O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova 30-noyabr kuni buvisi — Tatyana Karimova bilan tushgan suratini Instagram’dagi sahifasida e’lon qildi.
Surat O‘zbekiston birinchi prezidenti ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida olingan. Ayni paytda ushbu qarorgohda Islom Karimov Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi joylashgan.
“Kelajakda Oqsaroy istalgan odam tashrif buyurib, tomosha qila olishi uchun muzeyga aylantiriladi”, — deya izoh yozib qoldirgan suratda Imon Karimova.
Izoh (0)