Markaziy bank 2-dekabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,49 so‘mga pastlab, 10 766,49 so‘mni tashkil qildi. Yevro 55,10 so‘mga pastlab, 12 194,13 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 10 778,98 so‘mni tashkil qilgandi.

Tijorat banklarida esa 30-noyabr kuni dollar kursi birinchi marta 10 840 so‘mga qadar ko‘tarilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.