Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

O‘zbekiston prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori belgilab berildi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Avvalroq 2022-yilning 1-yanvardan respublikaning 9 ming 259 ta mahallasida hokim yordamchilari ish boshlashini ma’lum qilingandi.

Qarorga muvofiq hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi:

  • xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida (4 million 932 ming so‘m);
  • xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida (5 million 343 ming so‘m);
  • xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida (5 million  754 ming so‘m).
Hokim yordamchilariga to‘lanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda yetishmagan qismi hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Foto: Boks afsonasi Mayk Tayson nogironlar aravachasida
Dunyo
Argentinada ish haqini oshirish talabi bilan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Mahalliy
“Avtomobillarga gazni belgilangan miqdordan ortiq quyish holatlariga bir necha bor guvoh bo‘ldik” —  senator