib yordamga chaqiryapti”, — deb eslaydi u.

    Abdulla Do‘lanov.

    Abdulla Do‘lanov.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Rasman e’lon qilingan dastlabki taxminlarga ko‘ra, noxush hodisa gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yuz bergan. Ayni vaqtda, Abdulla Do‘lanovning so‘zlariga ko‘ra, “gaz umuman chiqmagan — hidi chiqsa, sezgan bo‘lishardi”. Uning ta’kidlashicha, majmuada ishchilar uchun oshxona bor edi, unda gaz-ballondan foydalanilmasdi.

    Mavzuga doir: “Qonga belangan bir ayol va erkak baqirib yordam so‘rardi”. Denovdagi dahshatli portlash joyidan reportaj

    Islom Ostonoqulov va uning rafiqasi Feruza Omonova 2021-yil aprelidan beri Termizdan Denovga kelib, ushbu savdo majmuasida ishlardi. Islom Ostonoqulov portlashdan keyingi dastlabki daqiqalardagi voqealar “tushida bo‘lyapti” deb o‘ylagan; u o‘zining ahvoli yaxshiligini aytadi, biroq turmush o‘rtog‘ining ahvoli og‘ir (ayolini qutqarish lahzalarini eslarkan, ko‘zidan beixtiyor yosh chiqib ketadi).

    Islom Ostonoqulov.

    Islom Ostonoqulov.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    “Oyog‘im ustida beton bo‘lagi bor ekan. Atrofdagi odamlarni ko‘rib, baqirib ularni yordamga chaqirdim — ovozim chiqmadimi yo ular eshitmadimi, darrov kela qolishmadi. Kelishgach, ularning yordami bilan amallab chiqib oldim. Keyin baqirib, yordamga chaqirayotgan xotinimning oldiga bordik. Uni beton bosgan, kallasi yirtilib yotibdi, sochlarini beton bo‘laklari qisib qolgan ekan, juda qiyin ahvolda edi”, — deydi u.

    O‘rinboy Saidov.

    O‘rinboy Saidov.
    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Tan jarohati olganlarning hammasi ham savdo majmuasidagilar emas. O‘rinboy Saidov majmua yonidagi somsaxonada ishlaydi. Portlash yuz bergan vaqtda u majmua yonidan o‘tib, hovli tomon chiqib borayotgan bo‘lgan. “Birdan kuchli shamol turdi va meni yiqitdi. Yerda yotibman, turolmayman. Turaman desam, oyog‘im singan ekan — nimadir tegib, sindiribdi, o‘zim ham bilmaganman”, — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Savdo majmuasidan taxminan 80—100 metr masofada joylashgan aloqa operatori shoxobchasining qo‘riqchisi Kamoliddin Rahimov portlash yuz bergan vaqtda uyg‘oq, telefonida o‘yin o‘ynab o‘tirardi. “Qisqa fursatda yuz bergan gumburlash ovozi va zarbini so‘z bilan tushuntirib berolmayman. Bir-ikki deguncha sodir bo‘ldi-da. Portlash zarbidan binoimizning oynalari sinib ketdi”, — deydi u.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston markaziy telekanallaridagi “Axborot”dan boshqa informatsion dasturlar kunning asosiy voqeasi — Denovdagi portlashni qanday yoritdi?

    08.12.2021, 16:30   Izoh (0)   117640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Samarqanddagi do‘konda yuz bergan kuchli yong‘in

    08.12.2021, 15:17

    Toshkentda 2021-yil boshidan buyon YTHlarda necha kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

    08.12.2021, 13:51

    DXX O‘zbekistonning bir qator hududlarida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi (video)

    08.12.2021, 12:54

    O‘zbekiston aeroportlarida kuzatilgan quyuq tuman sabab bir qator reyslar kechiktirildi

    08.12.2021, 11:58

    Termizdagi talabalar yotoqxonasida elektroshit yonib, portlagani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    08.12.2021, 11:31

    O‘zbekistonda 9-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda

    08.12.2021, 11:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.