• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oqo‘rdada Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev tor doirada muzokaralar o‘tkazdi

    6-dekabr kuni Qozog‘istonning Oqo‘rda qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangragan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirgan, so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Samimiyat va ishonch ruhida o‘tgan uchrashuvda yetakchilar ko‘p qirrali O‘zbekiston—Qozog‘iston sherikligiga doir keng ko‘lamli masalalarni, shu jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni ko‘rib chiqqan, xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashgan.

    Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tashrifi bilan qutlab, prezident saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan yana bir bor tabriklagan va kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, ushbu uchrashuvning muhim ahamiyatini alohida qayd etgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Siz Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelganingizdan juda mamnunmiz. Hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishda ushbu voqea juda muhim. Bugun imzolanadigan hujjatlar to‘plami sherikligimizga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydi. Mamlakatlarimiz hukumatlariga barcha sa’y-harakatlarni qo‘yilgan maqsadlarga erishishga qaratish topshirig‘ini berishga kelishib oldik. O‘ylaymizki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashning jiddiy omili bo‘lib xizmat qiladi”, — deydi Qozog‘iston prezidenti.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorlik bildirib, ushbu uchrashuv Qozog‘iston mustaqilligining 30 yilligi arafasida o‘tayotganini ta’kidlagan hamda O‘zbekiston xalqi nomidan birodar qozoq xalqini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabriklagan, tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va yangi zafarlar tilagan.

    Bugungi kunda Qosim-Jo‘mart To‘qayev rahbarligida Qozog‘iston birinchi prezident – elboshi Nursulton Nazarboyev boshlagan katta bunyodkorlik ishlarini davom ettirayotgani va barqaror taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotgani ta’kidlangan.

    O‘zbekiston yetakchisi ikki birodar davlat o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining rivojlanish sur’atini mamnuniyat bilan qayd etgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Keyingi yillarda hamkorligimizni mutlaqo yangidan tashkil etdik va bugun qo‘shma sa’y-harakatlarimiz o‘zining ilk salmoqli natijalarini berayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. O‘zbekiston va Qozog‘iston – tabiiy iqtisodiy hamkorlar. Iqtisodiyotlarimiz raqobat qilmaydi, bir-birini to‘ldirib turadi. O‘zaro savdo ortmoqda. Joriy yilda tovar ayirboshlash rekord daraja — 4 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Avtomobilda va temiryo‘llari orqali yuk tashish hajmlari oshmoqda. Aviaqatnovlar to‘liq qayta tiklandi, yangi yo‘nalishlar ochilmoqda.

    Yetakchi korxonalarimiz kooperatsiyani muvaffaqiyatli kengaytirmoqda. Keyingi yillarda iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida qo‘shma korxona va loyihalar soni 6 barobarga oshdi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanib borayotgani, bunda ikki mamlakat hududlari va tadbirkorlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlangan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining tashrifi arafasida Turkiston shahrida bosh vazirlar raisligida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va Hududlar forumi o‘tdi. Kuni kecha Qozog‘iston poytaxtida qo‘shma biznes-forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushu tadbirlar natijasida jami 6 milliard dollarlik kelishuv va shartnomalar imzolangan.

    Keyingi yillarda qo‘shma korxonalar soni 6 barobarga oshgan. Kostanayda avtomobil, avtobus va qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Turkiston va Chimkentda zamonaviy to‘qimachilik va maishiy texnik korxonalari ishga tushirilgan. O‘zbekistonda qozog‘istonlik hamkorlar bilan birgalikda energetika, sanoat, kimyo, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish sohasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

    “Bugun ikki tomonlama strategik sherikligimizni ittifoqchilik munosabatlari darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilamiz. Bu nafaqat mamlakatlarimiz, balki butun mintaqaning izchil taraqqiyoti, barqarorligi va ravnaqi uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi”, – deydi O‘zbekiston prezidenti.

    Yetakchilar mintaqa va xalqaro kun tartibining tomonlarni qiziqtirgan dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.

    Uchrashuvda davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishi qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqlagan.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5-dekabrdan buyon davlat tashrifi bilan Nur-Sultonda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston prezidenti 6-dekabr kuni Qozog‘istonning Nur-Sulton shahridagi “Otan korg‘aushilar” (“Vatan himoyachilari”) monumentiga gul qo‘ygan.

    06.12.2021, 14:12   Izoh (0)   18270
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rgatadigan Foreign languages telekanali ish boshladi

    06.12.2021, 13:38

    O‘zbekistonda hokim yordamchisi lavozimida oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar ham ishlashi mumkin bo‘ladi

    06.12.2021, 13:14

    Rossiyada o‘zbekistonlik oilaning ikki farzandi muzlagan ko‘lga cho‘kib ketdi

    06.12.2021, 12:26

    “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    06.12.2021, 11:58

    O‘zbekistonda 7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

    06.12.2021, 11:15

    Shavkat Mirziyoyev Nur-Sultondagi “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo‘ydi

    06.12.2021, 10:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.