• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kattaqo‘rg‘onda soliqchining o‘limida aybdor deb topilgan YPX inspektorlari ozodlikdan mahrum qilindi

    Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 10-iyunga o‘tar kechasi hududiy Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, 41 yoshli Azizbek Ahmedov yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining mashinasida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

    Ichki ishlar vazirligining 11-iyundagi bayonotida Ahmedov YPX xodimlari tomonidan ushlanib, “o‘ta mast holatda bo‘lgani gumon qilinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilinganida fuqaro ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, faol qarshilik ko‘rsata boshlagani, shu vaqt oralig‘ida tibbiy ko‘rikka olib borish uchun transport vositasiga o‘tqazilgan fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgani, biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, fuqaro Azizbek Ahmedov vafot etgani” ta‘kidlanadi.

    IIV bayonot bilan birga, holatning bodikamerada olingan videosini ham e’lon qilgandi.

    IIV ikki nafar YPX xodimining bodikamerasi orqali yozib olingan videoni ulab (montaj qilib), e’lon qilgan. Videoda xodimlar tuman DSI boshlig‘ini ushlab, Spark mashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tqizishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

    Ikki xodim Azizbek Ahmedovni old va orqa tomonidan mashinaga kuch bilan o‘tqizishga harakat qilgan, Azizbek Ahmedov esa ularga qarshilik qilgan. Videoning aynan shu joyida kichik uzilish bo‘lgan hamda katta serjantning o‘rniga kichik serjantning bodikamerasi orqali yozib olingan video qo‘yilishni boshlagan. Ikki nafar xodim esa hushini yo‘qotgan Azizbek Ahmedovni mashinadan tushirib, yerga yotqizgan. YPX xodimlari tez yordam chaqirgan, ular o‘zaro suhbatda Azizbek Ahmedov nafas olayotganini bir-biriga aytgan. IIV Azizbek Ahmedovni old tomondan tortib, mashinaga o‘tqizishga uringan YPX xodimining bodikamerasidagi yozuvlarni e’lon qilmagan.

    Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 3-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi binosida YPX xodimlari ustidan sud olib borildi.

    Mavzuga doir: “Jiyanimning o‘limi bo‘yicha adolat qaror topmasa, bu jamiyatdan noroziman”. YPX xodimlarining mashinasida o‘lib qolgan kattaqo‘rg‘onlik soliqchi voqeasi bo‘yicha guvohlarning so‘zlari va qarindoshlarning talablari

    “Daryo” ixtiyoriga kelib tushgan sud hukmida voqea tafsilotlari keltirilgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Mehriddin Kuchkarov (1987-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) 2021-yilning 9-iyun kunidan 10-iyun kuniga o‘tar kechasi qo‘l ostida ishlovchi va xizmat yuzasidan o‘ziga bo‘ysunuvchi Kattaqo‘rg‘on tuman IIB YHXB xodimlari Shahboz Rahimberdiyev (1990-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Samarqand viloyati IIB YHXB YPXB 4-otryad katta inspektori lavozimida ishlagan),  N.Ismoilov, va Sh.Xoliqulov bilan birgalikda xizmatni o‘tashlari davomida N.Ismoilovga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomashinada Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasi Alisher Navoiy va Mustaqillik ko‘chasi kesishmasidagi chorrahaga kelishgan.

    Soat 00:20 larda chorrahaning qarama-qarshi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelgan, fuqaro Azizbek Ahmedov o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasini chorrahadagi svetoforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog‘idan harakatni davom ettirib ketganligini ko‘rgan. Ushbu avtomashina haydovchisini to‘xtatish maqsadida uning orqasidan harakatni davom ettirib, unga yetib olishgach, o‘zlarining boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashina bilan Azizbek Ahmedov boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinaning old tomoniga o‘tib, uning harakatlanishini cheklab, to‘xtatgan.

    Keyinchalik Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi Azizbek Ahmedovning nutqi va harakatlaridan uning mast holatdaligini bilishgach, Kattaqo‘rg‘on tuman IIB YHXB bo‘linmasi boshlig‘i Mehriddin Kuchkarov haydovchi Azizbek Ahmedovga tibbiy ko‘rikdan o‘tishni taklif qilgan.

    Shunda u tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgach, Mehriddin Kuchkarov va Shahboz Rahimberdiyev Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 14-bandi, 7-xatboshisida nazarda tutilgan “haydovchi mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan taqdirda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 136-moddasida (transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi) nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish choralarini ko‘rmasdan, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasi talablariga zid ravishda, mansabdor shaxs sifatida o‘ziga berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqan.

    Ular harakatlari bilan o‘ziga va atrofdagilarga ziyon yetkazishga harakat qilmagan bo‘lsa-da, haydovchi Azizbek Ahmedovga asossiz hamda maqsadga muvofiq bo‘lmagan tarzda kuch ishlatib, uni o‘zlari minib kelgan Spark rusumli avtomashinaning orqa o‘rindig‘iga majburlab joylashtirishga harakat qilgan.

    Ushbu jarayonda Azizbek Ahmedov o‘ziga nisbatan kuch ishlatmaslikni va unga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonlikdan azob chekayotganligini bildirib, buni to‘xtatishni bir-necha marta so‘ragan bo‘lishiga qaramasdan, Mehriddin Kuchkarov va Shahboz Rahimberdiyev ushbu holatda Azizbek Ahmedov o‘zida og‘riq va azob his qilayotganligini anglagan bo‘lsa-da, shunga ko‘ra uning og‘ir holatlarga tushib qolishi, shu jumladan, vafot etishi mumkinligiga jinoiy beparvolik bilan e’tibor qilmasdan, o‘zlarining noqonuniy harakatlarini davom ettirgan.

    Mehriddin Kuchkarov haydovchi Azizbek Ahmedovni qo‘llarini qayirgan holda, Shahboz Rahimberdiyevning yordami bilan tanasini egib, bosib turishini davom ettirishlari natijasida, Azizbek Ahmedovda bo‘lgan yurak ishemik kasalligi kuchli hayajonlanish negizida xuruj qilib, voqea joyida vafot etgan.

    Marhum Azizbek Ahmedov.

    Marhum Azizbek Ahmedov.
    Foto: “Daryo”

    Mavzuga doir: Samarqandda DSI xodimi YPX mashinasida vafot etgach, viloyat soliqchilariga mast holda avtomobil boshqarmaslik tushuntirildi

    Oliy sudning ma’lum qilishicha, 3-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi binosida sudlanuvchilar Mehriddin Kuchkarov va Shahboz Rahimberdiyevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

    Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudi raisi I.G‘ulomov raisligida ko‘rib chiqildi.

    E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Mehriddin Kuchkarov va Shahboz Rahimberdiyev Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik sabab odam o‘ldirish) 1-qismi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

    Sudlanuvchilar 2 yil ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ularning har biriga 2 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.

    Mavzuga doir: IIB xodimlari tomonidan olib ketilgach vafot etgan fuqaroni “Xudo urgan odam” degani uchun IIV matbuot kotibiga chora ko‘rildi

    03.12.2021, 18:42   Izoh (0)   56606
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Behzod Musayev Moskvada Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri bilan uchrashadi

    03.12.2021, 18:05

    Energetika vazirligi Toshkentda suv ta’minotidagi uzilish elektr energiyasi bilan bog‘liqligini rad etdi

    03.12.2021, 17:48

    O‘zbekistonda haydovchilar tomonidan sodir etiladigan yo‘ldagi bezorilik holatlari uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi

    03.12.2021, 17:36

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    03.12.2021, 17:06

    Shavkat Mirziyoyev 5—6-dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

    03.12.2021, 16:20

    Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi “omikron” virusini yuqtirib olgani aytilmoqda

    03.12.2021, 16:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.