O‘zbekiston terma jamoasi yanvar oyida Yaponiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
2022-yilning 21-yanvar sanasida O‘zbekiston Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv Tokioning “Saitama” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fevral oyida esa Srechko Katanes shogirdlari Yangi Zelandiyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 1-fevral kuni BAAda o‘tkaziladi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabr oyida Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Oktabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Malayziya (5:1) ustidan g‘alaba qozonib, Iordaniyaga qarshi o‘yinda (0:3) yengilgandi. Noyabr oyida esa Gruziyaga kichik hisobda (0:1) mag‘lub bo‘ldi.
Izoh (0)