Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi fuqaro arqon bilan o‘zini-o‘zi osib, joniga qasd qilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holatga munosbat bildirib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning “O‘rikzor” MFYda yashovchi Q.M. yashash xonadonida o‘z joniga qasd qilib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Tergov harakatlari davomida IIB profilaktika inspektori, mahalla raisi hamda boshqalarning harakatlariga baho berish maqsadida vakolatli organlarga xizmat tekshiruvi tayinlangan”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Avvalroq qarzga olgan 57 mln so‘mni totalizatorda yutqazib qo‘ygan FarDU o‘qituvchisi qabristonda o‘zini osib qo‘ygani, Samarqandda ketma-ket qiz ko‘rgani sabab tahqirlanib kelgan ayol va uning 16 yoshli qizi o‘z joniga qasd qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)