• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston maktablariga qabul qilishdagi korrupsiyaviy xavflar ma’lum qilindi

    1-dekabr kuni Toshkent shahrida bolalarni maktabga qabul qilish bosqichida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalarining jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi, deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ushbu tadqiqot “Yuksalish” umummilliy harakatining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “O‘zbekistonda birinchi antikorrupsiya laboratoriyalarini yaratish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan.

    2020-yil dekabr oyida ishga tushirilgan loyiha maqsadi – ekspertlik laboratoriyalarini tashkil etish va respublika miqyosida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘rganish, tadqiqotlarga keng jamoatchilikni jalb etish. Tadqiqotning birinchi bosqichi so‘rovnoma va intervyu shaklida olib borilgan va u bolalarni boshlang‘ich maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfi va halollikni baholashga qaratilgan.

    Tadqiqot O‘zbekistondagi 114 ta maktabdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va maktab direktorlarini qamrab olgan. Aprel oyida Toshkent shahridagi ikkita maktabda uch toifa respondentlar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazilgan. May—iyun oylarida 14 ta viloyatdagi 114 ta maktabda kengaytirilgan so‘rovlar o‘tkazilgan, bunda 28 ta shahar, 31 ta tuman markazi, 31 ta qishloq aholi punkti qamrab olingan. Tadqiqotda jami 4 920 nafar respondent, shu jumladan, 114 nafar maktab direktori, 1 563 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, 3 243 nafar ota-ona ishtirok etgan. To‘plangan barcha ma’lumotlar tizimlashtirilgan va tahlil qilingan.

    Jamoatchilik muhokamasi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat olib boruvchi davlat organlari, milliy va xorijiy ekspertlar, xalq ta’limi vakillari ishtirokida tahliliy tadqiqotning asosiy natijalari taqdimot qilingan. Uch toifa respondentlar – boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalari va direktorlar, umuman, maktabga qabul jarayonida bevosita qatnashuvchilar orasida kasbiy etikaga zid va korrupsiyaviy xatti-harakat omillari va qator faktlar aniqlangani ta’kidlangan.

    So‘rovnoma ishtirokchilarining javoblari asosida korrupsiyaviy xavflar yoki nohalollik omillari bo‘lgan umumiy tendensiyalar aniqlab olingan. Bu tendensiyalar boshlang‘ich maktabga qabul jarayoni va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Ular asosan, mikrohududlarning kvota tizimi, maktab binosining yetishmasligi (sinflarda o‘quvchilari soni me’yoridan oshib ketishi), 1-sinfga qabul qilishda ta’lim tili bo‘yicha aniq talablar yo‘qligi, ta’lim sifati pastligi kabi muammolar bilan bog‘liq.

    “Masalan, so‘rovda qatnashgan har beshinchi ota-ona maktabda joy qolmagani uchun o‘zi yashaydigan mikrohudud kvotasi bo‘yicha farzandini joylashtira olmaganini ma’lum qildi. O‘qituvchilar tomonidan sinflarda o‘quvchilar sonining me’yoridan oshib ketishi holati bo‘yicha eng ko‘p Namangan viloyatidan (52 foiz), Andijon viloyatidan (37,5 foiz), Toshkent viloyatidan (29 foiz), Xorazm viloyatidan (26 foiz) fikr bildirildi”, — deyiladi xabarda.

    Muammolarning aksariyati budjet mablag‘larining yetarli emasligiga borib taqalmoqda, bu o‘z navbatida, ota-onalar tomonidan norasmiy to‘lovlarni amalga oshirishiga, o‘qituvchilar va direktorlarning etikaga zid harakat qilishlariga sabab bo‘lmoqda. Yana bir tendensiya maktab ta’minoti, uning infratuzilmasi, maktab xodimlarining oylik maoshi kamligi, malakali kadrlar yetishmasligi, bolalar maktabga qabul qilinayotganda psixologik jihatdan tayyor emasligi, shuningdek, ota-onalar, yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan o‘qituvchi yoki direktorga ta’sir va bosim o‘tkazish masalalarini qamrab oladi.

    Taqdimotda bunday holatlarning sabablari ochiqlangan, xulosa va tavsiyalar taqdim etilgan. O‘rganishlar natijalari bo‘yicha loyihaga jalb etilgan ekspertlar, ta’lim sohasi mutaxassislari, fuqarolik jamiyati vakillari, jurnalistlar fikr bildirgan. Ishtirokchilar tahlil qilingan ma’lumotlarni muhokama qilish bilan birga, ishlab chiqilayotgan metodologiyani takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari, xalqaro tajribasi bilan ham o‘rtoqlashgan.

    Ishlab chiqilgan tavsiyalar hamda tadqiqot metodologiyasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.

    Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistonda 5 milliondan ortiq o‘quvchiga mo‘ljallangan maktablarda 6,2 million o‘quvchi ta’lim olayotganini ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistondagi maktablarga 650 mingga yaqin o‘quvchi 1-sinfga qabul qilindi

    02.12.2021, 10:54   Izoh (0)   15228
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangan va Sankt-Peterburg o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

    02.12.2021, 10:07

    O‘zbekistonda noyabr oyida eng qimmat va arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

    02.12.2021, 08:32

    Nukusda alkotester o‘rniga bosh kiyimidan foydalangan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi

    02.12.2021, 08:00

    O‘zbekistonda internetda ham jamoat xavfsizligini ta’minlash rejalashtirilmoqda

    02.12.2021, 07:45

    Toshkentdagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    02.12.2021, 00:43

    Auksionda sotilayotgan “G‘amgin odam”, ta’ziyaga kelgan Grigoriy Leps, muz haykallari ko‘rgazmasi. 1-dekabr suratlari

    01.12.2021, 23:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.