• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga murojaat yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan murojaat yo‘lladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Qadrli vatandoshlar!

    Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yil 3-dekabr sanasi butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelmoqda.

    Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida himoya qilish, ularning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishdan iborat.

    Ezgulik, mehr-oqibat, insonparvarlik timsoli bo‘lgan ushbu ayyomda mamlakatimizdagi bir millionga yaqin imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarimizga hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimni bildiraman.

    Mehr-muruvvatli va bag‘rikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni jamiyatda tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida e’zozlab keladi.

    Ana shunday ezgu an’analarimizni bugungi zamon talablari asosida rivojlantirish maqsadida so‘nggi yillarda mamlakatimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish borasidagi davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

    Buning tasdig‘ini “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani, mamlakatimiz Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shilgani, sohada mustahkam qonuniy baza yaratilgani misolida ko‘rish mumkin.

    Shu asosda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatdagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish, harakatlanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bandlik, reabilitatsiya, siyosiy-ijtimoiy hayotda ishtirok etish bilan bog‘liq huquqlari ta’minlanmoqda.

    Bu borada “Inson qadri uchun” tamoyili asosida Yangi O‘zbekistonda inklyuziv rivojlanish, ya’ni aholining barcha qatlamlari uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani muhim rol o‘ynamoqda.

    Biz ushbu yo‘nalishda nogironligi bo‘lgan insonlar – jamiyatning to‘laqonli a’zolari, degan tamoyilga amal qilgan holda izchil ish olib bormoqdamiz.

    Chindan ham, biz barpo etayotgan yangi, erkin va demokratik davlatda jamiyatning har bir a’zosi bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, o‘z iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, mehnat bilan band bo‘lish uchun zarur imkoniyatlarga ega bo‘lishi shart.

    Biz uchun nogironligi bo‘lgan insonlarni ijtimoiy hayotimizning barcha sohalariga jalb etish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida shu masalalarga alohida e’tibor qaratilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar saylov uchastkalariga kelib-ketishlari uchun transport bilan ta’minlangani, Brayl alifbosida saylov byulletenlari tayyorlangani va saylov uchastkalari panduslar bilan jihozlangani ularning siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishlarini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lganini xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar ham e’tirof etdilar.

    Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirganda, so‘nggi ikki yilda pensiya va nafaqa oluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 100 ming nafarga ko‘payib, ularning miqdori qariyb 2 barobarga oshirilganini ta’kidlash lozim. Shuningdek, barcha hududlarda “Saxovat va ko‘mak” umummilliy harakati doirasida hamda “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

    Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hayotga moslashtirish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, keyingi yillarda 27 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalar rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablarga mos bo‘lgan 1,5 mingta davolash-reabilitatsiya o‘rinlari foydalanishga topshirildi.

    Ana shunday fuqarolarimizga bepul beriladigan protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining ro‘yxati 22 turdan 27 tagacha ko‘paytirildi. Xususan, joriy yilning o‘zida nogironligi bo‘lgan bolalarning hayot sifatini yaxshilash maqsadida ular budjet mablag‘lari hisobidan qariyb 40 milliard so‘mlik protez-ortopediya va reabilitatsiya moslamalari, koxlear implantlar hamda boshqa maxsus buyumlar bilan ta’minlandi.

    Bundan tashqari, xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish dasturini amalga oshirish ishlari boshlandi, 300 dan ortiq maktablarda imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.

    Haqiqiy matonat egasi bo‘lgan nogiron yigit-qizlarimizning jahon maydonlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotganlari barchamizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi. Jumladan, shu yil Tokioda o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgani har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.

    Ta’kidlash joizki, 3-dekabr sanasi butun dunyoda paralimpiyachilarni sharaflaydigan ayyomga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham azm-u shijoatli paralimpiyachi sportchilarimizni yana bir bor chin dildan qutlab, ularga xalqaro maydonlarda yuksak cho‘qqilarni zabt etishda yangi muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

    Hayotning boshqa sohalarida ham yuksak marralarni egallashga qodir bo‘lgan yoshlarimiz o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishi, hayotda o‘zining munosib o‘rnini topishiga ko‘maklashish – bundan buyon ham biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Shu maqsadda hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlarini jamiyatning ajralmas qismi sifatida his etib yashashlari uchun ularga qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan alohida dastur qabul qilib, uni albatta amalga oshiramiz.

    Ushbu dasturning mazmun-mohiyati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang bo‘lib, unda nogironlikni belgilashda tibbiy yondashuvdan ijtimoiy yondashuvga o‘tish asosiy vazifa sifatida belgilanadi.

    Endi nogironligi bo‘lgan shaxslar – “muammosi bor insonlar” degan qarashdan voz kechib, ularning imkoniyatini kengaytirish uchun, avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni takomillashtirish yo‘lidan borishimiz zarur.

    Shuning uchun dasturda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.

    Birinchidan, nogironligi bo‘lgan yoshlarga barcha darajada sifatli ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlar yaratiladi.

    Jumladan, kelgusi o‘quv yilidan boshlab alohida ta’lim olishga ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi, 2025-yilda esa 40 foizi oddiy maktablarda o‘qishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, inklyuziv ta’limning resurs markazlari soni 14 barobarga ko‘payib, 200 tadan oshadi.

    Ikkinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish va ular uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning daromadini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yanada kuchaytiriladi. Bu borada ularni zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlar ishlab chiqiladi.

    Shuningdek, har bir inson uchun davlat hisobidan kasb-hunar o‘rganish imkoniyati yaratiladi, shu maqsadda ajratiladigan mablag‘lar 2 barobarga oshiriladi.

    Barcha darajadagi davlat idoralariga imkoniyati cheklangan fuqarolarni ular uchun mos keladigan ishga qabul qilishda ustunlik va imtiyoz beriladi.

    Bundan tashqari, tadbirkorlarning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish borasidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularni rag‘batlantirish choralari ko‘riladi. Jumladan, bunday tadbirkorlar va ishga qabul qilingan fuqarolarga qo‘shimcha soliq imtiyozlari beriladi va davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi.

    Uchinchidan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning salomatligini asrash, ularga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

    Nogironligi bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirish uchun Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi va uning hududiy filiallari tashkil etiladi.

    Shuningdek, har yili 2 ming nafar bolada tug‘ma yurak nuqsoni va bosh miyadagi patologik o‘zgarishlar bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazish belgilanmoqda.

    To‘rtinchidan, imkoniyati cheklangan fuqarolar mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida faol qatnashishi uchun “to‘siqsiz muhit”, ya’ni, qulay sharoit yaratiladi.

    Jumladan, yangi barpo etiladigan davlat idoralari binolari, ijtimoiy obyektlar, bog‘ va parklar, jamoat transportida maxsus infratuzilma yaratish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi, ular uchun maxsus axborot portallari, teleko‘rsatuvlar, adabiyotlar va kutubxonalar soni ko‘paytiriladi.

    Mamlakatimizning barcha hududlarida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun subsidiya va imtiyozli kreditlar beriladi.

    Eng muhimi, barcha darajadagi rahbarlar va davlat idoralari mas’ullari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning muammolarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha doimiy muloqot tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

    Bir fikrni alohida ta’kidlab aytmoqchiman: jamiyatimizning eng ehtiyojmand qatlamlaridan biri bo‘lgan nogironlar bilan bog‘liq faoliyatimizni tanqidiy qayta ko‘rib chiqar ekanmiz, bu insonlar ham mamlakatimiz fuqarolari, bizning yurtdoshlarimiz ekanini, binobarin, hech qachon o‘zlarini yolg‘iz his etmasliklari, ijtimoiy va iqtisodiy hayotimizda faol ishtirok etishlari uchun bundan buyon ham barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi.

    Ishonchim komil, 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida mustahkam o‘rin egallab, jamiyatimizda ezgulik, mehr-oqibat, gumanizm g‘oyalarini yanada chuqur qaror toptirishga xizmat qiladigan muhim sanalardan biri bo‘lib qoladi.

    Biz bu borada siz, azizlarga – ko‘pni ko‘rgan otaxon va onaxonlarimizga, hurmatli xotin-qizlarimizga, hayotga dadil kirib kelayotgan navqiron yoshlarimizga, doimo ezgu va savob ishlar qilib yashashga intiladigan butun xalqimizga tayanamiz.

    Millati, tili va dinidan qat’i nazar, inson qadr-qimmati va sha’nini ulug‘lash, har bir fuqaro haqida e’tibor va g‘amxo‘rlik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik biz qurayotgan Yangi O‘zbekiston jamiyatining hayot qoidasi bo‘lib qoladi.

    Barchangizni ana shunday olijanob ishlarda faol ishtirok etishga da’vat etaman.

    Chuqur hurmat-ehtirom bilan,

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti

    03.12.2021, 19:07   Izoh (0)   28961
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kattaqo‘rg‘onda soliqchining o‘limida aybdor deb topilgan YPX inspektorlari ozodlikdan mahrum qilindi

    03.12.2021, 18:42

    Behzod Musayev Moskvada Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri bilan uchrashadi

    03.12.2021, 18:05

    Energetika vazirligi Toshkentda suv ta’minotidagi uzilish elektr energiyasi bilan bog‘liqligini rad etdi

    03.12.2021, 17:48

    O‘zbekistonda haydovchilar tomonidan sodir etiladigan yo‘ldagi bezorilik holatlari uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi

    03.12.2021, 17:36

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    03.12.2021, 17:06

    Shavkat Mirziyoyev 5—6-dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

    03.12.2021, 16:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 27-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 may, 22:50

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40

    Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik yuk stansiyalari barpo etilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 27 may, 21:39

    O‘zbekiston Superkubogi. “Nasaf” penaltidan urilgan gol evaziga “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 27 may, 21:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.