Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5-dekabr kuni davlat tashrifi bilan Nur-Sultonga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Avval xabar qilinganidek, muzokaralarda siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika salohiyatini oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Tashrif yakunida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga davlat tashrifi arafasida ushbu mamlakat nashriga ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda Markaziy Osiyodagi hamkorlikka bag‘ishlangan katta intervyu berdi.
Izoh (0)