• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yettinchi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritgan Messi, Angliyada eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan Saloh va yana jarohat olgan Oston O‘runov. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 30-noyabr tongining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    O‘FA va Superliga klublari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining majlislar zalida O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov raisligida 2021-yilgi mavsum yakunlari va keyingi yilgi mavsum rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda milliy chempionatimizda to‘p surayotgan klublarning bosh murabbiylari, jismoniy tayyorgarlik va ilmiy-metodik tahlil bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi. O‘FA rahbari futbolchilarning betartib transferlar natijasida doimiy klublarni almashtirishi, bunda o‘sish va yuqori natija qayd etish asosiy maqsad bo‘lmayotganligini tanqid ostiga oldi. Mas’ullarga keyingi mavsumdan transferlar jarayonini qattiq nazorat ostiga olinish topshirig‘i berildi. Shuningdek legionerlarni olib kelishda ularning darajasi va saviyasiga alohida e’tibor qaratilishi kerakligi ta’kidlandi.

    Abdusalom Azizov keyingi mavsumda ishtirok etadigan klublar soni o‘zgartirilmasligi, barcha rejalar reglament asosida tashkil etilishini ma’lum qildi. Yangi mavsumdan boshlab klublar uchun bir qator standartlar joriy etilishi, xususan, futbolchilar uchun jismoniy tayyorgarlikning minimal darajasi talablari belgilanishi va maydonlar holati qat’iy nazorat ostiga olinishini aytdi.

    O‘zbekiston terma jamoasi 2022-yil boshida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Srechko Katanes qo‘l ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar-fevral oyida tashkil etiladigan yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. “Oq bo‘rilar” 21-yanvar kuni Tokioda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazsa, 1-fevralda BAAda Yangi Zelandiya bilan o‘ynaydi.

    Oston O‘runov yana jarohat oldi

    Foto: “Ufa”

    Foto: “Ufa”

    “Ufa” yarim himoyachisi Oston O‘runov RPL 16-turidan o‘rin olgan “Spartak”ka qarshi o‘yinni (1:1) muddatidan oldin yakunladi.

    Futbolchi jarohati tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. 25-daqiqada uning o‘yinni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘lgan. Hozircha jarohatning qay darajada jiddiy ekani noma’lum.

    Jahon

    Lionel Messi — 7 karra “Oltin to‘p” egasi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    29-noyabr oqshomida France Football tomonidan yilning eng yaxshilari taqdirlandi. Unga ko‘ra, yilning eng muhim sovrini “PSJ” vakili Lionel Messiga nasib etdi. Messi yettinchi marta ushbu sovringa ega chiqdi va bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi.

    Uning asosiy raqobatchisi Robert Levandovski (“Bavariya”) esa eng yaxshi hujumchi sovriniga ega bo‘ldi.

    Ralf Rangnik “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi etib tayinlandi

     

    Foto: “Manchester Yunayted”

    Foto: “Manchester Yunayted”

    Germaniyalik mutaxassis “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligi lavozimida mavsum oxirigacha faoliyat yuritadi. Undan keyin ikki yil davomida maslahatchi sifatida ishlaydi.

    Rangnik 2021-yilning fevral oyidan hozirgacha “Lokomotiv Moskva” klubida sport va rivojlanish bo‘limi rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.

    Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

    FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati sanasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, musobaqa 2022-yilning 3—12-fevral kunlari BAAda bo‘lib o‘tadi.

    Unda “Palmeyras” (Braziliya), “Chelsi” (Angliya), “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni), “Al-Ahli” (Misr), “Monterrey” (Meksika), “Oklend” (Yangi Zelandiya) va “Al-Jazira” (BAA)

    Muhammad Saloh angliyalik muxlislar tanloviga ko‘ra yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Liverpul” hujumchisi Angliya va Uels futbol muxlislari assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra 2021-yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Misrlik futbolchi bu sovrinni ikkinchi marta qo‘lga kiritdi. Saloh 2018-yilda ham ushbu sovringa ega chiqqandi.

    Muhammad sovrin uchun kurashda Meyson Maunt (“Chelsi”), Mikail Antonio (“Vest Hem”), Fil Foden, Ruben Diash (ikkisi – “Manchester Siti”) va Yuri Tilemansni (“Lester”) ortda qoldirdi.

    Neymar kamida 1,5 oyga safdan chiqdi

    “PSJ” jarohatda bo‘lgan bir qator futbolchilar haqida ma’lumot berdi. “Sent-Etyenn”ga qarshi o‘yinda (3:1) Neymar chap oyoq boldir oshig‘idan jarohat olgan va uning tiklanishiga 6–8 hafta vaqt ketadi. Bir necha kundan keyin braziliyalik futbolchi yana ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin tiklanish jarayoni qancha vaqt olishi aniq bo‘ladi.

    Shuningdek, lazaretda bo‘lgan Marko Verratti va Mauro Ikardi mashg‘ulotlarga qaytgan. Jorjinyo Veynaldum payshanba kunidan shug‘ullanishni boshlashi aytilgan. Tiklanish jarayoniga qarab, Ander Errera hafta oxirida mashqlarni boshlashi mumkin, Yulian Drakslerning tiklanishiga hali 2-3 hafta vaqt bor.

    30.11.2021, 07:48   Izoh (0)   22733
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lionel Messi — 2021-yilgi “Oltin to‘p” sohibi. Bu Messi uchun 7-sovrin

    30.11.2021, 01:54

    Maydondagi millionlar: dunyoning ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchilari

    29.11.2021, 23:44

    Rasman: Ralf Rangnik — “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi

    29.11.2021, 17:29

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya va Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

    29.11.2021, 12:49

    Vazifasidan ozod etilgan “Turon” prezidenti, bugun o‘z egasini topadigan “Oltin to‘p” va safga qaytgan Ramos. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    29.11.2021, 08:49

    La Liga. “Real” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga “Sevilya”ni yengdi, “Atletiko”da yirik hisobdagi g‘alaba

    29.11.2021, 06:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.